Bitum asosida tayyorlanadigan materiallar
Bitumli mastikalar
Bitumni yuqori disperslikka ega bo’lgan to’ldiruvchilar va maxsus
qo’shimchalar qo’shib bitumli mastikalar olinadi. Bu mastika tarkibiga erituvchilar
ham kirishi mumkin. Mastika kleydan shu bilan farq qiladi-ki, uning tarkibida juda
ham ko’p miqdorda to’ldiruvchi bo’lib, yuqori yopishqoqlikka ega. To’ldiruvchilar mastika tarkibiga chang shaklida (ohak, dolomit, bor, talk, trepel, gips, sement va boshqalar) kiritiladi yoki tola holatida (shlakli paxta, shisha
tola oqshoqlari, torf ushoqlari, asbest) aralashtiriladi. To’ldiruvchilar bog’lovchi
materiallarni sarfini kamaytirib, mastikani issiqlikka chidamligi va qattiqligini
oshiradi. Tolali to’ldiruvchilar esa materialni mustahkamligini oshirib,
cho’ziluvchanligi va qayishqoqligini oshiradi. Neft bitumi asosida tayyorlangan mastikalar ishlatilishiga qarab ”issiq” yoki ”sovuq” holda bo’lishi mumkin.
Issiq bitumli mastikalar 160-200 0C gacha qizdirib, eritilgan holda ishlatiladi.
Issiq holda ishlatiladigan mastika tarkibida to’ldiruvchilar quyidagi miqdorda
bo’ladi: changsimon 25-30 %, tolasimon 10- 25 %, aralashgan holatda bo’lsa 20 %
dan kam emas. Mastikani tayyorlash maxsus qozonlarda doimo aralashtirib turib
pishiriladi. Bitum eritmasi 160- 180 0C ga yetganda unga asta sekinlik bilan bo’lak-bo’lak qilib to’ldiruvchi oldindan yaxshilab quritilgan va 200 0C gacha qizdirilgan holda qo’shiladi. So’ngra suyuqlikni bir xil massa hosil bo’lguncha va ko’piklar pasayib o’tirguncha pishiriladi.
Issiq holda ishlatiladigan mastikalarning markalari quyidagilar: MBK-G-55, MBK-G-65, MBK-G-75, MBK-G-85, MBK-G-100.
Suyuq holda ishlatiladigan mastikalar bog’lovchi moddalarni suyultirish
orqali (organik erituvchilar) yoki emulgirlangan bitumlar asosida tayyorlanadi.
Sovuq holda ishlatiladigan bitumli mastikalar tayyorlash uchun qiyin eruvchan
bitum yoki bitum qorishmasini to’ldiruvchilar bilan aralashtirib (to’ldiruvchi
sifatida kukunlashtirilgan ohak, asbest ishlatiladi) solyarka moyida yoki kerosinda
eritiladi. Sovuq holatda ishlatiladigan mastika tayyorlash uchun bitum yaxshilab
eritiladi va suvsizlantirilinadi. Suvsizlantirish bitumni 160- 180 0C gacha qizdirish
orqali amalga oshiriladi. Bitum butunlay erib ketgandan so’ng pishirish qozoniga
alohida – alohida qilib ma’lum miqdorlarda oldindan tayyorlab qo’yilgan
to’ldiruvchi va solyarka moyi quyiladi. Doimo aralashtirib turib bir xil massa hosil
qilinadi va ko’pigi o’tirishi kutiladi. Ma’lum vaqt pishirilgandan so’ng sovitiladi
va idishlarga quyiladi. Sovuq holda ishlatiladigan mastikalar germetik yopiladigan
idishlarda saqlanadi va tashiladi. Emulgirlangan bitum asosida tayyorlangan, sovuq holda ishlatiladigan mastika tayyorlash bitumli emulsiyani yoki pastani mineral to’ldiruvchilar bilan aralashtirish orqali tayyorlanadi. Bunday mastikalar uchun erituvchi vazifasini suv bajaradi. Bunday mastikalarni olish bitum materiallarining suvda kolloid eritmalar hosil qilish prinsipiga asoslangan ya’ni, emulsiya hosil bo’ladi. Buning uchun emulgatorlar ishlatiladi. Emulogatorlar sirt faol moddalar bo’lib, bitum suv chegarasidagi sirt tarangligini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |