4-sinf
Mavzu: Xalq aytimlari.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarda musiqaviy tovushlar va alla aytimlar haqida bilim berib, Alla va rivoyatlar haqidagi BMK hosil qilish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda musiqaviy madaniyat, alla va uning o’zara ta’siri, milliy merosga hurmatda bo’lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda alla aytimlari va yallalarni farqlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob beradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (audio-video yozuvlarga jo‘r bo‘lib kuylay olish) tinglash faoliyatida foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, mustaqil ravishda xalq aytimlarini ijro eta olish va cholg‘ularni farqlay olish. Bayram va marosim qo‘shiqlari xususida tushunchalarga ega bo‘lish.
Dars turi: Yangi bilimlar berish.
Darsturi: No’ananaviy va gurux bilan ishlah
Dars jixozlari: 4-sinf musiqa darsligi, tarqatma test, slaydlar va musiqaviy asboblar, boshqotirmalar,
Fanlararo bog’liqlik: Tasviriy san’at, musiqa, odam va unung salomatligi, matematika
Darsning borishi:
I.Darsning tashkiliy qismi
O’quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi. O’quvchilar qatorda 2-guruhga bo’linadi va guruh sardor saylanadi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
1 -guruh
Bayram va Marosimlarni yozing
2 -guruh
Bayram va Marosimlarda chalinadigan musiqa asboblari
Dam olish daqiqasi:
O`zbek xalq yalla aytimlaridan “ Yallama yorim ”
III. Yangi mavzu bayoni:
Xalq AYTIMLARI
Xalqimizda mavjud odatga ko'ra, oilada yangi tug'ilgan to‘ng‘ich farzand sharafiga beshik to'yi marosimi o'tkaziladi hamda shu vaqtdan e’tiboran chaqaloq hayotida muhim bo'lgan 2-3 yillik “beshik davri” boshlanadi. Ona chaqaloqni uxlatish maqsadida beshikni tebratib, qo'shiq kuylaydi. “Beshik vaziyati” bilan aytiladigan bunday aytim “Alla” yoki “Beshik qo‘shig‘i” deb ataladi. Onalar ijodi bo'lgan bu aytimlarda bolani ovutishga qaratilgan so‘z-iboralar, shuningdek, onaning farzandi haqidagi orzu-niyatlari bayon etilgan to'rtliklar badiha etiladi. “Alla eshitgan bola kelajakda o‘z ota-onasiga mehrli, iymonli, e’tiqodli, ona-tuprog‘iga, el-yurtiga sodiq, vatanparvar, insonlarga hamdard bo'ladi”.
Alla aytimlari bastakor va kompozitorlar tomonidan ham ijod etiladi. Jumladan, avstriyalik kompozitor Volfgang Amadey Motsartning “Alla” aytimi mashhur bo‘lib, u o'zbek tilida shunday kuylanadi:
Dam olish daqiqasi:
O`zbek xalq alla aytimlaridan “ Alla bolam ”
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
2-bosqich. Boshqotirma
2 ta guruhga mavzu beriladi va qo`shimcha sifatida o’z fikrlarini qog’ozchaga yozib, doskaga yopishtiriladi. O`quvchilarga darsga doir boshqotirma beriladi.
3-bosqich. Test
Guruh javoblari to’ldirilib, o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa:
Alla aytimlari va alla haqida rivoyatlar o`qib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |