3.Pedagogning nutq madaniyati. Nutqiy savodxonlik. Insonning bu dunyoda topgan eng qimmatli, asl mol-davlati - insoniy fazilatlari, kuchli ma’naviyati, yaxshi xulqi va ongu tafakkurining tiniqligidir. Bunday fazilatlarni o‘zida mujassam etgan va o‘zbek xalqining azal-azaldan e’zozlab kelinadigan milliy urf-odatlari va qadriyatlari qatoriga xushxulqlik kiradi. Zero, go‘zal odob va shirin muomala har qanday hatti harakatni ko‘ngilni ham eritish qudratiga ega. Ana shunday insoniy fazilatlar va xislatlarni o‘z ichiga qamrab olgan adabiѐtlarni targ‘ib qilish, ѐshlarimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish hamda ularni milliy qadriyatlarimizga yuksak ehtirom bilan tarbiyalash, kitoblar orqali ularning tafakkurini shakllantirish biz kutubxonachilarning asosiy burchimizdir. Buning uchun esa, avvalambor, kutubxonachilarning o‘zlari shunday fazilatlarga ega bo‘lmog‘i darkor. Did-farosat, estetik nazokat bilan bezatilgan ko‘rkam xonadonni mezbonning gulgun chehrasi obod qilib tursa, bu uy mehmon uchun orombaxsh bog‘i eramga aylanadi. Demakki, Vatanining buyuk kelajagi va taraqqiyoti uchun kamarbasta bo‘lgan har bir inson o‘zi faoliyat yuritaѐtgan tashkilotni ikkinchi uyi deb bilib, u yerga tashrif buyurayotgan - mehmonlarga doimo iliq. munosabatda bo‘lishi muhimdir. Agar kishining ichki go‘zalligi bir guldasta bo‘lsa, uning muattar didi, albatta, uning madaniy muomalasidir. Inson qaerda bo‘lmasin, u o‘zining tashqi qiyofasi va xatti-harakati, muomala vositalari bilan odamlar nazarida va kuzatuv doirasida yashaydi. Muomala madaniyatini shakllantirishda avvalambor, samimiy, dillarni ѐrituvchi, dilning ich-ichidan keladigan va yuqori darajada qadrlanadigan tabassumni unutmaslik kerak, birinchi bor murojaat qilayotgan insonning xodim ko‘rsatgan iltifot va samimiy tabassumidan zavqlanib, o‘z fikrini dadilroq bayon qilishiga sabab bo‘ladi. Bizning ajdodlarimiz, daho adabiyotshunos va tilshunos bobokalonlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan keng qamrovli va buyuk adabiy -ma’naviy meroslaridan ham buni isbotini topish mumkin. Masalan, Abdulla Qodiriy o‘zining – “O‘tkan kunlar” romanida ota va bola, uy xizmatkori va xo‘jayini o‘rtasidagi muomalani ham shunday mahorat bilan ochib bera olganki, buni o‘qigan har qanday inson ularning o‘zaro muomala madaniyatidan bahra olishi tayin. Albatta, bizning buyuk ajdodlarimiz qoldirgan hikmatli o‘gitlardan yana bir qanchasini keltirish mumkin. Ulardan: Forobiy, Beruniy, At -Termiziy, Amir Temur, Navoiy va Boburlarning purma’no va serqirra ijod na’munalarida ko‘rsatib o‘tilgan foydali tavsiyalari, hayotiy o‘gitlari va ta’limi bizga har sohada juda asqotadi, ya’ni ular yozib qoldirgan adabiy-ma’naviy merosi hozirgi kun talabiga ham xos va mos keladi.
Mashhur psixolog Deyl Karnegining insonlarning o‘zaro muomala madaniyati, o‘zini tutishi, mulozamat, iltifot ko‘rsatish, boshqalarni hurmat qilish, insonlarning jamiyatdagi munosabatlarining nozik qirralari haqida bir qancha asarlar bitganligini hammamiz yaxshi bilamiz. Lekin shuni alohida aytish kerakki, agar Karnegi O‘zbekistonda yashab, o‘zbek xalqining o‘zaro muomala madaniyatidan xabar topganida, o‘zi ѐzganlari biz uchun yangilik emasligini bilgan bo‘lar edi. Muomala madaniyati insondan suhbatdoshiga nisbatan gorizontal (bir tekisda, tenglik asosida) munosabat ko‘rsatishni talab etadi. Qarshingizda turgan odam mansabdormi, oddiy xodimmi, erkakmi ѐki aѐlmi, unga samimiy, do‘stona munosabat ko‘rsata olish haqiqiy insonparvarlik mezoni bo‘lib kelgan. Muomala madaniyati bo‘yicha egallangan bilimlar muloqotga kirishaѐtgan tomonlarni bir-biriga yaqinlashtirish, ularning suhbatini bir tizimga tushirish, taraflarning o‘zaro axborot almashishlarini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Birovni eshitish va unga axborotni to‘g‘ri yetkazish qoidalari va tartiblari muomala madaniyatining negizidir. Ko‘rinadiki, muomala madaniyatida xalqimizga xos ko‘plab go‘zal fazilatlar namoyon. Ulardan eng asosiysi, xushmuomalalikdir.
Mazkur tushunchaga – “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”da
quyidagicha ta’rif berilgan: “Xushmuomalalik muhim ahamiyatga ega muloqot shakli bo‘lib, yuksak insoniy fazilatlardan biri hisoblanadi. Xushmuomalalik ijtimoiy ahamiyatga ko‘ra keng qamrovlidir. Xushmuomalalik o‘z ichiga muloyimlik, murosai-madora, ohistalik, tagdorlik kabi sifatlarni qamrab oladi. Shuningdek, xushmuomalalik suhbatdoshlarning dilini ravshan qilish, kayfiyatini xushnud etish, ko‘ngliga taskin berish uchun xizmat qiladi”. Demak, xushmuomalalik samimiylikning ifodasi, ko‘pgina muvaffaqiyatlar omiligina emas, ayni paytda tara..iy etgan jamiyat barpo etishning asosi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |