5- amaliy mashg’ulot. Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari va ularni ishga tayyorlash tartibini o‘rganish



Download 260,03 Kb.
bet1/3
Sana28.10.2022
Hajmi260,03 Kb.
#857353
  1   2   3
Bog'liq
5- amaliy mashg’ulot


5- amaliy mashg’ulot. Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari
va ularni ishga tayyorlash tartibini o‘rganish
1. Ishning maqsadi: Tuproqqagaasosiy ishlov berish usullari va agrotexnik talablar, pluglarning vazifasi, tuzilishi va ularni ishga tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: Tirkama yoki osma plug, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv filmlari.
3. Ishni bajarish tartibi:
Tuproqqa asosiy ishlov berishdan maqsad –unga ko‘proq suvni singib ketishini yaxshilash, o‘simlik ildizi rivojlanadigan qatlamda ko‘plab suv to‘planishi va namlikni uzoq muddat saqlanishini ta’minlash hamda ildiz sistemasini kuchli rivojlanishi uchun sharoit yaratish, mineral va mahalliy o‘g‘itlarni tuproqqa aralashtirish, bundan tashqari, begona o‘t qoldiqlari va zararkunandalarni yo‘qotishdan iborat.
Er haydash tuproqqa ishlov berishning asosiy usuli bo‘lib, bunda tuproq qatlami pluglar yordamida ag‘darib va ag‘darmasdan haydaladi.
Agrotexnik talablar: haydov chuqurligining belgilangandan chetlanishi, ko‘pi bilan 2 sm; o‘simlik qoldiqlarining ko‘milish chuqurligi, kamida: ikki yarusli pluglar uchun 20 sm va umumiy ishlar pluglari uchun 10 sm; shudgorda o‘lchami 50 mm dan kichik fraksiyalar miqdori, kamida 75%; shudgor yuzasidagi notekislarning o‘rtacha balandligi, ko‘pi bilan 5 sm dan oshmasligi kerak.
Plugning umumiy tuzilishi va ishlash jarayoni. Pluglar (2.4-rasm) quyidagi asosiy qismlardan rama1, chimqirqar 2, disksimon pichoq 3, asosiy korpus 4 dan iborat.

a) b)
2.4-rasm. Plugning asosiy qismlari: a) orqadan ko‘rinishi; b) yon tarafdan ko‘rinishi; 1-rama; 2- chimqirqar; 3- diskali pichoq; 4-asosiy korpus; 5-ag‘dargich; 6-lemex; 7-dala taxtasi;
Asosiy korpus ag‘dargich 5, lemex 6 va dala taxtasi 4 dan tashkil topgan bo‘lib, tuproq qatlamini to‘liq ag‘darish uchun xizmat qiladi.
Plug korpuslarini turlari. Er xaydash sifati plug korpusining konstruksiyasi, uning geometrik shakli va ish yuzasining egat devori hamda uning tubiga nisbatan joylashishiga bog‘liq.
Konstruksiyasiga ko‘ra korpuslar ag‘dargichli, ag‘dargichsiz, kesik, tuproqni chukurlatuvchi, chiqarilgan iskanali, diskli, kombinatsiyalashgan ko‘rinishda bo‘ladi.
Plug korpusini tanlashda kuyidagi ko‘rsatkichlari: kamrash kengligi, xaydash chuqurligi, egat tubi va egat devoriga nisbatan lemexni o‘rnatish burchagi hamda ish sirtining (yuzasining) shakliga qarab aniqlanadi.

Download 260,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish