4-modul topshiriqlari 1-vazifa
№
|
Mavzuga oid muhim atamalar
|
Mazmuni
(tushunchaning mazmuni, muhim xususiyatlari)
|
Ahamiyati
(nima uchun zarurligi)
|
1
|
Ma’naviyat
|
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M. atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami Ma’naviyatdir.
|
Ma’naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi,
Ma’naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson M.ini belgilovchi asosiy omillardan biridir. M. kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning , millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. M.li jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi.
|
2
|
Ma’rifat
|
Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. M. ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi
|
Ma’rifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. M. maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. M.li kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Ma’rifat-bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. M.ni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshirilad
|
3
|
Madaniyat
|
Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi
|
Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
|
4
|
Mafkura
|
Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi
|
Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkuraviy jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik
|
5
|
Milliy g’oya
|
Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi
|
M.gʻ. oʻz mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Mac, oʻz davrida (1941—45) fashistlar bosib olgan Fransiyada "Qarshilik koʻrsatish" gʻoyasi M.gʻ. darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Biror gʻoyaning M.gʻ. sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad-muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday M.gʻ.da umuminsoniy moqiyat mavjud boʻladi
|
6
|
Ta’lim
|
Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. T. jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. T. tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi
|
T.ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, T. haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida T.ning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan (qarang Pedagogika).
|
7
|
Ta’lim to’g’risidagi
qonun
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
TA’LIM TO’G’RISIDA
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda; 2013 y., 41-son,
543-modda)
5 ta bo’lim
UMUMIY QOIDALAR
TA`LIM TIZIMI VA TURLARI
TA`LIM JARAYONI QATNASHCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH
TA`LIM TIZIMINI BOSHQARISH
YAKUNLOVCHI XULOSALAR
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997 yil 29 avgust,
464-I-son
|
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati
(O’RQ–637, 23.09.2020)
Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
• maktabgacha ta’lim va tarbiya;
• umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
• professional ta’lim;
• oliy ta’lim;
• oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
• maktabdan tashqari ta’lim.
Umumiy o’rta ta’lim I–XI sinflarni o’z ichiga oladi.
O’rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o’rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional ta’lim boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang’ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O’rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to’lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo’lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo’yicha amalga oshiriladi.
O’rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to’lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo’lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo’yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Ta’lim olish shakllari:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o’qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash
|
8
|
Harakatlar
Strategiyasi
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |