5. Qadimgi Xitoy mifologiyasi to’g’risidagi manbalar asosan er. avv. XI asrga
oid. Bu afsonalar mazmuniga ko’ra ikki guruh yoki sikllarga bo’linadi.
Kosmogonik miflar ichida ilk, tartibsiz holatdan tabiat va insonning paydo
bo’lishi to’g`risidagi asosiy konsepsiya, bo’linish va aylanish berilgan. Ulardan
birinchisi jonsiz va tirik mavjudotlar tartibsizligi, ikki ilk unsur (erkak)ning
boshlanishi, Yan va
qorong`ulik (ayol)ning boshlanishi - In paydo bo’lgan.
Ikkinchi konsepsiya barcha mavjudotlarning paydo bo’lishi bu transformasiya
natijasidir deb tushuntiradi. Odam Nyuy ismli ma'buda tomonidan loydan
yaratilgan.
Tabiat stixiyalari va ulardan odamlarni qutqargan qahramonlar to’g`risida
afsonalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Toshqin va qurg`oqchilik hodisalari
afsonalarda ko’p tilga olinadi. Qadimgi qahramonlar to’g`risidagi afsonalarda
qahramonlar odamlarni olovdan foydalanishga o`rgatgan; ilk bor shox-shabba
chaylani ko’rgan. Baliq ovi va ovchilik usulini kashf qilgan; ilk dehqonchilik
qurollarini yasagan, donni bug`da pishirishni o`rgatgan qahramonlar mavzusi
yetakchi o’rinni tutadi. Ko’pgina qahramonlar ilon gavdali, buqaning kallasi bilan
yarim hayvon, yarim odam qiyofasida tasvirlanganlar. Bu qadimgi totemistik
tasavvurlarni aks ettirishdir.
Qadimgi xitoyliklar u dune to’g`risidagi tushunchalarida yerda mavjud
bo’lgan tartib-qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimiyat vanga tegishli, osmonda
xamma jismlar Oliy xudo (Di)ga buysunadi. Di qudratli, u odamlarga marxamat
qiladi yeki ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg`a qiladi,
qurg`oqchilik yuboradi, yomg`ir va shamol Diga bogliq. Dining yaqinlarini
Vanning vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining
topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yerdam berish to’grisidagi iltimosini Diga
yetkazadi. Vanning oliy koxin sifatidagi vazifasi odamlar va xudolar dunesi
o’rtasida vositachi bo’lgan o’z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdir.
Konfutsiylikni paydo bo’lishi va tarqalishi ajdodlarga e'tiqod qilishni
kuchaytirdi. Konfutsiy (er. avv. 551-479 yillar)ning axloqiy-syosiy ta'limotida
markaziy o’rinni «oliyjanob kishi» (SzyanSzi) to’g`risidagi tushuncha egallaydi.
Konfutsiylik gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat (Syuo), kishilar
o’rtasidagi munosabatlarga rioya qilish (Li)dan iborat. Konfutsiy ochko’zlik,
zo`ravonlikga qarshi axloq va burchni qarama-qarshi quyadi.
II-III asrlarda Xitoyga budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko’ra, birinchi
budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira
sifatida Loyan shahri yonida budda «oq ot ibodatxonasi» qurilgan va hozirgacha
saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini tarqalishi IV-VI
asrlarga tegishlidir.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. avv. XIV-XI asrlarga
oid fol ko`rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko’pchilik qismi buyumlar tasviridir.
In belgilari buyumlar tasviri yeki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko’pgina
tasvirlar qo`shilmasi ideogramma ko’rinishidadir.
In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor.
Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan,
ikkinchidan bir belgilini yozilishida ko’p xilma-xillik mavjud. Uchinchidan belgini
qatorning nisbiy yo`nalishiga tomon harakati hali barqaror bo’lmagan. In yozuvining
er. avv. I ming yillikda Chjoular tomonidan o’zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib
qo`ymadi. Er.avv. II-I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari
unifikasiya qilindi, belgilarni yezishning yangi husnixati paydo bo’ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog`och yoki bambuk taxtachalariga
yozilgan. Tushli mo`yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va
yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Eramizdan avvalgi I ming yillikning
o’rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog`oz kashf qilinib
ishlatila boshlandi va qog`oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
Eng qadimgi Xitoy she'riyati namunalari eramizdan avvalgi XI-VI asrlarda
jez ko`zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. «Shiszin» (“qo’shiqlar kitobi”)-qadimgi
Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo’limga bo’lingan
(«Podsholik axloqi», «Kichik odalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik
asarlar majmuasidan iborat.
«Shiszin» an'analari eramizdan avvalgi IV asrda poetik asarlar mualliflari
tomonidan o’zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do`mbira shaklini eslatadigan
tosh uyumlarda yetib kelgan, shu sababli ular «Tosh do`mbiralar»dagi matnlar deb
ataladi. Eramizdan avvalgi IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju
kabi shoirlar ijod qilgan.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san'at janrlari Xitoyda yuqori darajada
shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan
asboblarga bo’lingan. Ko’pgina musiqa asboblari eramizning birinchi, ikkinchi
asrlarida O’rta Osiyodan o’zlashtirib olingan.
Xitoy me'morchilik san'atida yog`och asosiy xom-ashyo edi. Xan davrining
noyeb me'morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali
devor bilan o’rab olingan. Baland ko’p xonali imperator saroyi, ma'muriy binolar va
ibodatxonalar shaharning kurki edi. Ma'muriy binolar sariq rangda, imperator
saroylari qizil rangda bo`yalgan. Xan davrida portret san'ati yuksak darajada bo’lgan,
saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar ayniqsa, matematika rivojlangan. Eramizdan
avvalgi ikkinchi asrda to’qqiz kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda
oldingi olimlarning bilimlari proporsiya, progress, bo’lishlar bayon etilgan. Pifagor
teoremasi va boshqalar to’plangan. Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani
ham rivojlandi. Er. avv. 104-yilda bir yil 365,25 kun hisoblab chiqildi. Shu yil
qabul qilingan kalendar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo’yicha
yil 12 oyga bo’lnidi. Qo’shimcha oy kabisa yiliga qo’shilib 3 yilda bir marta
belgilangan. Qo’yosh–oy kalendari qishloq xo’jalik ishlariga moslashtirilgan.
Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. Er. avv. III asrda
Xitoy vrachlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni
davolashni bilganlar. 280 davolash usulini qo’llaganlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Karimov İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. T.1998 yil.
Lad nin . A. i dr. storiya drevnego mira: Vostok, Gretsiya, Rim.
Кабиров А. Қадимги Шарқ тарихи. Тошкент 2018.
Древние цивилизации М. 1989
Do'stlaringiz bilan baham: |