41. Topshirilgan paxtadan namuna olish tartibini ayting



Download 135,59 Kb.
bet6/11
Sana18.07.2022
Hajmi135,59 Kb.
#820124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
41-50 paxta (2)

Ishning bajarish tartibi:
Paxta bir xil nav hisob me’yorlariga keltirilgan iflos aralashmalarning vazniy ulushi 2,0% va namlikning vazniy nisbati 9,0% qabul qilinadi va hisobga olinadi. Konditsion vaznni (Mk) kilogrammlarda quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:


bu yerda: Mr - paxtaning iflos aralashmalari hisobiy me’yorga keltirilgandagi vazni, kg;
Mf - qabul qilib olingan paxtaning vazni, kg;
Zf - paxtadagi iflos aralashmalarning xakikiy vazn ulushi,%.
Zr - iflos aralashmalarning 2,0% ga teng bo‘lgan hisob vazn ulushi me’yori;
Wr - namlikning 9,0% - ga teng bo‘lgan vazniynisbatining hisobiy me’yori;
Wf - xakikiy namlikning vazniy nisbati, %;
Konditsion vaznni hisoblash dastlabki o‘nlik belgisigacha aniqlik bilan amalga oshiriladi va butun songa yaxlitlanadi. Paxtadagi tolaning hisobiy vazni quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

bu yerda: V - paxtaning seleksion va sanoat navlariga va sinfiga ko‘ra, sanoatda qayta ishlanganda tolaning me’yoriy chiqishi, %. Paxtadan tolaning me’yoriy chiqishi normativ-texnik hujjatlarga ko‘ra belgilanadi.Chigitli paxtani joylash uchun sig‘imi 750, 1500, 3000, 4500 va 6000 t va temir-beton detallardan yig‘ilgan,pishiq yoki xom g‘ishdan qurilgan yopiq omborlar, to‘rt tomoni ochiq shiyponlar yoki butunlay ochiq maydonchalardan foydalaniladi. Saqlanayotgan paxtaga yer osti suvlarining ta’siri bo‘lmasligi uchun ombor pollari 50 mm qalinlikda asfaltlanadi yoki 150 mm qalinlikda yirik tosh terib orasi mayda shag‘al bilan to‘ldiriladi yoki 25 mm qalinlikda somonli loy bilan suvaladi. Agar yer osti suvlari qancha chuqur joylashgan bo‘lsa tuproq yaxshilab tekislanib, suvab qo‘yiladi. Chigitli paxtani yopiq omborlarda saqlash vaqtidagi zichligi,namligi 10. . . 11 % gacha bo‘lgan I va II nav paxta uchun 150-190 kg|m3 va namligi
12. . . 14% bo‘lgan III va IV nav paxta uchun 130-160 kg|m3 bo‘lishi kerak. Paxtani ochiq holda saqlash uchun paxta tayyorlov punkti territoriyasida yer sathidan 400 mm ko‘tarilgan maxsus buntlash maydonchalari tartib ravishda quriladi. Buntlash maydonchalarining o‘lchamlari 25x14, 22x11 va 11x10 m bo‘ladi. Saqlanadigan paxtaning o‘rtacha zichligi 2000 kg|m3 bo‘lganda 25x14x3 m li buntga 560 t va 22x11x8 m li buntga 380 t I-II va III nav paxta joylash mumkin. IV nav paxtaning namligi, yuqori kuchi kamligi va tolalarning ilashish kuchi kam bo‘lganligi uchun odatda yopiq omborlarda saqlanadi.I va II nav paxta buntlangandan 12-15 kun o‘tgach uzunasiga bir va ko‘ndalangiga bir tonnel, III-IV nav paxta uchun uzunasiga bir va ko‘ndalangiga har 5 m ga bir tonnel ochiladi. Tonnellarning balandligi 1.5 m, eni 0.6 m bo‘lishi kerak. Yopiq omborlarda saqlanadigan paxta uchun har bir bo‘lim o‘rtasida bitta quduq kavlanadi yoki orasi ochib qo‘yiladi. Saqlanayotganda paxta qizib ketmasligi uchun I va II navlar har 5 kunda laborantlar tekshirib turadi. Temperaturasi maxsus termoshupda o‘lchanadi. Bunda termoshup buntning 8 nuqtasida 3 m chuqurlikka,yopiq ombor va shiyponlarda esa 4 nuqtada paxta g‘aramligining yarmigacha kiritilib o‘lchanadi. Bunda temperatura sentyabr-oktyabr oylarida 300S gacha bo‘lsa normal hisoblanadi. Keyingi o‘lchovda 2-30S ortiq bo‘lsa sovutish chorasini ko‘rish kerak. Paxta g‘arami agar buntga ventilyator-so‘rg‘ich o‘rnatilsa, paxtaning tabiiy sifati 5-6 oygacha buzilmaydi. I va II nav paxtaning namligi 14% gacha va past navlarniki esa 16% gacha bo‘lsa o‘rnatma bo‘lmasa ham bundan nam havoni tortish mumkin. Unda buntdagi tonnelning bir tomoniga diametri 400 mm va uzunligi 4 m li truba bilan VS-10 markali ventilyator o‘rnatiladi. Tonnelning ikkinchi tomoni sholchaga o‘ralgan paxta bilan yaxshilab biriktiriladi, So‘ngra nam havo so‘rib olinadi. UVP rusumli ko‘chma ventilyatorning qurilmasi ko‘rsatilgan. Agar bunt yoki paxta g‘arami normadan ancha yuqori darajada qizib ketsa, bunday paxtalar tezda qayta ishlashga jo‘natiladi.

47Paxta tolasining chiqishini, tolalik darajasini va 1000 dona chigitog‘irligini aniqlash


Chigitli paxtadan olinadigan asosiy mahsulot paxta tolasi hisoblanadi. Tola vaznining chigitli paxta vazniga nisbati tolaning chiqishi deb ataladi. Binobarin, tolaning chiqishi bir tomondan sof tolaning vazniga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan chigit vazniga, chigit vazni uning puch yoki tukligi va yirikligiga bog‘liq. Chigit yuzasidagi tolalarning soni turli g‘o‘za shakllari doirasida bir-biridan keskin darajada farq qilishi bilan birga, bitta turga mansub bir necha nav doirasida ham turlichadir. Masalan, g‘o‘za turlarida chigit sirtida 7 mingdan 15 mingtagacha tola bo‘ladi. Madaniy g‘o‘za shakllarida tolaning chiqishi 20-50% atrofida o‘zgarib turadi.

Download 135,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish