2-masalani yechilishi:
Bu erda biz banklarning depozit bo’yicha takliflarini taxlil qilib, korxonaga qaysi bank bilan hamkorlik qilishi, ya’ni qaysi bankga deposit qo’ysa maqsadga muvofiq ekanligi haqida tavsiyalar beramiz. Mablag’ni bankga qo’yishda birinchi navbatda qo’yilgan mablag’ni vaqtida foizlari bilan qaytishini o’ylash kerak bo’ladi. Bu esa bankning ishonchliligiga, moliyaviy barqarorligiga, to’lov qobiliyatiga bog’liq. Bunday talablarga banklarning barqarorlik reyting ko’rsatkichlari javob beradi. Ma’lumotlar jadvalidan ham ko’rish mumkinki, barqarorlik reytingi yuqori bo’lgan banklarning deposit stavkalari uncha katta emas, barqarorlik reytingi uncha yuqori bo’lmagan banklarning deposit stavkalari aksincha yuqori, ularda qo’yilgan mablag’ni qaytmaslik havfi ham yuqori bo’ladi. Shuning uchun boshqa banklarning deposit stavkalari katta bo’lsa ham, bu banklar ichida yuqori reyting ko’rsatkichga ega bo’lgan 5 ta bankning deposit stavkalarini va qo’shimcha shartlarini taxlil qilib, ularni ichidan korxonaga deposit shartlari maqbul bankni tavsiya qilamiz. Barqarorlik reytingi yuqori bo’lgan bankning deposit stavkasi qanchalik katta bo’lsa, bu bankga qo’yilgan mablag’ning oshgan qiymati ham shuncha katta bo’ladi. Ikkinchi tomondan oshgan qiymatga banklarda foizlarni bir yilda bir necha (m) marotaba hisobga olishi ham ijobiy ta’sir etadi.
Yuqori barqarorlik reytingiga ega bo’lgan birinchi beshta banklar bu: NBU (20%, m=1), «Paxtabank» (16%+inflyatsiy darajasi=24%, m=1), «O'zsanoatqurilishbank» (26%, m=1), “Asakabank” (23%, m=2), «G'allabank» (1.5*MBQMS, m=4) banklardir. Banklar ichida «O'zsanoatqurilishbank»da depozitga qo’yilayotgan mablag’ning qiymati 20 mln. so’mdan kam bo’lmaslik sharti korxonaga ma’qul emas. NBUning deposit stavkasi bu banklar ichida eng kichik bo’lgani uchun bu bankni ham tavsiya etmaymiz. Depozit stavkasi yuqori bo’lgan navbatdagi banklar «Paxtabank», «G'allabank», “Asakabank”lar bo’lib, ularning har biri uchun mos deposit shartlari asosida qo’yiladigan mablag’ning 5 yillik oshgan qiymatini hisoblaymiz. Qaysi bankda oshgan qiymat katta bo’lishiga qarab ularning qaysi biri bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlaymiz. Bu esa bir yo’la ushbu banklar bo’yicha 3-masalani echish kerakligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |