Xalq o’yinlari
O’zbek xalqida juda ham ko’p xalq o’yinlari mavjud. Bu o’yinlar bolalarga maktab vazifasini o’taydi.
« O‘yin» va «raqs» tushunchalarini farqlamay qo’llash odat tusiga kirgan, go‘yoki ular bir hodisaday, ular orasida hech qanaqa tafovut yo‘qday. Aslida-chi? Aslida ular bir-biriga mohiyatan o‘xshamaydigan hodisalar bo‘lib, har biri o‘z tabiatiga ega, o‘ziga xos qonuniyatlar asosida yashaydi, rivojlanadi. Rost, har ikkalasi ham harakat zamirida qurilgan, qolaversa, raqs, qisman esada, o‘yindan o‘sib chiqqan. Shu vajdanmikin, «o‘yin» nisbatan keng ma’noli tushunchaga aylangan, raqs hodisasini anglatadigan ma’noda ham qo’llanaverilgan. Buni xalqona o‘yinlar misolida ravshanroq ko‘rish mumkin. Aytaylik, «Chittigul» harakatni so‘z boshqarishi asosida qurilgan qizaloqlar o‘yini. Qizaloqlar uni erta bahorda (endigina nish otib ko'kara boshlagan gul-u sabzalarni ko‘rib quvonch va hayajondan entikib) «chittigul» — aslida ular chuchuk tilida chiqqan, hayajonga limmo-lim «chiqdi gul!» iborasi ekanligini inobatga oling, qo'l ushlashib davra hosil qilgan holda aylana turíb, o‘zaro jo‘rovozlikda qo‘shiqni kuylashadi. Bunda aylanish harakati qo'shiq uchun ritmik — ohangdorlik asos vazifasini bajargan: Etagingga gul bosay, Bir yonini yon bosay. Naqorat ijrosi jarayonida esa aylanayotgan yondosh qizaloqlar shiddat bilan juñ-juñ boiishi, bir-birlarining kaftlariga kañlari bilan uch marta urib kuylashda davom etishgan: Ha-yu,chittigul, Ha-yu, chittigul! 0 ‘yin nihoyasida oxirgi marta kaftlami urishtirib, har bir qizaloq o‘z o‘rnida gir aylanib turib: Ha-yu, chittigul, Ha-yu!.. — der ekan, barchalari birvarakayiga gurra tarqalishgan (0 ‘yin qaytarilganda yana yuqoridadi tartibga amal qilingan). Ko'rinib turibdiki, «Chittigul»da ham o‘yin, ham raqs, ham qo‘shiq unsurlari o‘zaro singishib ketgan. Xalq o’yinlardan : «Yashirganirani top», «Chopa turib o‘tirish», «Yoshlam-yoshlam», «Oltin darvoza», «Xurmacha bog‘i», «Mehmon-mehmon», «Moy kulcha», «Chap berish», «Besh tosh» «To‘y-to‘y», «Sakra-sakra», «Otish-otish», «Urush-urush», «Jik-jik», « 0 ‘y o‘ylash», «Bozor-bozor», «Quvlashmachoq», «Otilgan do‘ppini kim oldin olib keladi?», «Tez qaytish», «Kim chopag‘on», «Zum-zum», «Mushuk-sichqon», «Pishakvoy», «Quyonim» va boshqalar ana shunday xarakterga ega. «Xurmacha bog‘i», «Mushuk-sichqon».
Mir Alisher Navoiy o’zbek xalqining buyuk namoyondalaridan biri hisoblanadi. Tayyorlov guruhi Alisher Navoiyga bag’ishlab kecha o’tkazib bolalarga Navoiyning she’r va g’azallaridan namoyish qilib berishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |