4-Tajriba ishi
Mavzu:Informatika fanidan o’quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish.
Ta`lim mazmunini takomillashtirish o’qituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qo’llay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda ko’rib o’tdik.
O`qituvchining kasbiy faoliyati samarasi talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarda o’z ifodasini topadi. Talabaning mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: "o’quv-bilish jarayonidagi mustaqillik", "ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik", "ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi" talaba bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich talabani bo’lajak o’qituvchi sifatiga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham o’z ichiga qamrab olishi lozim. Demak, talaba shaxs sifatida va bo’lajak o’qituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob talaba faoliyatiga qo’yilgan baho hisoblanadi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda bo’lajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan e`tiborsizlikka olib keladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish joriy, oraliq va yakuniy turlarga bo’linadi. Nazoratning joriy turi barcha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni undan avval o’zlashtirilgan bilimlar darajasini prognoz qilish bilan bog’liq bo’ladi. O`quvchi yoki talaba dastur talablari asosida har bir mavzuni o’z vaqtida o’zlashtirib bora olishi yoki o’zlashtira olmasligi joriy nazoratda ma`lum bo’ladi. Joriy nazoratning afzalligi ham aynan mana shu joyda ko’rinadi. Demak, joriy nazoratning asosiy vazifasi o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malaka asosida navbatdagi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni ilmiy-uslubiy jihatdan aniqlab borish hisoblanadi.
Ta`limning tizimiylik va izchillik qoidasiga muvofiq, oraliq nazoratda yirik mavzular, boblar yoki modullashtirilgan mavzular to’plamiga oid bilimlar baholanib boriladi. Har ikkala nazorat turida talabalarning erkin fikr mustaqilligi va faolligiga alohida e`tibor beriladi. Bu jarayonda har bir talaba o’zini o’zi nazorat qilish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
Dasturda belgilangan soatlar (ya`ni rejadagi barcha mavzular) to’liq bajarilib bo’lingach,yakunny nazorat qabul qilinadi. Yakuniy nazoratda ta`limning ilmiyligi va ta`lim-tarbiyaning birligi printsipiga alohida e`tibor qaratiladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va. baholashda B.Blumnnng pedagogic taksonomiyasiga asoslanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talabaning qay darajada ta`limiy maqsadni qo’ya olishi va unga erishish yo’llari, ya`ni talaba bilimlarini qaysi bosqichga muvofiq kelishi aniq bo’ladi.
Tajriba-sinov ishlari uchun 113 va 115 guruhlar tanlab oldik. O’quvchilarining “Informatika” fanidan to’plagan ballari asos qilib olindi. Tajriba guruhi uchun 115 – guruh, nazorat guruhi uchun esa 113 guruh tanlandi..
Tajriba ishimizning asosiy maqsadi inovatsion usullarni qo`llash natijasida o`quvchilarning o’zlashtirish samaradorligini oshirish, darsda jarayonida o’qitishning turli xil noan’aviy usullaridan foydalanish orqali dars samaradorligini yuqoriga ko`tarishga erishishdan iboratdir.
Tajriba guruh uchun dars mashg’ulotlari interfaol usullar qo’laniladigan turli ishlanmalar tayyorlandi.
O’quvchilarning kompyuter qurilmalari va ularning vazifalarini qanday darajada bilishlari ishlab chiqilgan ishlanmalardan foydalanilgan holda o’zlashtirishi sinab ko’rildi.
Nazorat guruhida esa o’quvchilarga qurilmalar va ularning vazifalari haqidagi ma’lumotlar ma’ruza matni va o’quv qo’llanmalardan a’nanaviy tarzda o’qitildi. Har ikkala guruh o’quvchilarining o’zlashtirish darajasi bir xil nazorat topshiriqlari yordamida baholandi.
Tajriba-sinov ishlari “Informatika” faninig bazi bir mavzulari, jumladan “Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalar”i haqidagi mavzular bo’yicha o’tkazildi.
Ayniqsa, o’quvchilarning bilish faolligini oshirish, ularning o’quv predmetiga qiziqishini orttirish, mustaqil ishlarini tashkil etish, bilim berishning an’anaviy va noan’anaviy, faol va interfaol metod, usul hamda vositalaridan o’rinli foydalanish yaxshi pedagogik samara beradi. O’quvchilarning informatika darslarida bilim olish jarayonida o’zlashtirish samaradorligi bilim darajasining o’zgarishini aniqlash yo’li bilan tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |