4. Шум бола indd



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana01.06.2022
Hajmi1,3 Mb.
#626551
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5447271240144262857

HOJIBOBOYI GULFURUSH
Ba yoron gulfurushi mekunam, bo dushmanon xoro, 
Muhabbat ham g‘azab du rang chunin bozorho dorad.
Muntazir
Mening qushlarga ishqiboz bir do‘stim bor. O‘tgan juma 
bir keksa dastparvar bulbuli o‘lganini eshitib, ko‘nglini 
so‘rashga jazm qildim...
Teshikqopqa guzaridan o‘tib hali Qichqiriqqacha yet ma-
gan edim. Bu ko‘chani sukutga ketgan majnuntollar va mah-
madona chinqiriq ariq xiyoboni deb atalsa, yana yaxshiroq 
bo‘lardi. Tevarak-atrofi ozoda qilib supurilgan kichkina eshik 
oldi. Supachaga supadan ham kichikroq gilamchani yozib, 
oldilariga bir savat rang-barang guldastalarni qiyoq o‘tdan 
kamar bog‘latib qo‘yib, ikki mo‘ysafid kichik jonon choy-
nakdan jonon piyolaga nilufar bargiday tiniq ko‘k choyni 
quyib, suhbatda edilar.
Aniq sanoqlarga hushim yo‘q. Oldida gul savat turgan 
birinchi mo‘ysafidning yoshini sakson va oshig‘i bilan tax
-
min qila qo‘ydim. Yaqinlashdim, salom berdim, yana bir 
necha qadam ta’zim bilan ilgariladim.


182
– To‘xtang, o‘g‘lim, – dedi kulimsirab birinchi mo‘ y-
safid, – ko‘klamingiz muborak bo‘lsin.
– Sizniki ham.
– Rahmat.
Qo‘limga oq bilan to‘qqizilning o‘rtasida, muzikadagi 
avjday ko‘tarilib borguvchi necha darajali rang bo‘lsa ham-
masidan to‘plangan bir guldasta tutqazdi. Men taraddudlanib 
yonimni kavlay boshladim. Ya’ni, bu gullar sotiladigan deb 
o‘ylagan edim. Ikkinchi mo‘ysafid menga qattiqroq tikildi:
– Nima qilmoqchisiz?
– Yo‘q, o‘zim shunchaki... 
Birinchi mo‘ysafid kuldi.
– Nima kasbdasiz?
– Shoirman.
– Balli... Men ham Hojiboboyi gulfurush emasman. Bu 
gullar o‘z bog‘imning mahsuloti. Katta o‘g‘lim injener, 
kichigi harbiyda, qizim bilan kuyovim doktor, o‘zim ekkan 
gullarni ta’bimga yoqqan kishiga biror dastadan berish-
ga menga ijozatdir deb o‘ylayman... Pulning hojati yo‘q, 
o‘g‘lim. Badaliga juda biror narsa bergingiz kelayotgan 
bo‘lsa ayta qoling...
Men Muntazirning yuqoridagi she’rini o‘qib berdim.
1941
OBRO‘
G‘anijonning kelganini o‘tgan kuni eshitgan bo‘lsam 
ham, bugungina ko‘rgali ketardim. Tiriklik, deganday, ham-
maning o‘z ishi o‘z boshida. O‘tgan kuni Mirzafarangning 
uchast kasida hasharda bo‘ldik (Asli ismi Mirzaahmad aka 
bo‘lsa ham Tekstilning mohir to‘quvchilaridan bo‘lgani 
uchun do‘stlari hazil-mutoyiba yuzasidan «Mirzafarang» 
deb laqab qo‘yganlar. Bu laqabdan uning nafsi koyimay-
di). Kecha bo‘lsa hayit-arafagarchilik deganday, bolalarni 
mashinachiga olib bordim, univermagga chiqib, bayram 


183
xarajati qilishdik va hokazo... G‘anijonni ko‘rish bugunga 
qoldi, xolos.
Bir xil shovoqi, bir qop yong‘oq, shoda but, yarati-
lishidanoq loyi quvnoqlik bilan yo‘g‘rilgan odamlar bo‘ladi. 
Bu xillar erkakda ham bo‘ladi, xotinda ham bo‘ladi.
Ana, mening ammam shu zayil odamlardan biri. Bo-
ringki, inqilobgacha ham paranjini «yopindingmi, yopin
-
dim» taxlit irimiga boshiga ilgan. Erini esa shariatcha emas, 
do‘stlarcha sevgan. Inqilobning bosh kunlarida, xotin-qiz 
ozodligi to‘g‘risidagi birinchi gap qulog‘iga chalinar-chalin-
mas, bo‘pti, degan-u banoras paranjini buzib, yakandoz 
qilgan. Shu-shu, MOPR bilan «Bolalar do‘sti» znachoklarini 
ko‘kragiga taqib, ro‘molini bilinar-bilinmas qiyshiq tang‘ib, 
kekkaygancha yashab keladi. U, hamma yerda quvnoq, oilada 
erkin, turmushda shod va mehnatda jafokash-u ozod...
G‘anijon shu ammamning o‘rtancha o‘g‘li. Harbiyga 
ketgan edi. Kadrga qolipti. Hozir uchuvchilar maktabini 
tamom qilish oldida. Otpuskaga kelgan.
Bozor Taxtapulga ko‘chgandan buyon 6-tramvayga 
tushib bo‘lmaydi, ko‘chada esa kishi yakka kift bo‘lib yuradi, 
odam ko‘p. Shu ko‘chadan ketib borar edim. Ro‘paramdan 
bir harbiy yigit chiqib salom berdi.
– Salom, tog‘a.
– Iya, senmisam, G‘anijon? Men seni ko‘rgali ketayotgan 
edim.
– Bir-ikki joylarga boradigan ishlarim bor edi, ikki kun
-
dan buyon mehmon ustiga mehmon, chiqib bo‘lmadi.
– O‘zing yaxshimisan, uy ichlaring tinchmi?.. – va 
hokazo so‘roq-istoqlardan so‘ng u bilan xayrlashdim, u 
yo‘liga ketdi, men ham yo‘limda davom qildim. Yigirma 
qadamlardan so‘ng juldur-juldur paranji yopingan bir xotin 
kelib, barimdan tutdi.
– To‘xta!
– A, kim, nimaga?
– Hovliqma, ammang bo‘laman. – G‘anijonning onasi, 
hali aytgan shovoqi kampir.


184
– O‘zi nima gap, paranjingiz nimasi? – Ammam kuldi.
– Obro‘ qidirib yuribman. G‘anijoning, mana, tappa-taq 
to‘rt yildan beri harbiyda, men uning yoqasiga taqqan chor 
burchaklarini tushunmayman. Xo‘sh, qani dedim, ilming 
qayerga borgan ekan, senga ham ko‘cha-ko‘yda birov salom 
beradigan bo‘ldimi, yo‘qmi, dedim. Ko‘chaga chiqishini 
poylab, nomus bo‘lsa hamki, Asalat achaning paranjisini 
so‘rab yopindim... Izma-iz ketayotibman. Necha odam bilan 
salom-alik qilganini sanab borayotibman.
– O‘zi qayerga ketayotibdi?
– Sevganining oldiga-da, Shayxantohurga. Besh yildan 
buyon andarqat.
– Siz ham Shayxantohurgacha orqasidan borasizmi?
– Boraman.
– Bo‘lmasa, 10-tramvay bilan orqadan aylanib men 
ham boraman. Kinoning oldida bir-birimizni kutamiz. Keyin 
menga aytasiz.
Ammam o‘g‘lining orqasidan ketdi.
Men oldinroq borib Shayxantohurda uni kutib turdim. 
Eng ilgari G‘anijon o‘tib ketdi, o‘zimni panaga olib turdim. 
Orqasidan paranji yopingan ammam keldi. Menga yaqin
-
lashdi. Men so‘radim:
– Xo‘sh, qalay?
– Bo‘ldi, ishondim. Qirq bitta-yu, yettita.
– Nima qirq bitta-yu, nima yettita?
– Salom-alik-da. Janggohdan shu yergacha qirq bitta 
harbiy yigit G‘anijonga oldin salom berdi. Yettita harbiyga 
G‘anijon oldin salom berdi. Tuzuk, obro‘yi yaxshi.
Ammam o‘sha yerdayoq paranji-chachvonini taxlab, 
qo‘ltiqqa urdi.
– Kechqurun hovliga bor. 
Ajralishdik.
Leytenant o‘g‘liga ryadovoy harbiylarning bergan chest-
lari ammam obro‘yining protsentlari ekanini bildim.


185

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish