Quvvatsizlik yoki yomon oziqlanish.
Ba’zi ayollardagi
kamqonlikning og‘ir turi, yomon oziqlanish va yod yetishmasligi homila-
dorlikka to‘sqinlik qiladi. Bunday holatlar, endigina rivojlanib kelayotgan
homila (embrion)ning ayol kishi bo‘yida bo‘lib qolganini hali o‘zi bilmasi-
dan ilgari o‘lishiga olib kelishi mumkin (Bola tushishi, 508-bet). Homilador
bo‘la olmayotgan yoki bolalari tushib ketayotgan ayol, yetarli darajada
ozuqali ovqatlardan iste’mol qilishi va yodlangan tuzni ishlatishi kerak.
Agar qoni kam bo‘lsa temir moddali dorilar ichishi zarur (702-bet). Bular
uning homilador bo‘lishiga sharoit tug‘diradi va uning sog‘lom farzandli
bo‘lishiga yordam beradi.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |