Kirish
Umumiy psixologiya dasturi psixologiya faning mohiyati, psixikaning rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual psixologik xususiyatlari, psixologik holatlar yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtiradi. SHuningdek, fan doirasida berilgan xorijiy materiallar bo’lajak mutaxassisni shaxs borasidagi fikrlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, xorijiy manbalar, darslik va qo’llanmalarda keltirilgan fikrlar, qarashlar psixolog shaxsida inson psixologiyasiga oid tasavvur, tushunchalarini boyitishga olib keladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |