Elektr mashina — mexanik energiyani elektr energiyasiga va elektr energiyasini mexanik energiyaga hamda elektr energiyasini boshqacha kuchlanish, tok kuchi, chastotaga ega boʻlgan va boshqalar parametrli elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Ishi elektromagnit induksiya hodisasiga hamda elektr toklari va magnit maydonlarning oʻzaro taʼsirlashuvini belgilaydigan qonunlarga asoslanadi(3-rasm)
O ddiy o‘zgarmas tok mashinasining sxematik ko‘rinishi 7-rasmda ko‘rsatilgan. O‘zgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qo‘zg‘almas qismi stator va aylanadigan qismi yakordan iborat. Stator o‘z navbatida yarmodan, asosiy qutb o‘zagidan, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidan, qo‘shimcha qutblardan, qo‘shimcha qutb cho‘lg‘amlardan va boshqa konstruktiv elementlardan iborat.
O‘zgarmas tok mashinalarining asosiy qutblarini magnit o‘zagi asosan qalinligi 0,51 mm bo’lgan elektrotexnik po‘latdan yig‘iladi ba’zi hollarda konstruktiv po‘latlardan ham tayyorlanishi mumkin buladi. .
Elektr mashinalarning magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarning magnit o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng qo‘llanilmoqda.
3-rasm.Elektr mashinasi ishlash prinsipi
Xulosa
Ushbu mustaqil ishni bajarish davomida men uzimni bilimlarim va ko`nikmalarimni oshirib oldim. Misol uchun avtotransformatorlarni ishlatishi, tuzilishi va uni hayotga tatbiqi, avzalliklari kamchiliklari, shu asnoda muqobil elektr energiya manbai bo`lmish quyosh energiyasini olish, quyosh energiyasini oluvchi texnologiyalarini ishlashi prinsipi va qo`llanishini, ekologik toza elektir mashinalari tuzilishi, ishlash prinsipi va undan qanday foydalanish mumkinligini bilib o`z xulosalarimni chiqardim va o`z bilimlarimni yanada boyitdim va olgan tushuncha va xulosalarim asosida ushbu mustaqil ishga bayon qildim. Bularga avtotransformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi, elektr mashinalarni tuzilishi va ishlash prinsipi va muqobil quyosh energiyasi elektr tizimlari va hokazo. Eng asosiysi o`zimizga yangi bilimlar orttirdik.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov va boshq. O’z.ROO’MTV – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2016. 304b.
|
2. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012 – 264 b.
|
3. Alternative Energy: Facts, Statistics, and Issues. by Berinstein Paula. Westport, CT: Oryx Press, 2001.
|
4. I.H. Siddikov. Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish. Kasb-hunat kollejlari uchun o’quv qo’llanma (2-nashr). T.: “ILM ZIYO”, 2016. – 96 b
|
5. www.lex.uz -O‘zR Adliya vazirligi sayti.
|
6. www.ziyonet.uz –O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.
|
7. www.bilim.uz - O‘zR Oliy va o‘rtamaxsus ta’limvazirligi sayti.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |