4-sinf I. Dars mavzusi: Kurash. II. Darsning maqsadlari


XI. Darslik bilan ishlash



Download 21,46 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2022
Hajmi21,46 Kb.
#597003
1   2   3
Bog'liq
4 sinf jismoniy tarbiya kurash mavzu

XI. Darslik bilan ishlash
Kurash.1
Dunyodagi har bir millatning o’ziga xos kurash turi bo’lganidek o’zbeklarning kurash hamda belbog’li kurash turlari bor. Bu kurash turlari avloddan-avlodga o’tib, bugungi kunimizgacha yetib keldi. O’zbeklarning uzoq tarixga ega bo’lgan milliy sport turlaridan-kurash asrlar davomida rivojlanib, kishilarga zavq-shavq baxsh etib, mard yigitlarning mahoratini, matonatini namoyish etib, keldi. O’sha vaqtlarda polvonlarning turli munosabatlar bilan o’tkazilgan xalq sayillaridagi chiqishlarini va unda namoyish etiladigan xatti-harakatlari ko’pchilikni lol qoldiradi.. Shuning uchun polvonlarning nomi el ichida e’zozlanadi. Polvonlar Eron, Turkiya, Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarga borib, o’z xalqi sharafini himoya qilardilar.
Kurash Temuriylar zamonida ham , undan keyin ham xalqning sevimli sport o’yinlaridan bo’lib keldi. O’ziga xos kurashish mahorati bilan olamga dong taratgan o’zbek polvonlar tarix sahifasida o’chmas iz qoldirdilar. Bular Pahlavon Mahmud, Pahlavon Muhammad, Ahmad polvon, Toji polvon va boshqalardir. Hozirda jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, kurashga katta e’tibor qaratildi.
1998-yilning 6-sentabrida “Xalqaro kurash assotsiatsiyasi” tashkil etildi. Kurash-bu mard, pahlavon, epchil ikki yigit o’rtasida o’tkaziladigsn olishuv, kuch sinashishdir. Yillar o’tishi bilan kurashning usullari tiklanib, boyib, uning xalq hayotidagi o’rni, mazmuni, mohiyati kengayib boraveradi. Kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati 1999-yil 1-2-mayda Toshkentda, ikkinchi jahon chempionati 2000-yilda Turkiyaning Antalia shahrida, uchinchi jahon chempionati 2001-yilda Vengriyada va to’rtinchi jahon chempionati Armanistonning Yerevan shahrida o’tkazilishi kurashimizning tobora dunyoga keng yoyilayotganidan dalolatdir. Dunyo o’zbek polvonlari Toshtemir Muhammadiyev, Kamol Murodov, Akobir Qurbonov, Mahtumquli Mahmudov, ikki karra jahon chempioni Bahrom Avazov, Shuhrat va Botir Xo’jayevlar san’atiga qoyil qolmoqda.
Angliya “Kurash federatsiyasi” prezidenti tashabbusi bilan Angliyaning Bedford shaxrida har yili Islom Karimov turniri muvaffaqqiyatli o’tkazilib kelinmoqda. Bunda qirollikning barcha hududlaridan qatnashgan polvonlar ichidan vakillarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi. ( 2000 yil). Ayniqsa, qizlar o’rtasida kechgan bellashuvda Feruza Hayitmetovaning ko’rsatgan natijasi quvonarlidir. U o’zbek qizlari orasida hali ham ajdodlari To’maris, Barchinoy singarilar borligini isbotlab, g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Kurashimiz Osiyo o’yinlari dasturiga kiritildi. Hurmatli bolajonlar, agar siz kurash bilan yoshlikdan shug’ullansangiz, sizni bo’lajak olimpiada o’yinlari va jahon chempionatlari kutadi.

Download 21,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish