4-sinf 0na tili 1-chorak test
1.Qaysi tovushlarsiz so‘z hosil bo‘lmaydi?
a)unli b)undosh d)unli va undosh
2.Tovushning yozuvdagi ifodasi bu……..
a)so’z b)harf d)tovush
3. Qaysi tovush bo‘g‘in hosil qiladi?
a)undosh b)unli d)faqat undosh
4.So‘zning necha bo‘g‘inli ekanini qanday aniqlaysiz?
a)unlilar sonidan b)undoshlar sonidan d)so’z bo’ginga bo’linmaydi
5.-li, -siz, -la, -xon, -dor, -chi qanday qo‘shimchalar deb nomlanadi?
a)so’z yasovchi b)so’z o’zgartiruvchi d)so’zlarni bog’lovchi
6.To’g’ri yozilgan so’zlar qatorini belgilang?
a)ma’lum,muallif b)do’slik,xunar d)odop-axloq
7.Oyoq so’zi o’z manosida qo’llangan qatorni toping?
a)stolning oyog’i b)odamning oyog’i d)karavotning oyog’i
8.Qaysi qatorda ma’nodosh so’zlar berilgan?
a)tut,uch b)achchiq-shirin d)vatan,yurt
9.Zid ma’noli so’zlar ko’rsatilgan qatorni toping?
a)yaxshi-yomon, b)oftob,quyosh d) yoz,tut
10.Shakldosh so’zlar berilgan qatorni toping?
a)katta-kichik b)uch,oy d)tilak,istak
11.Asosdosh so’zlar berilgan qatorni toping?
a)gulchi.guldon,gulla b)suvchi,gulchi,qaychi d)bog’bon,hosildor
12.Asos va qo’shimchaga to’g’ri ajratilgan so’zni toping?
a) Kitobxon: kitob qoshimcha ,xon asos
b)Kitobxon: kitob asos, xon qo’shimcha
d)barcha javob to’g’ri
13.So’z tarkibi nimalarga ajratiladi?
a)asos va qo’shimchalarga b)asosga d)qo’shimchaga
14.So’zlar ma’no munosabatiga ko’ra qanday turlarga ajratiladi?
a)ma’nodosh, b)shakldosh, d)ma’nodosh,shakldosh,zid ma’noli.
15.Unli tovushlar nechta?
a)6 ta b)23 ta d)30 ta
Yopiq test
16.Bir xil asosga ega bo’lgan asosdosh so’zlar yozing?
17.Shirin so’zini o’z va ko’chma ma’nolarda qo’llang?
18.Katta,kichik so’zlari ishtirok etgan maqol yozing?
19.5 ta so’z yasovchi qo’shimcha yozing?
20.Suv,hosil,tuz so’zlariga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shib yangi so’zlar yasang?
4-sinf 0na tili 2-chorak test
1.-m, -im, -ng, -ing, -si, -i, -miz, -imiz,-ngiz, -ingiz, -I qo’shimchalari qanday qo’shimchalar?
a) egalik b)ko’plik d) kelishik
2.Otlarda nechta kelishik bor.
a) 5 ta b) 6 ta d) 7 ta
3.Qaratqich kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob cc‘ladi?
a) Kimni? Nimani? Qayerni? b)Kim? Nima? Qayer? d)Kimning? Nimaning? Qayerning?
4.Ko’plikdagi otlar berilgan qatorni toping?
a)kitobni ,uyga b)gullar,bog’lar d)daftar,qalam
5.Kim?NIMA?Qayer? so’roqlariga javob bo’luvchi so’zni toping?
a)dadam,kompyuter b)qizil,sumka d)yugurdi,uxladi
6.Otlarga qo‘shiladigan -ning, -ni, -ga (-ka, -qa), -da, -dan qo‘shimchalari qanday qo‘shimchalar tarkibiga kiradi?
a)egalik b)kelishik d) ko’plik
7.Ko’plik ma’nosini bildiruvchi egalik qo’shimchalari berilgan qatorni toping?
a)-miz,-ngiz,- i(-lari) b)-im,-ing,-si d)barcha javob to’g’ri
8.Joy nomlari berilgan qatorni toping?
a)kitob,maktab b)Toshkent,Termiz d)sinfxona,Dilshod
9.Ikkinchi shaxs egalik qo’shimchalari berilgan qatorni toping?
a)-m,-im, b)-ng,-ing d)-I,-si
10.Qaysi qatorda so’z turkumlari berilgan?
a)egalik,kelishik b)birlik,ko’plik d)ot,sifat,son,fe’l
11.Shaxs nomlari berilgan qatorni toping?
a)Ustoz,Shifokor b)hunar,chumchuq d)anhor,Samarqand
12.Kitobning suhbatidan inson foyda topadi.Ushbu gapda kitobning so’zi qaysi kelishikda qo’llangan?
a)bosh kelishik b)qaratqich kelishigi d)tushum kelishigi
13.Tushum kelishigining qo’shimchasi qaysi qatorda berilgan?
a) -ga,(-qa,-ka) b)-ning d)-ni
14 . Kelishiklar gapda qanday vazifa bajaradi?
a)so’zlarni bir-biriga bog’laydi b)ega vazifasini bajaradi d)vazifa bajarmaydi
15.O’rin-payt kelishigining so’roqlari berilgan qarorni toping?
a) kimni ? ,nimani? ,qayerni? b)kimda?,nimada?,qayerda? d)kimga?,nimaga,?qayerga?
Yopiq test
16.Ot so’z turkumini qoidasini yozing?
17.Xalq so’zini 3 ta shaxsda qo’llang?
18.Qanday tovush o’zgarishlarini bilasiz?
19.Otlarda nechta kelishik bor va nomlarini yozing?
20.yaproq,varoq so’zlariga mos qaratqich kelishigidagi otlar tanlab birikma tarzida yozing?
Do'stlaringiz bilan baham: |