Rasmda eng sodda yassi kondensator tasvirlangan.
Elektrotexnikada qo`llaniladigan kondensatorlar katta miqdorda zaryadlarni to`plashga mo`ljallangan.
Rasmda shunday kondensatorlardan biri tasvirlangan. Bunda ikkita o`tkazuvchi o`zakning har biriga elektr o`tkazuvchi yupqa aluminiy material (staniol)ning bir uchi biriktiriladi. Staniol qavatlari orasiga parafinlangan qog`oz qo`yib ustma-ust o`raladi. Parafinlangan qog`oz dielektrik vazifasini o`taydi.
Staniol qavatlariga biriktirilgan o`zaklardan biriga musbat, ikkinchisiga manfiy zaryad beriladi. Natijada staniolning birinchi, uchinchi, beshinchi va hokazo toq sonli qavatlarida musbat zaryadli, ikkinchi, to`rtinchi, oltinchi va hokazo juft sonli qavatlarida manfiy zaryadli zarrachalar to`planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |