409-guruh Jo’rayeva Nilufar
5-TOPSHIRIQ
Bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun testlar to’plami:
1.Dunyoning konseptuallashuvi va kategoriyalanishida, anglash jarayonlari va inson tajribasini umumlashtirishda insonning til bilan bog‘liq kognitiv qobiliyatlari va ularning shakllarini tadqiq qiladigan tilshunoslik yo‘nalishi –
A)pragmalingvistika;
B)sotsiolingvistika;
C)lingvomadaniyatshunoslik;
D)mentalingvistika.
2.Lingvopoetika –
A)til amaliyoti va rivojlanishida xalq madaniyati, uning etnopsixologik omillarini o‘rganadigan tarmoq;
B)tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, til va jamiyat, ularning bir-biriga ta’siri masalalarini o‘rganadigan tarmoq;
C)nutqiy faoliyatni bosh miya faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadigan tarmoq;
D)lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadigan tarmoq.
3.Til va nutq munosabatlarini, nutqni hamda ona tili va xorijiy tillarning qanday o‘zlashtirilayotganini idrok etishni o‘rganuvchi integrativ fan –
A)pragmalingvistika;
B)sotsiolingvistika;
C)lingvomadaniyatshunoslik;
D)mentalingvistika.
4.Tilga xos va madaniyatga aloqador birliklarning yaxlit tuzilmasi sifatida ushbu jarayonni sintezlashtiruvchi va umuminsoniy qadriyatlar tizimini aks ettiruvchi fanning nomi –
A)pragmalingvistika;
B)sotsiolingvistika;
C)lingvokulturologiya;
D)mentalingvistika.
5.Neyrolingvistika –
A)til amaliyoti va rivojlanishida xalq madaniyati, uning etnopsixologik omillarini o‘rganadigan tarmoq;
B)tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, til va jamiyat, ularning bir-biriga ta’siri masalalarini o‘rganadigan tarmoq;
C)lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnatativ funksiyasini o‘rganadigan tarmoq;
D)nutqiy faoliyatni bosh miya faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadigan tarmoq.
6.Hozirgi zamon tilshunosligining o‘ziga xos jihatlari -
A)obyektivizm, logitsizm, kognitivizm, funksionalizm;
B)ekspansionizm, funksionalizm, subyektivizm;
C)psixologizm, kognitivizm, naturalizm;
D)antropotsentrizm, kognitivizm, funksionalizm.
7.Etnolingvistika –
A)til amaliyoti va rivojlanishida xalq madaniyati, uning etnopsixologik omillarini o‘rganadigan yo‘nalish;
B)tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, til va jamiyat, ularning bir-biriga ta’siri masalalarini o‘rganadigan yo‘nalish;
C)lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadigan yo‘nalish;
D)nutqiy faoliyatni bosh miya faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadigan yo‘nalish.
8.Sotsiolingvistika –
A) til amaliyoti va rivojlanishida xalq madaniyati, uning etnopsixologik omillarini o‘rganadigan yo‘nalish;
B)tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, til va jamiyat, ularning bir-biriga ta’siri masalalarini o‘rganadigan yo‘nalish;
C)lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalarini, tilning konnatativ funksiyasini o‘rganadigan yo‘nalish;
D)nutqiy faoliyatni bosh miya faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadigan yo‘nalish.
9.Psixolingvistika atamasi dastlab qachon va kim tomonidan qo`llandi?
A)1942-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan;
B)1946-yilda Amerika psixologi A.R. Luriya tomonidan;
C)1946-yilda Amerika psixologi N.Pronko tomonidan;
D)1946-yilda Amerika psixologi F.Boas tomonidan.
10.Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo`nalish sifatida shakllanishida qaysi olimning xizmatlari katta bo`lgan?
A)N.Pronko;
B)F.Boas;
C)A.R. Luriya;
D)Ferdinand de Sossyur.
takrorlanib kelishi;
d)Bir xil undoshlarning takrorlanib kelishi.
11Tilshunoslikda nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o`rganadigan yo`nalish qaysi?
A)Neyrolingvistika
B)Psixolingvistika
C)Sotsiolingvistika
D)Kognitiv lingvistika
12.“Neyrolingvistikaning asosiy muammolari” kitobini kim yozgan?
A)A.R. Luriya
B)N. Pronko
C)G. Shteyntal
D)F. Boas
13.Kompyuter lingvistikasi qanday masalalar bilan shug`ullanadi?
A)Tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqish
B)Lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlari bilan tanishish
C)Tillarga o`qitish, bilimlarni tekshrish
D)Barcha javoblar to`g`ri
14.Kommunikativ lingvistika o`z ichiga qaysi sohalarni oladi?
A)Sotsiolingvistika, psixolingvistika
B)Matn tilshunosligi, lingvistik pragmatika
C)Psixolingvistika, kompyuter lingvistikasi
D)A va B javoblar to`g`ri
15.Matn tilshunosligida “integratsiya” kategoriyasi nima?
A)Matn birliklari orasidagi uzviylik, bog`liqlik, aloqadorlik kabi munosabatlarni ko`rsatadi
B)Tabiat, voqea-hodisa, ish-harakat kabilarni ifoda qilish
C)Matn orqali ma`lum qilinayotgan voqea-hodisani ketma-ket, izchil hikoya qilish orqali ro`yobga chiqarish
D)Barcha javoblar to`g`ri
16.Matn tilshunosligida matn tarkibi necha qismga bo`linadi?
A)3 qismga
B)2 qismga
C)4 qismga
D)6 qismga
Do'stlaringiz bilan baham: |