4 Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi 28


Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish



Download 0,58 Mb.
bet2/13
Sana17.12.2022
Hajmi0,58 Mb.
#889536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Энг охиргиси zyub1

1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish


Davlat budjetining xarajatlaridan foydalanish budjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, budjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga budjetdan mablag‘larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishnnng o‘ziga xos bo‘lgan shakl va usullari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir tamoyillarga tayanadi. Budjetdan moliyalashtirishning tamoyillari, shakllari va usullari bu tizimning tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o‘z ta’sirinn ko‘rsatadi, Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar xal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali budjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Budjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish tamoyillari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan moliyalashtirishning tamoyillarini umumiy va xususiy guruhlarga bo‘lish mumkin. Umumiy tamoyillar budjetdan mablag‘ oladngan barcha subyektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy tamoyillar esa, subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda budjet mablag‘larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi,
Budjetdan moliyalashtirishning umumiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
– minimum xarajatlarda maksimum samarani olish;
– budjet assignovaniyalaridan foydalanishnnng maqsadli xarakterdaligi;
– ko‘zda tugilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning
foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag‘larini taqdim etish.
Umumiy tamoyillar oilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida xususiy tamoyillardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagalar kiradi:
– faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet assignovaniyalarini ajratish;
– budjet assignovaniyalarining o‘lchamini aniqlashda "qoldiq" yondoshuvidan foydalanish:
- budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit usuli orqali ta’minlash
bilan birgalikda foydalanish:
- korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish tamoyili va boshqalar.
Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga
bo‘ysunadigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
5) davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-adbirlarini amalga oshirish;
11) qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
12) gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Amaliyotda budjetdan moliyalashtarishning turli shakllaridan foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya, budjet ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar budjetdan moliyalashtirishning shakllaridir.
Davlat budjetining xarajatlaridan foydalanish budjetdan moliyalashtirish orqali amalga
oshiriladi. Shu munosabat bilan, budjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga budjetdan mablag‘larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishnnng o‘ziga xos bo‘lgan shakl va usullari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir tamoyillarga tayanadi. Budjetdan moliyalashtirishning tamoyillari, shakllari va usullari bu tizimning tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o‘z ta’sirinn ko‘rsatadi, Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar xal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali budjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Budjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish tamoyillari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan budjetdan moliyalashtirishning tamoyillarini umumiy va xususiy guruhlarga bo‘lish mumkin. Umumiy tamoyillar budjetdan mablag‘ oladngan barcha subyektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy tamoyillar esa, subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda budjet mablag‘larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi,
Budjetdan moliyalashtirishning umumiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
– minimum xarajatlarda maksimum samarani olish;
– budjet assignovaniyalaridan foydalanishnnng maqsadli xarakterdaligi;
– ko‘zda tugilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning
foydalanilganligini inobatga olgan holda budjet mablag‘larini taqdim etish.
Umumiy tamoyillar oilan birgalikda budjetdan moliyalashtirish amaliyotida xususiy
tamoyillardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagalar kiradi:
– faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga budjet assignovaniyalarini ajratish;
– budjet assignovaniyalarining o‘lchamini aniqlashda "qoldiq" yondoshuvidan foydalanish:
- budjetdan moliyalashtirishni rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit usuli orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish:
- korxonalarning moliyaviy holatini budjetli tartibga solish tamoyili va boshqalar.
Amaliyotda budjetdan moliyalashtarishning turli shakllaridan foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya, budjet ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar budjetdan moliyalashtirishning shakllaridir.
Budjetdan mablag‘ ajratish - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat budjetidan budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari.
Budjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Budjet ssudasi - yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
“Byudjet tashkiloti – davlat funktsiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot”2 . Bu tashkilotlar asosan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, ularning faoliyati bu maqomning barcha talablariga (moddiy-texnika bazasi va faoliyat sohasi bo’yicha xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanish uchun etarli sharoitning mavjudligi, buxgalter kadrlarning mavjud bo’lishi, shaxsiy hisobraqamining mavjud bo’lishi va sh.k.) javob berishi kerak. Lekin bugungi kunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan byudjet tashkilotlari ham faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo’linma sifatidagi byudjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatiladi (masalan, tuman madaniyat bo’limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi, tegishli hokimiyatlar bo’linmalariga qarashli veterinariya uchastkalari va punktlari va sh.k.). Byudjet tashkilotlari bo’ysunuviga ko’ra respublika byudjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning o’rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o’z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Budjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Budjet transferti - budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari.
Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag’larining hajmi, maqsadli yo’nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo’yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati. O’zbekiston Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan muassasa bo’yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat sog’liqni saqlash muassasasi (kasalxona, qishloq vrachlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda byudjetdan to’lanishi ko’zda tutilgan o’z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi. Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat bo’limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi bo’yicha). O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi – byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi.
































Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish