Suyuklik laminar va turbulent xarakati. Reynolds soni va uni kritik qiymati. Ko‘p xollarda quvurlardagi xarakat tekis xarakat bo‘ladi. YA’ni tezlik oqim yo‘nalish bo‘yicha o‘zgarmaydi. Bu xolda xarakatni qanday bo‘lishga, asosan, ichki ishqalanish kuchi tasir qiladi. Bu xolda uning ikki kesimidagi bosimlari farqi ishqalanish kuchinining va geometrik balandliklar farqining katta yoki kichikligiga bog‘lik bo‘ladi. Bu kuchlar ta’sirida quvurlardagi xarakat tezligi xar xil bo‘lishi mumkin. Tezlikni katta kichikligiga qarab suyuqlik zarrachalari tartib yoki tartibsiz xarakat qiladi. Bu xarakat asosan ikki xil bo‘ladi. Laminar xarakat va turbulent xarakat.
Laminar xarakatni tajribada kuzatish uchun suyuklik okayotgan shisha kuvurning boshlangich kesimiga shisha naycha orkali rangli suyuklik kuyib yuboriladi. Bunda rangli suyuklik aralashmasdan tugri sinik buyicha oqimcha kurinishida ketadi. Agar suyuklikni tezligini oshirib borsak xarakat tartibi uzgarib boradi. Tezlik ma’lum bir chegaradan utgandan keyin zarrachalarni kinetik energiyasini kupayib ketish natijasida ular kundalang yunalishda xarakat kila boshlaydi.
Natijada zarrachalar uzi xarakat kilayotgan kavatdan kushni kavatdan utib, energiyasining bir kismini yukotib, uz kavatiga kaytib keladi. Oqimni tezligi juda oshib ketsa zarrachalar bir kavatdan ikkinchi kavatga tez uta boshlaydi. Natijada suyuklik xarakatini tartibi buziladi.
Bunday xarakat turbulent xarakat deyiladi.
Suyuklik xarakatining bu ikki tartibini ingliz olimi O.Reynolds tajribada xar tomonlama tekshirgan va natijalarni 1883 yilda e’lon kilgan. O.Reynolds suyukliklar xarakatining muxim konuniyatini kashf kildi. Suyuklik xarakatining tezlikning oqim ulchamiga kupaytmasining kovushkoklik kinematik koeffitsientiga nisbatidan iborat ulchovsiz mikdor xarakterlar ekan.
Bu mikdor olimning sharafiga Reynolds soni deb ataladi va Re bilan belgilanadi. Silindrik kuvurlardagi oqim uchun Reynolds soni kuyidagicha belgilanadi.
Re =
Turli shakldagi notsilindrik kuvurlar va uzanlardagi oqimlar uchun Reynolds soni kuyidagicha ulchanadi.
Re =
R – gidravlik radius
Suyuklikninglaminar xarakatdan turbulent xarakatga utishi Reynolds soni Re – ma’lum kritik mikdori bilan aniklanadi va u Reynolds kuyi kritik soni deb ataladi.
Re k.k.r
Bu son silindirlik kuvurlar uchun 2320 ting. Reynolds soni ma’lum bir kiymatdan utgandan keyin xarakat albatta turbulent buladi. Bu son Reynolds yukori kritik soni deb ataladi va
Re yu.k.k.r = (4000 - 10000)
Suyuklik xarakatida asosan 2 tartib laminar va turbulent.
Laminar tartib Re < Re k.r = 2320
Turbulent tartib Re > Re k.k.r = 10000
Agar Re > Re k.k.r yoki Re yu.k.k.r > Re bulsa utkinchi zonabuladi. Bu zonada laminar va turbulent tartib bulishi mumkin.