Ma’danli oziqlanishga talabi.
Kuzgi bug’doy boshqa don ekinlariga nisbatan
tuproqdagi oziqa moddalarning o’zlashtiriladigan shaklda bo’lishiga talabchan.
Dala sharoitida kuzgi bug’doyning o’sishi, rivojlanishi jadalligining past bo’lishi,
tuproqda asosiy oziqa elementlari, azot, fosfor, kaliyning yetarli bo’lmasligi
sababli yuzaga keladi. Ayrim tipdagi tuproqlarda me’yorida o’sishning bo’zilishiga
boshqa oziqa elementlari, shu jumladan mikroelementlarning yetishmasligi sabab
bo’ladi. Kuzgi bug’doy azotga talabchan.
Azot.
Kuzgi bug’doyning o’sishi, rivojlanishi va hosili shakllanishida azot
katta ahamiyatga ega. Azot oddiy va murakkab oqsillar, aminokislotalar, nuklein
kislotalari, xlorofill, alkaloidlar, ayrim vitaminlar, fermentlar va hujayradagi ayrim
organik birikmalar tarkibiga kiradi. Oziqlanish muhitida azotning yetishmasligi,
shuningdek, ortiqchasi ham o’simlik ayrim organlarining o’sishiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi va hosilning kamayishiga olib keladi.
Ortiqcha azotli oziqlanish, baquvvat o’sish massasini shakllanishiga va ildiz
tizimi bilan yer usti massasi nisbatining bo’zilishiga, o’sish davrining uzayishiga,
yotib qolishga hamda o’simlikning zamburug’ kasalliklariga chidamliligining
pasayishiga sabab bo’ladi. Boshqa oziqa elementlari bilan balanslanmagan kuchli
azotli oziqlanish hosilning kamayishiga, donning ekinboplik, non yopish
sifatlarining yomonlashishiga olib keladi.
Kuzgi bug’doy o’suv davrida gektaridan 50-60 s don shakllantirishi uchun
tuproqdan 180-220 kg azot o’zlashtiradi.
Fosfor.
Kuzgi bug’doy hayotida fosfor ham katta ahamiyatga ega. U ko’p
organik birikmalarning tarkibiga kiradi. Bu organik birikmalar o’sishda,
ko’payishda, sintezda, irsiyatni berilishida muhim vazifani bajaradi. O’simlikni
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
fosfor bilan ta’minlanganligiga juda ko’p fiziologik biokimyoviy jarayonlarni
me’yorida o’tishi, yotib qolishga, sovuqqa, qurg’oqchilikka chidamlilik, o’suv
davrining davomiyligi bog’liq.
Kuzgi bug’doy azotga nisbatan fosforni kam talab qiladi. Gektaridan 50-60 s
don hosili olish uchun o’simlik tuproqdan 65-80 kg fosfor (P
2
O
5
) o’zlashtiradi.
Kaliy.
Kuzgi bug’doy hayotida kaliyning vazifasi xilma xil. U fotosintez
me’yorida o’tishiga, yog’larning to’planishiga, o’simliklarda uglevodlarning
ko’chib yurishiga, o’simlikning yotib qolishga, shuningdek, sovuqqa va
qurg’oqchilikka chidamliligini oshirishga yordamlashadi.
Kuzgi bug’doy kaliyni tuproqdan unib chiqishidan gullash fazasigacha
o’zlashtiradi. Kaliyning o’simlik tomonidan eng jadal o’zlashtirilishi naychalash
boshoqlash davriga to’g’ri keladi. Kuzgi bug’doy gektaridan 50-60 s don hosili
shakllantirishi uchun tuproqdan 115-140 kg kaliy o’zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |