Intensivnaya (V. ferrugineum).
Qirg’iziston dehqonchilik ilmiy tadqiqot
institutida Bezostaya va bahori Qozog’iston-126 navlarini chatishtirish va yakka
tanlash yo’li bilan yaratilgan. Duvarak, biologik bahori. Qurg’oqchillikka
chidamli, doni to’kilmaydi. Qattiq qorakuya bilan o’rtacha zararlanadi. Un
shudring, sariq zang kasalliklariga chidamli. Doni o’rtacha kattalikda, 1000 don
vazni 35-41,5 g. Non yopish sifatlari yaxshi.
1981
yildan Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo
va Toshkent
viloyatlarining sug’oriladigan yerlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |