Didaktika – grekcha “didaktikas” so’zidan olingan bo’lib , “o’qitish” ma’nosini
anglatadi.
Didaktik o’yin – bu mos keladigan ta’lim berish usulidir.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning yosh xuuiyatlari, savodxonlik darajalari,
shaxsiy tabiatiga ko’ra didaktik o’yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalahtirish
asosidagi metodlar keng qo’llanilmoqda. Agar o’qitish jarayonida har bir o’quvchi
o’zining o’zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori
sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo’lar edi.
Bunday holat faqat tabaqalashtirilgan ta’lim orqaligina amalgam oshirish mumkin.
Endi ta’lim jarayonini didaktik o’yinlar orqali amalgam oshirish haqida fikr
yuritamiz :
Didaktik o’yinli metodlar o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga
asoslangan. Ular o’quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarih va
rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta
ahamiyatga ega.
Didaktik o’yinlarning aoiy turlari: intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash
o’yinlardan iborat. Bular o’quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy,
ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mahnat, kasbiy
ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Bu metod o’quvchini ichki imkoniyatlariniihga tuhirishga, o’ylashga, erkin fikr
yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa , unda atrof – muhit ,
hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to’siqlarni, qanday yengish
va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantiradi.
Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o’quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ulani
turli yo’nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan , biror kasbga
moyilliklarini ko’rsatadigan, didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik, va boshqa
yo’nalishdadi turlarga ajratiladi. Ular o’quvchuilardagi tahlil qilish, mantiqiy
fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash , o’lchash , yasash, sinash, kuzatish,
solishtirish, xulosa chiqarih, mutaqil qaroo qabul qilish, guruh yoki jamoa
tarkibida ishlash, nutq o’stirish, til o’rganish, yangi bilimlar olish
faoliytalarini rivojlantiradi.
Umumiy o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda
ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga
ajratiladi.
Didaktik o’yin turlarini tanlashda, quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi
natijalar beradi:
ishtirokchilarning tarkibi bo’yicha, ya’ni o’g’il bolalar, qiz bolalar yoki aralash
guruhlar uchun o’yinlar;
ishtirokchilarning soni bo’yicha – yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf
jamoasi, sinflararo jamoasi va ommaviy tarzdagi o’yinlar;
o’yin jarayoni bo’yicha – fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar asoslangan,
musobaqa va boshqalarga yo’naltirilgan;
vaqt me’yori bo’yicha – dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi,
o’yin maqadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan o’yinlar.
Ayrim didaktik o’yinli dars shakllari:
ishchanlik o’yini dari – mavzu bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida
o’quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni
o’zlahtirish mashqi;
rolli o’yin darsi – mavzu bo’yicha masalalarni o’rganishda o’quvchilarga oldindan
ma’lum rollarni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustahkamlash;
teatrlashtirilgan dars – mavzu bilan bog’liq sahna ko’rinishlarini tahkil etish
orqali dars mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish;
“kim oshdi savdosi” darsi – o’quv fani, ayrim bo’limi bo’yicha bilimlarni har bir
o’quvchi qanchalik ko’proq bilishini namoyish etish;
Yarmarka darsi – mavzuni bo’laklarga bo’lish, olindan o’zlashtirgan o’quvchilarning
o’zaro muloqotlari asosida qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan darlr;
O’yin darsi – mavzuni sahnalahtirilgan holdagi konsert shaklida ifodalah mashqlari
bo’lib, o’quvchilarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatini
beradi.
Integral – (intergrallashtirilgan ) dars – boshqa darlarga doir va integratsiyalash
uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan dar bo’lib, o’quvchilarning
turli fanlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faollikni ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonida uyushtirilgan didaktik o’yinlar ham o’quvchilar tafakkurini
rivojlantirishda asosiy vosita sanaladi. Unga dam olish yoki vaqt o’tkazish vositasi
emas, balki ta’lim beruvchi faoliyat sifatida qarash lozimdir. Quyida e’tiboringizga
didaktik o’yinlarning ayrimlarini havola etamiz.
“U kim? Bu nima?”. Stol ustida bir qancha predmetlar terib qo’yiladi. O’quvchi shu
predmetlardan birortasiga ta’rif beradi. O’quvchilar ta’rif asosida gap nima haqida
borayotganligini topadilar.
Bu o’yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars davomida o’quvchilar diqqatini
jamlah, qo’llariga dam berish maqadida yoki yangi mavzuni bayon qilish jarayonida
foydalanish mumkin. Bu o’yin o’quvchilarda ziyraklik, inchkovlik va mustaqil
fikrlash qobiliyatini shakllantirih imkoniyatini beradi.
Masalan: o’zi shar shaklida. Mashhur sportchilarimiz uni stadionlarda o’ynaydilar.
Yosh bolalarning ham sevimli o’yinchog’i hisoblanadi. (koptok).
“Bo’lishi mumkin emas”. O’yin davomida o’qituvchi matnni o’qiydi. O’quvchilar
bo’lishi mumkin bo’lmagan voqealar ifdalangan jumla yoki gapni topishlari lozim.
Hazil – mutoyiba bilan o’tadigan bu o’yin boladan ziyraklik, sinchkovlik va
kuzatuvchanlikni talab qilish bilan birga, hikoya tinglash ko’nikmasini
shakllantirishga ham yordam beradi. O’yin bir necha marta o’tkazilgandan so’ng
o’quvchilarga mustaqil ravishda shunday hikoyachalar tuzishni topshirishi ham
mumkin.
O’qituvchining o’yinda o’zi ham ishtirok etib, harakatlarni to’g’ri bajarish
namunasini ko’rsatishi, o’yinning borishini boshqarib, aytib turishi juda muhimdir.
Quyida “oq quyonim alomat” nomli o’zbek xalq bolalar o’yinini e’tiboringizga havola
etamiz.
Bolalar zalning bir tomoniga qo’yilgan o’rindiqlarda o’tiradilar. O’qituvchi
ularning hammalari hozir quyon bo’lishlarini aytadi va o’tloqqa yugurib chiqishni
taklif etadi. Bolalar zalning o’rtasiga chiqadilar va o’qituvchining yonida davra
qurib turadilar. Keyin cho’qqayib o’tiradilar. O’qituvchi shunday qo’shiq aytadi:
oq quyonim alomat,
otini qo’ydim Salomat.
shalpang quloq quyonim,
juda – juda alomat.
Bolalarda qo’llarini yuqoriga ko’tarib, quyon qulog’ini ifoda etib , barmoqlarini
qimirlatadilar. O’qituvchi qo’shiqni davom ettiradi:
quyon sovqotib qopti,
oyoq – qo’lin isitsin.
Tap-tap-tap-tap, tap-tap-tap,
oyoq – qo’lin isitsin.
Bolalar “tap-tap” so’zlarini eshitishlari bilan chapak chaladilar:
Qo’shiq davom ettiriladi:
bir joyda tuaverib,
quyon titrar sovuq yeb .
endi sakrab o’ynasin,
sakrab – sakrab quvnasin.
Bolalar “sakrab – sakrab” so’zini eshitishlari bilan ikki oyoqlab , irg’ishlab ,
sakray boshlaydilar. Sakrashni matn tamom bo’lguncha davom ettiradilar.
O’qituvchi : – Kimdandir cho’chib ketdi,
Quyonim qochib ketdi,
Deydi va ayiqpolvonni ko’rsatadi , bolalar qochib borib o’z joylariga turib
oladilar.
Ko’rsatmalar. O’yin ko’p marta takrorlangandan so’ng quyoncha roliga birorta bolani
tayinlash va uni doiraning o’rtasiga turg’azib qo’yish mumkin. Bunday o’yinning
muntazam o’tkazib turilishi tufayli ular o’z joylarini yaxshi eslab qoladilar va uni
tez topib oladigan bo’ladilar. O’quvchilarning holatini qo’llab – quvatlash,
rag’batlantirib
turish lozim.
Bularning bari o’quvchilarga fanlararo bog’liqlikni o’rgatish orqali ularda olam
tuzilishining ilmiy asoslarini to’liq idrok etish va ilmiy dunyo qarashlarini
shakllantirish , ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Albatta, bir maqola doirasida barcha interfaol metodlarning mazmuni va mogiyatini
ochib berish imkoni yo’q . darlarni nechag’li qiziqarli , foydali va samarali
tashkil etish o’qituvchilarning ijodkorligi , tashabbukorigiga bog’liq.
Xulosa qilib aytganda :
O’qituvchi faqat o’qitibgina qolmay , o’quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali
ta’lim olish ko’nikmalarini shakllantirshi ;
O’quvchilarni darslik , qo’llanma , internet xabarlari, manbalarni tahlil qilish
orqali bilim olishga o’rgatishi;
O’quvchi ta’lim jarayonida eshitib , ko’ribgina qolmay , balki dars mavzusi
mazmunini o’rganishda uni faol ihtirokchisiga aylanishini ta’minlashi zarur;
Agar o’qituvchi interfaol ta’lim mazmunini va mohiyatini , uning metodlarini o’qib –
o’rganib, o’zlahtirib , o’z pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan
Davlat ta’lim standartlarini va modernizatsiya qilingan o’quv dasturlarini to’la
o’zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikga erishishni ta’minlaydi.
O’tkazilgan tajriba – sinov natijalari shuni ko’rsatdiki, agar darslar so’z,
tushuntirish orqali olib borilsa , o’zlashtirish 10 foizni , ko’rsatish ,
namoyishlar orqali tashkil etilsa , 50 foizni, ta’lim jarayoni o‘quvchining shaxsiy
ishtiroki , faolligida kechsa , o’zlashtirish sifati va samaradorligi 90 foizni
tashkil etadi.
Demakki, har bir o’qituvchi o’z o‘quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa ,
bolalaning o’qish, o’zlashtirish , bilim, ko’nikma, malakalarni egallash darajasi
yuqori ko’rsatkichlarni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |