4-sinf ONA TILI I-chorak
1. Gap nimani bildiradi?
A) mazmun jihatdan bog’langan gaplarni
B) tugallangan fikrni bildiradi
D) mazmun jihatdan bog’langan so’zlarni
2. Ikkinchi darajali bo’laklarning gapdagi vazifasini aniqlang:
A) tugallangan mazmunni bildiradi
B) gapning mazmunini to’ldiradi
D) vazifasi yo’q
3. Darak gaplarni belgilang:
A) Bog’da qip-qizil olmalar pishdi.
B) Gulla, yashna, go’zal O’zbekiston!
D) Siz Toshkentda qachon bo’lgansiz?
4. Qanday gap undov gap deyiladi?
A) biror narsa haqida darakni bildirsa
B) biror narsa haqida so’roqni bildirsa
D) kuchli his-hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilsa
5. Berigan gapdagi ikkinchi darajali bo’laklarni belgilang: Sarg’aygan barglar yerga to’kiladi.
A) sarg’aygan
B) barglar
D) to’kiladi
6. Gap berilgan qatorni toping:
A) Vatan, sumalak, bobolarimiz
B) Qor juda ko’p yog’di.
D) keladi, Navro’z, kirib.
7. Matn- bu ….
A) mazmun jihatdan o’zaro bog’langan gaplar
B) mazmun jihatdan o’zaro bog’langan so’zlar
D) mazmun jihatdan o’zaro bog’langan matnlar
8. Nutq-bu ….
A) so’zlar ;
B) bo’g’inlar;
D) gaplar orqali bildirilgan fikr
9. Gapda ikkinchi darajali bo’laklar nimalarga bog’lanadi?
A) faqat kesimga;
B) faqat egaga;
D) ega va kesimga.
10. Qanday bo’laklar uyushiq bo’laklardir?
A) gapda bir xil so’roqqa javob bo’lgan, bir so’zga bog’lanib kelgan bo’laklar;
B) gapda bir xil so’roqqa javob bo’lgan, bir so’zga bog’lanmagan bo’laklar;
D) gapda har xil so’roqqa javob bo’lgan, bir so’zga bog’lanib kelgan bo’laklar.
11. Undalma- nima?
A) fikrning kimga qaratilganligi;
B) fikrning darak berilganligi;
D) fikrning so’ralganligi.
12. Gapning markazi nima hisoblanadi?
A) kesim;
B) ega;
D) ikkinchi darajali bo’lak.
13. Uyushiq bo’laklar qanday so’zlar bilan bog’lanadi?
A) ammo, -ga , -lar;
B) ammo, lekin, va;
D) ammo, -da, -dan.
14. –li, -siz, -la, -xon, -dor, -chi qanday qo’shimchalar?
A) so’z yasovchi;
B) so’zlarni bog’lovchi
D) so’zlarga birikkan qo’shimcha.
15. Undalma qaysi tinish belgisi bilan ajratiladi?
A) ikki nuqta;
B) vergul;
D) so’roq.
16. Nutq qanday shaklda bo’ladi?
A) faqat yozma shaklda;
B) faqat og’zaki shaklda;
D) og’zaki va yozma shaklda.
17. Asbob so’zini alifbodagi o’rnini toping:
A) 1, 18, 2, 14, 2.
B) 1, 17, 2, 15, 2.
D) 1, 18, 2, 15, 2..
18. Qanday so’zlarning asosi bir xil bo’ladi?
A) bir xil so’zlarning;
B) asosi bir xil bo’lmaydi;
D) asosdosh so’zlarning.
19. –da, -ga, -dan, -ning, -ni qo’shimchalari qanday qo’shimchalar?
A) so’z yasovchi;
B) so’zlarni o’zaro bog’lovchi;
D) so’z turkumi
20. Qaysi qo’shimchalar yordamida asosdosh so’zlarni hosil qilamiz?
A) -li, -dor, -chi,-siz, -dor, -la;
B) -ni, -da, -ga, -dan, -ning,illa,-ulla
D) –li, -dor, -ga, -dan, -la.
Do'stlaringiz bilan baham: |