3. Maktabgacha ta`lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish
Mustaqillik yillarida respublikamizda milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi darajasiga ko`tarildi. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e‘tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‘lim tizimi barpo etildi.
Maktabgacha ta‘lim bolalarda o`qishga havas uyg`otish, ularni tizimli ravishda o`qishga tayyorlash, sog`lom va barkamol shaxs bo`lib shakllanishiga xizmat qiladi. Bu ta‘lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog`chasida va mulk shaklidan qat‘i nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentabrdagi ―Maktabgacha ta‘lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PF-5198-sonli farmoni182 bilan ―uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo`g`ini bo`lgan maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog`ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali
Pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, maktabgacha ta‘lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta‘lim dasturlari va exnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta‘lim boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo`limlari tashkil etildi;
respublika hududlarida 50, 70, 100, 120 va 150 o`ringa mo`ljallangan davlat va nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarini qo`shimcha barpo etish orqali bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan bosqichma-bosqich to`liq qamrab olish, bolalarga maktabgacha ta‘lim-tarbiya berishning muqobil turlarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan kompleks dasturlar ishlab chiqildi.
2018-yil boshiga kelib respublikada 4 911 ta davlat maktabgacha ta‘lim muassasasi (MTM) faoliyat olib borayotgan bo`lib, 2 mln. 450 mingga yaqin bog`cha yoshidagi (3-7 yosh) bolalarning 739 ming 600 nafari (30,2 foizi) MTM bilan qamrab olingan183. Ushbu sohada sog‗lom va har tomonlama rivojlangan o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo`shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda.7
Maktabgacha ta‘lim sohasi mazkur tizimning ilk bo`g`ini hisoblanadi va butun ta‘lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo`lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi negizida quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan:
1. Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha ta’lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari bo‘yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;
2. Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasini davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha ta’lim tizimi obyektlarini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;
3. Vazirlik tuzilmasiga kirgan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlik ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining noqonuniy xarajatlari, o‘g‘irlik, kamomad summalarining 50 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |