Integral mikrosxemalar birlashtirish koeffitsienti
(elementning kirishiga
nechta mantiqiy oʻzgaruvchini ulash (berish) mumkinligini koʻrsatadi) va
chiqishining tarqatish koeffitsienti
(chiqishga shu seriyadagi elementlarning
qancha miqdordagi kirishlarini ulash mumkinligini koʻrsatadi, odatda
oʻntagacha). Mantiqiy elementlarning kirish va chiqish boʻyicha imkoniyatlarini
oshirish uchun maxsus mikrosxemalar xizmat qiladi. Bunday imkoniyatlarni
asosiy turdagi mantiqiy elementlardan foydalanib ham kengaytirish mumkin.
3
Ishni bajarish tartibi
1.
YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun n-turdagi MOP-
tranzistorlarni parallel va p-turdagi MOP-tranzistorlarni ketma-ket
ulang (15.2-15.3 rasm). Bundan tashqari har bir kirishda n-turdagi va p-
turdagi tranzistorlarning zatvorlari mos ravishda oʻzaro birlashtiring.
2.
YOKI-EMAS sxemaning X1 kirishiga yuqori sathli signal bering va
VT1 tranzistorning ochilishi hamda VT4 tranzistorning yopilishiga
e’tibor bering.
15.2-rasm. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish
15.3-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi
4
3.
VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun (15.4-rasm) n-turdagi
MOP-tranzistorlarni ketma-ket va p-turdagi MOP-tranzistorlarni
parallel ulang.
4.
Sxemaning kirishlaridan biriga past va ikkinchisiga yuqori sathli signal
bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
15.4-rasm.VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish
5.
Mantiqiy elementlarning haqiqiylik jadvallarini tuzing. Buning uchun
mantiqiy elementlarning kirishlariga mantiqiy 0 va 1 signallar berib
chiqishlaridagi signallarni yozib oling va 15.1 jadvalni toʻldiring.
15.1-jadval
Mantiqiy elementlar
EMAS
VA-EMAS
YOKI-EMAS
Kirish
Chiqish 1-kirish 2-kirish
Chiqish 1-kirish 2-kirish
Chiqish
6.
Oʻzaro ulangan mantiqiy elementlarning yuqorida koʻrsatilgan sxemalarini
yig‘ing.
7.
Mantiqiy elementlarning kirishlariga [1], [2], [3], [4] va [5] kalitlar
yordamida signallar bering (kalitlarni mos ravishda klaviaturadagi 1,2,3,4 va
5 raqamlarini bosish yoʻli boshqarish mumkin, bunda kalitning yuqori
holatiga mantiqiy «1» toʻg‘ri keladi). Mantiqiy elkmentlarning
chiqishlaridagi signallarning oʻzgarishini kuzating.
8.
Mantiqiy elementlarning haqiqiylik jadvallarini tuzing. Buning uchun
mantiqiy elementlarning kirishlariga mantiqiy 0 va 1 signallar berib
chiqishlaridagi signallarni yozib oling va 15.2-jadvallarni toʻldiring.
15.2-jadval
Oʻzaro ulangan mantiqiy elementlar
Ikkita VA-EMAS
Uchta YOKI-EMAS
5
1-kirish
2-kirish
Chiqish
1-kirish
2-kirish
Chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |