9. Quyidagi gaplardan qaysi birida modal so‘z qo‘llangan?
A) Ona o‘z o‘g‘lini sevadi faqat. (H.O.) B) Yuragimni berib ketsang bas.(Uyg‘un) C) Zero, ish shu qadar jiddiy bo‘ldi. D) B,C
10. Qaysi qatorda modal so‘z mavjud emas?
A) Xayriyat, majlisga Oqilaning o‘zi kirib bormabdi. B) Shundagina bir kuni borib xotinim bilan qizimning oyog'iga bosh qo'ysam, balki gunohimdan o'tishar. C) Bu yil hamma fanlarni “a’lo” bilan yakunlashim shubhasiz. D) Maylisinglar uzoq cho'zildi chog'i.
11. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘z qaysi gap tarkibida qo‘llangan?
A) Osmonda yulduzlar g‘uj-g‘uj. B) Bay-bay, zap choy bo‘libdi-da. C) Kallai saharlab guzarda qo‘sh karnay g‘at-g‘uti yangradi.
D) Kampir boshini sarak-sarak qilib o'rnidan turdi.
12. «Atrofdagi ovozlarga gala-gala chug‘urchuqlarning vijir-vijiri qo‘shilib ketmoqda» gapidagi taqlid so‘z qanday gap bolagi vazifasida kelyapti?
A) ega B) hol C) toldiruvchi D) kesim
Do'stlaringiz bilan baham: |