GUVOHLIKKA O‘TGAN HO‘KIZ
1979-yilning (bizdan ellik yil so‘ng) bahor kezlaridagi
bir kuni bolalar uyining o‘quvchilari 1929-yildayoq Chirchiq
labiga solingan azot zavodiga ekskursiyaga chiqdilar.
Bu kecha o‘sha yerdagi ishchilarning umumiy yotoq-
xonalarida qo‘nmoqchilar.
Bolalardan bir turkumi kelib, o‘z murabbiyalaridan ta-
rixiy bir hikoya eshitishni iltimos qildilar. Murabbiya ko‘ndi.
Kechki mashg‘ulotdan so‘ng bolalar yotoqxonalariga kirdilar.
Hammalari gavjum bo‘lishib, murabbiyadan hikoya kutdilar.
Murabbiya ham va’daga muvofiq hikoya boshlamoqchi bo‘ldi.
– Ukalarim, – dedi murabbiya, – hammalaringiz ham
charchadingiz. Mening sizga aytadigan hikoyam ham
hordiqni chiqaradigan hangomacha tarzida bo‘ladi.
O‘quvchilar ma’qul topdilar.
– Bundan oltmish yillar ilgari sotsializm qurish uchun
juda qizg‘in kurashlar borar edi. Har tarafda sinfiy kurash
alangalanar edi. Kapitalistlar, boylar, ruhoniylar va ularning
157
bolalari bizning haddan ziyoda sur’at bilan o‘sib bormoqda
bo‘lgan og‘ir quri lishlarimizni ko‘ra olmas edilar. Har qanday
tasodifdan foydalanib bizga zarba bermoqchi bo‘lar edilar.
Ko‘pincha ular, bizning ijtimoiy tashkilot larimizga ham kirib
olishga muvaffaq bo‘lib, kambag‘al dehqon, ishchilarning
manfaatiga zid bo‘lgan harakatlarda bo‘lar edilar.
O‘quvchilar murabbiyalarining so‘zini tinglab, sukut-
dalar.
– Bundan rosa ellik yil burun «X» qishloqli kambag‘al
bir dehqon qishloqning bozoridan o‘tib borar edi. Uning yo‘li
«X» qishloq chorvadorlar shirkatining kooperativi yoni dan
o‘tdi. Kooperativ mudiri Ashirqul degan dehqonni cha qirib,
to‘satdan:
– Qani Ashirqul aka, uch so‘m oltmish tiyin chiqaring, –
dedi. Ashirqul hayron bo‘lib sababini so‘ramoqchi bo‘lgan
edi, kooperativ mudiri og‘zini qoqib:
– Qo‘yavering, biz sizdan bekorga pul olmaymiz. Sizga
juda ham qimmatbaho bir buyum beramiz, – dedi. Mudirning
so‘ziga do‘kon yordamchilari ham qo‘shilib:
– Obbo sodda odam-ey, siz beravering, kuysangiz, biz
kafil, – dedilar.
Ashirqul ikkilanib uch so‘m oltmish tiyin chiqazib berdi.
Kooperativ mudiri pulni olgandan keyin ma’noli qilib:
– Endi, Ashirqul aka, sizning pulingizga bir turli, siz
ko‘r magan yem beramiz. Bu yem markazdan kambag‘al
dehqonlarning ish hayvonlariga atalib kelgan. Biz shu yem-
ni tajriba qilmoqchimiz. Olib borib ho‘kizingizga berasiz,
mazza qiladi, – dedi.
– Xayr, baraka topinglar, ukalarim, – dedi Ashirqul aka
minnatdorlik bilan. Qopni ochdi. Qayroqtoshga o‘xshash, oq
bilan zangor aralash olachalpoq rangli, palaxsa-palaxsa nar-
sani tortib qopga soldilar. Ashirqul aka bu muammo buyumni
orqalab ho‘kizini xursand qilish uchun ovulga bordi.
Nima ekanini surishtirmay, ho‘kizga soldi. Faqat te-
ringga somon tiqilgur ho‘kiz tumshug‘i bilan bir-ikki turtib
yemakdan bosh tortdi.
158
Murabbiya hikoyasini shu yerda to‘xtatib, bolalarga
qaradi.
– Ukalarim, – dedi murabbiya, – hikoyaning davomida
bir talay sizga yot bo‘lgan so‘zlar eshitildi, masalan: «Te-
ringga somon tiqilgur», «harom o‘lgur»ga o‘xshash, bu so‘z
zamona sining jumlalari bo‘lganidan meni kechirasizlar.
Bolalar ma’qul ko‘rdilar. Murabbiya so‘zida davom qildi:
– Ashirqul aka ho‘kizning tepasida turib, yemning yax
-
shiligi, to‘q tutadigan ekanini maqtasa ham, ho‘kiz unamas
edi. Na iloj qilsin.
«Yopiray, bu o‘zi qanday mo‘jiza yem bo‘lsa ekan, uch
so‘m oltmish tiyinga o‘tday kuymasam yaxshi edi», deb bir
yumalog‘ini olib tekshira boshladi. Ashirqul aka ne ko‘zi
bilan ko‘rsin, bu mo‘jiza yem yomg‘irda qolib, ivigan, xamir
bo‘lgan, mog‘orlab, qotib, qayroq toshday bo‘lib qolgan un
ekan. Ashirqul aka garangsidi.
«Kooperativ ulug‘lari men bilan hazilkash emas edi-
lar-ku?» deb ko‘targanicha yana kooperativga bordi.
– Ota-onang to‘yingni ko‘rgurlar, bu qanday yem edi,
sizlarning so‘zingizga kirib, ho‘kizimga uyatli bo‘ldim,
pulni qay taring, shovvozlar, – dedi Ashirqul aka. Kooperativ
mudiri sirning oshkora bo‘luvidan qo‘rqib, Ashirqul akani
koope ra tivning ichkarisiga olib kirdi. Bu voqeani hech kimga
ayt mas likni iltimos qildi. Ocheredsiz choy, sovun, mayda-
chuydalar berdi.
Do‘kon mudiri Ashirqul akani do‘kon eshigidan kuzatib
qo‘yishda yelkasiga qoqib:
– Endi, Ashirqul aka, agar ho‘kiz begona odamning
ho‘kizi bo‘lganda, qorniga pichoq urar edim, qanday qilayki,
sizniki-da, – dedi.
Ashirqul aka ham soqolini serkillatib:
– To‘g‘ri aytasiz, hayvoni bezabon-da, harom o‘lgur,
oldiga solingan buyum toshmi, kesakmi, zahri margmi,
surishtirmay yeya berganda bunchalik gap-so‘z bo‘lmas
edi, – deb uyiga jo‘nadi.
Ashirqul akaning kooperativda bo‘lgan bu voqeadan vijdo
-
159
ni siqildi. Bu xiyonatni yashirib ketishga g‘azablandi. Tikka
borib jinoyat qidiruv sho‘basiga xabar berdi. O‘sha kuniyoq
kooperativdagi butun xizmatchilar qamoqqa olin dilar.
O‘n besh kundan so‘ng bularga qishloqda namunali ochiq
sud bo‘ldi. Sudning aybnomasida shunday yozilgan edi:
«X» qishloq chorvadorlar kooperativiga markazdan
ikki vagon – ikki ming puddan ziyodroq unni dehqonlarga
tarqatish uchun yuborilgan. Pudi ikki so‘m o‘ttiz tiyindan –
besh ming so‘mdan oshiq bo‘lar edi. Bu unning kelganiga
bir oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, kooperativ mudiri
va xizmatchilari bo‘shatib olmaganlar. Un ochiq havoda
yomg‘ir, qorlar ostida qolib ketgan.
Eng oxiri, kooperativdagilar o‘z jinoyatlarini yashirish
uchun bir so‘m ellik tiyindan o‘n yetti nafar ishchi yollab,
qayroq toshday qotib qolgan bu unni ushattira boshlaganlar
va dehqonlarga yem o‘rnida tarqatmoqchi bo‘lganlar.
Dehqonlar, kooperativda shuncha un nobud bo‘lib yot
-
gan holda, xususiylardan bir pud unni besh so‘mdan sotib
olganlar.
Kooperativ xizmatchilarining bu qilmishlari mutlaqo
sinfiy dushmanlik va ko‘ra-bila turib, jinoyatkorlikdir».
Sud majlisiga Ashirqul aka va uning ho‘kizi guvoh qato
-
rida chaqirilgan edi. Ashirqul aka kooperativdan olgan o‘sha
unning namunasini keltirdi. Tajriba uchun ho‘kizning oldiga
soldilar. Ho‘kiz o‘z guvohligida sobit qoldi. Unni yemadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |