Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 0‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar oTtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklaming profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb yuritiladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda o‘quvchilari (keyingi o'rinlarda jamoa a'zolari deb yuritiladi), ulaming ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun muassasadagi ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o‘zaro munosabatlarida odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlariga qo‘yiladigan talablami belgilaydi.
Ushbu qoidalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (keyingi o'rinlarda tadim muassasasi deb yuritiladi) ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, o‘qituvchi mavqeining dahlsizligini e’tirof etish, do‘stona muhitni yaratish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2. Mazkur qoidalar davlat umumta’lim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
3. Qoidalaming maqsadi ta’lim muassasasida sogdom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘ligini saqlash, ta’lim muassasasi mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona ish muhitini yaratishdan iborat.
4. Qoidalar ta’lim muassasasi jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashg^ulotlar paytida, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan qoidalar to‘plami hisoblanadi.
5. Mazkur qoidalar talablari umumta’lim maktabi jamoa a’zolari, o‘quvchilari va ulaming ota-onalari (ularning o‘mini bosuvchi shaxslar) uchun ta’lim muassasasi doirasida majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |