Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag‘ishladi. - Joriy yilning fevral oyida Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, qurol savdosi hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi. Barcha darajadagi jadal va ishonchli muloqotlar, mamlakatlar rahbarlarining siyosiy xohish-irodasi ikki tomonlama hamkorlikka yangicha shukuh bag‘ishladi.
Birinchidan, 2017 yilning o‘zida o‘zaro savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o‘sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko‘rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi. - Birinchidan, 2017 yilning o‘zida o‘zaro savdo aylanmasi 15 foiz o‘sib, qariyb 600 million dollarni tashkil qildi. Joriy yilning boshida ushbu tendensiya davom etdi: yanvar oyida tovar aylanmasi yillik kesimda qariyb 30 foiz o‘sdi. Va e’tiborlisi, bu bir yilning alohida ko‘rsatkichlari emas, balki tizimli ishlar samarasidir. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, 2017 yilning boshida hamkorlikni rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Bu hujjatning izchil amalga oshirilishi yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.
- Kobulda O‘zbekiston savdo uyi ochildi. Unda doimiy ravishda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomi ostida tovarlar ko‘rgazmasi faoliyat yuritadi. 2017 yilning sentyabr oyida Mozori Sharifda “UzTrade” shourumi (ko‘rgazma zali) ochildi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari o‘rin olgan. Bugungi kunga qadar “UzTrade” kompaniyasi afg‘onistonlik sheriklari bilan 29 million dollardan ortiq bitimlar imzoladi. Bundan tashqari, yurtimiz 25 ta avtobus, 3 ta traktor va tirkama texnikani beg‘araz yetkazib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |