Unumli bug’doy (V. erytkvoleucon).
O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy
tadqiqot institutida Hindiston namunasidan (K-45930) yakka tanlash yo’li bilan
yaratilgan. Bahori bug’doy, boshog’i prizmasimon, zich emas, yirik. Doni
yumaloq-bochkasimon, sayoz ariqchali, yirik 1000 don vazni 40,6-43,4 g.
Tezpishar. Qurg’oqchillikka, yotib qolishga va to’kilishga bardoshli. Sariq zang,
un shudring, qattiq qorakuyaga chidamli. Qo’ng’ir zang bilan zararlanishga moyil.
Non yopish sifati o’rtacha, donida oqsil miqdori (protein)11,3 %, kleykovina 26,0
%.
1983 yildan Respublikaning sug’oriladigan yerlarda kuzgi muddatlarda
ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |