rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e‘lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat
bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur
o‘rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda
xabarga ta‘sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladiki, bu hol
emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko’rdingmi – yo’q», «Chumchuq so’ysa ham
qassob so‘ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan
parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo‘shilib ketadi.
Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko‘zgusidir. Ommabop uslubni
shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo‘ladi: fuqarolik burchi,
iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat,
hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu
uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik,
ta‘sirchanlik, adabiy til me‘yorlariga qat‘iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha
janrlarga ega.
Publitsistik uslub − tashviqot-targ‘ibot ishlari olib boriladigan, asosan, ijtimoiy-
siyosiy hayot yoritiladigan nutq ko‘rinishidir. Publitsistik uslub o‘zining obrazliligi,
hissiy-ta‘siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi, aniqligi va terminologik
leksikasi bilan ilmiy uslubga yaqin turadi. Ijtimoiy-siyosiy
masalalarning yoritilishi, tahlil uslubi, ijtimoiy- siyosiy masalalarni hal etishga
undashning faolligi, o‘ziga xos terminlar, asosan siyosiy terminlarning ko‘p qo‘llanilishi
singari xususiyatlar publitsistik va ilmiy uslubning o‘xshash tomonlaridir.Publitsistik va
badiiy uslubning ham o‘xshash tomonlari mavjud. Ikkala uslubda ham obrazli ifodalar,
tasviriy vositalardan ko‘proq foydalaniladi. So‘z va terminlar siyosiy ma‘nosining
badiiy uslub elementlari bilan qorishgan, uyg‘unlashgan holda ifodalanishi publitsistik
nutqning salohiyatini yanada ko‘taradi va uning ta‘sirchanligini oshiradi. Publitsistik
uslubda ijtimoiy-siyosiy terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar,
birikmalar, qat‘iy qoliplashgan qurilmalarning tez-tez qo‘llanilishi bu uslubning o‘ziga
xos xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, sovuq urush, ochiq
ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi,
xalq e’tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari,
jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bo’shliq, xavfsizlikka tahdid va h.k.
Publitsistik uslubda hisssiy-ta‘siriy so‘zlar va birikmalardan, maqol va hikmatli
so‘zlardan unumli foydalaniladi. Maqol va hikmatli so‘zlar bu uslubda sarlavha nomi
bo‘lib ham keladi hamda mazkur uslubning yanada yorqinroq bo‘lishini ta‘minlaydi.