4-mavzu: Yuridik shaxslardan undiriladigan aktsiz solig‘i



Download 33,26 Kb.
bet9/10
Sana10.07.2022
Hajmi33,26 Kb.
#770167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yuridik shaxslardan undiriladigan aktsiz soligi ac8a5

Aksiz solig’ini undirish bo'yicha xorijiy davlatlar tajribasi. Aksiz solig’i davlat soliq siyosatining asosiy qismlaridan biri bo’lib, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy manbalardan biridir. Hozirgi vaqtda aksiz solig’i Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlarning davlat budjetlarining daromadlarini shakllantirishda muhim o’rin egallaydi. Evropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Evropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog’i 40 foizdan yuqori bo’lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko’rsatkich 50 foizdan yuqori bo’lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko’rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi5. Italiyada aksiz soliqlari egri soliqlar ichida fiskallik ahamiyati jihatidan ikkinchi o’rinda turadi. Aksizli daromadlarning asosiy qismini neft va neft mahsulotlari hamda tamaki mahsulotlaridan tushumlar ta’minlaydi. O’xshash holat bir qator MDH davlatlarida ham kuzatiladi. Jumladan, egri soliqlar ichida aksiz soliqlarining ulushi Qirg’izistonda 32 foizgacha, Tojikistonda esa 34 foizgacha o’sgan6.

Federativ davlat tuzilishiga ega mamlakatlarda aksizli daromadlar, soliq qonunchiligiga ko’ra, federal budjetga yo’naltiriladi. Masalan, Germaniyada federal budjet tushumlari iste’mol talabidagi mahsulotlar (benzin va boshqa neft yoqilg’ilari -
5.6 foiz, tamaki - 3.1 foiz, vino va aroq mahsulotlari - 0.8 foiz va boshqalar)ga





5 Александров И. Налоговые системы России и зарубежных стран. –М.: “Бератов-Пресс”, 2002. С. 1122
6 Центральная Азия: новые тенденции в экономике. –М. 1998. С. 84
solinadigan soliqlar (aksizlar) hisobiga shakllanadi. Spirtli aroq mahsulotlariga solinadigan soliqlardan (pivoga solinadigan soliqdan tashqari, ushbu soliq to’lig’icha yerlar budjetiga o’tkaziladi) tushumlar to’lig’icha federal budjetga o’tkaziladi7.
Aksiz solig’i stavkalari va aksiz to’lanadigan tovarlar guruhi turli davlatlarda turlichadir. Quyida ayrim xorijiy davlatlarda ularning amal qilish mexanizmini yoritishga harakat qilamiz.
Shvetsiyada aksiz soliqlari ro’yxati ancha keng. Aksiz solig’i alkogolli mahsulotlar, chiqindilar, insektitsidlar, energiya manbalari, uglerod va oltingugurt oksidi, o’g’itlar, atom energiyasi, lotereyalar, tabiiy shag’al, reklama, yutuqlar, qimor o’yinlari, tamaki mahsulotlaridan olinadi, shuningdek hayotni guruh bo’lib sug’urtalashdan maxsus aksiz undiriladi.
Aksizlar davlat budjetiga tushadi hamda ular yiliga taxminan 82 mlrd. kronni
- mamlakat daromadining salmoqli qismini tashkil etadi. Shu summadan taxminan 55-60 mlrd. kronni energiya manbalari, jumladan benzinga bo’lgan aksiz ta’minlaydi.
Aksizlarning ko’pchiligi Shvetsiya budjetining daromad qismini to’ldirish uchungina joriy etilmagan. Navbatdagi aksiz solig’i kiritilishidan avval, odatda, moliyaviy, siyosiy va ijtimoiy muammolar o’rganib chiqiladi. Iste’molga ta’sir ko’rsatish dastagining yorqin misoli sifatida alkogol, tamaki va energiyaga solinadigan aksizlarni ko’rsatish mumkin.
Alkogolga aksizlar pivodan, vino va achitish jaraenida tayyorlangan, tarkibida spirt bulgan mahsulot va etil spirtidan tayyorlangan boshqa ichimliklardan olinadi. Bu xom ashyolar Shvetsiyada ishlab chiqarilgan yoki EI davlatlari, uchinchi davlatlardan keltirilgan bo’lishi mumkin. Alkogoldan aksiz olinishi budjetga taxminan 11078 mln. shved kroni tushishini ta’minlaydi. Bu to’lovni 560 ga yaqin soliq to’lovchi amalga oshiradi.
Shvetsiyada alkogolli mahsulotlar uchun aksiz stavkalari o’ziga xos bo’lib, ular alkogolli ichimlikning kuvvatidan kelib chiqib o’rnatiladi.
Shved soliq qonunchiligiga binoan quyidagilar tamaki mahsulotlari bo’yicha aksiz to’lashadi:

  • davlat ro’yxatidan o’tgan aksiz omborlari mulkdorlari;

  • shved aksizli tovarlari ishlab chiqaruvchilari;

  • aksizli tovar oluvchilar - davlat ro’yxatidan o’tganlari ham, o’tmaganlari ham;

  • davlat ro’yxatidan o’tgan soliq vakillari;

Tamaki bo’yicha aksiz Shvetsiyada ishlab chiqarilgan yoki Evropa Ittifoqi va boshqa davlatlardan olib kirilgan barcha tamaki mahsulotlaridan: sigaret, sigarilla, sigara, trubkali va saqichli tamakilardan olinadi. Tamakidan tushadigan aksiz taxminan 8500 mln. kronni tashkil etadi. Uni to’lovchilar 70 nafarga yaqin.
Buyuk Britaniyada bilvosita soliqlar tarkibida aksiz solig’i ikkinchi o’rinni egallaydi. Aksiz olinadigan tovarlarga spirtli ichimliklar, yoqilg’i, tamaki mahsulotlari, transport vositalari kiradi. Spirtli ichimliklar va yoqilg’i birligi





7 Рудый К. Финансово-кредитные системы зарубежных стран. Учебное пособие. –М.: “Новое знание”, 2003. С.119-120
(litr)dan aksiz qat’iy belgilangan stavkada olinadi. Tamaki mahsulotlariga aksiz bahoga ustama qo’yish shaklida foiz hisobida belgilanadi. Aksiz yig’imlarini stavkasi 10 dan 30 foizgacha belgilanadi.
Belgiyada aksizlar neft mahsulotlari, elektroenergiya, tamaki mahsulotlari, kuchli spirtli ichimliklar, vino, pivo, alkogolsiz ichimliklar, kofe va tashqarida o’rnatiladigan reklama va o’yin bizneslariga qo’llaniladi.




Download 33,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish