- yugurish yo‟lakchasi, sakrash va uloqtirishlar bo‟yicha musobaqalar badan qizdirish
mashqlari o‟tkaziladigan joylarda belgi chiziqlari to‟g‟ri
chizilganligini tekshiradilar;
- jihozlar markirovkasini tekshiradilar;
- musobaqalar o‟tkaziladigan joylarga jihozlar va asbob-uskunalarni etkazib berish hamda
ularni yig‟ib olish ishlarining reja-jadvalini tuzadilar.
Statistika va rekordlar guruhi
- turli statistik ma‟lumotlarning hisob-kitobi bilan shug‟ullanadi;
-
yangi rekordlar, sport ustasi va halqaro toifadagi sport ustasi unvonlari uchun
me„yorlarning bajarilishini kuzatadi;
- rekord natijalar
uchun dalolatnoma tayyorlab, rasmiylashtiradi;
- rekordlar tekshirilganidan keyin hakamlar hujjatlarini qabul qilib
olish guruhidan olingan
ishtirokchilar varaqalarini ularga ishlov beruvchi guruhga jo‟natadi;
- materiallardan nusxa ko‟chirish guruhidan yakuniy qaydnomalar nusxasini oladi;
- musobaqalar davomida tegishli
qaydlarni kirita borib, bosh hakam hisobotini
tayyorlaydi.
Ishtirokchilarning varaqalariga ishlov berish guruhi
- yakuniy qaydnomalarni bosmadan chiqarish uchun olingan varaqalarga to‟la ishlov
berish bilan shug‟ullanadi;
- ishchi qaydnomalardagi natijalarni ishtirokchilarning shaxsiy varaqalariga ko‟chirishni
amalga oshiradi;
- ko‟rsatilgan natija qaysi razryadga muvofiqligini
belgilaydi;
- dasturning ushbu turida ishtirokchi egallagan o‟rinni belgilaydi;
- natijani ochkolarda baholaydi (jumladan, rag‟batlantiruvchi ochkolarni);
- shamol tezligini ko‟rsatadi;
- ishtirokchilarning varaqalarini jamoaviy natijalar guruhiga etkazadi.
I. Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan o’rinlarni aniqlash
1. Bir davra musobaqasi o‟tkazilganda, egallagan o‟rin eng yaxshi natijaga ko‟ra
aniqlanadi.
2. Bir necha davrali musobaqa o‟tkazilganda, mazkur masofada g‟olibni hamda sportchilar
egallagan o‟rinlarni
aniqlash, ishtirokchilar musobaqaning dastlabki davralarida ko‟rsatgan
vaqtdan qat‟i nazar, final natijalariga ko‟ra amalga oshiriladi. Finalga chiqmagan ishtirokchilar
orasida o‟rinlar finaldan avvalgi davralarda ko‟rsatilgan natijalar bo‟yicha taqsimlanadi.
3. Qo‟shimcha finallar o‟tkazilganida, sportchilarga o‟rinlar “A” final natijalari, keyin “B”,
“V” finali, keyin esa finalchilar tarkibiga kirmagan ishtirokchilar ko‟rsatgan natijalarga ko‟ra
taqsimlanadi.
4. Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab bilan kelmagan sportchi diskvalifikatsiya
qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi. U,
shuningdek, boshqa turlar (jumladan, estafetali
yugurish) bo‟yicha musobaqalarda qatnashishga ham qo‟yilmaydi.
5. Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur davrasida oxirgi o‟rinni
egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: