4-topshiriq. Matlab paketida tasvirlarga raqamli ishlov berish.
1-vazifa. Tasvirlarni o’qib olish va dastlabki ishlov berish Rangli yoki kulrang tasvirlarni o'qib olinadi va chop qilinadi
O'qib olingan tasvir haqida ma'lumot (nomi, tipi, o'lchami, turi va h.k.) beruvchi funksiyadan foydlaniladi
Bajarilgan ishlar hisobot ko'rinishida (printscreen lar bilan birgalikda) yuboriladi
2-vazifa. Matlab muhitida turli xil signallarni filtrlashni amalga oshirish Kiruvchi tasvir sifatida ixtiyoriy kulrang yoki rangli tasvir olinsin
Tasvir yorqinligini o’zgartirish, yorqinlikni o’zgartirish uchun qiymat [20- 70] oraliqda tasodifiy tanlansin
Tasvir kontrastini o’zgartirish, tasvir kontrastini o’zgartirishda ishlatiladigan α va β parametrlar mos ravishda [0-3] va [0-30] oraliqda tasodifiy tanlansin
Tasvir gistogramma qiymatlarini tenglashtirish usuli yordamida tasvirni filtrlash
Ishni bajarish davomida olingan bilimlar asosida xulosa yozish.
3-vazifa. Tasvirda morfologik amallar bajarish Ushbu amaliy ishda binar (binary) va kulrang (grayscale) tasvirlarda morfologik amallarni bajarish ko'zda tutilgan. Bunda tasvirlar ustida quyidagi morfologik amallarni bajarish lozim:
morfologik erosion
morfologik dilation
morfologik opening
morfologik closing
4-vazifa. Edge detection Tasvirlarda qirralarni aniqlash usullarini tadqiqi qilish. Mazkur topshiriqni bajarish tartibi quyidagicha:
Sobel operatori asosida qirralarni aniqlash usulini keltirish
Qirralarni aniqlashning "Canny" usuli algoritmini keltirish
O'lchami kamida 512x512 bo'lgan rangli va kulrang tasvirlarni kiritish
Kiruvchi tasvirlarni Sobel operatori va Canny algoritmi asosida qirralarni aniqlash
Rangli va kulrang tasvir uchun natijalarni alohida choq qilish
Bajarilgan ishlar bo'yicha hisobot tayyorlash
5-vazifa. Matlab IPT muhitida tasvirlarni geometrik o’zgartirish kiruvchi tasvir .bmp yoki .png formatda 512x512 o’lchamda olinadi
kiruvchi tasvirni imcrop funksiyasi yordamida tasvirning birinchi yarmini kesib olish (w: 512, h: 256) va natijaviy tasvir o’lchami 512x256 bo’lishi lozim
kiruvchi tasvirni imresize funksiyasi yordamida interpolyatsiya (‘nearest’, ‘bilinear’, ‘bicubic’) usullaridan birini qo’llash tasvir o’lchamini o’zgartirish, natijaviy tasvir o’lchami: 384x256
kiruvchi tasvirni imrotate funksiyasi yordamida burish, bunda burish burchagi tasodifiy [100-210] oraligida tanlansin. har bir o’zgartirish subplot funksiyasi orqali “kiruvchi” va “natijaviy” tasvir ko’rinishida solishtirilsin.