4-mavzu. Y. Gаydn ijоdi. Reja


Ijоdining uchinchi dаvri (1791-1801)



Download 22,43 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi22,43 Kb.
#907348
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gayden

Ijоdining uchinchi dаvri (1791-1801); 1791 yilda skripkachi va antreprenyor Peter Solomon taklifiga binoan Gaydn Londonga keldi, bu yerda u kator konsertlarga dirijyorlik qilishi, opera va oltita simfoniya yozishi kerak edi. Shu vaqtda keksa knyaz Estergazi vafot etadi. Uning musiqani uncha xushlamaydigan merosxo'ri kapellani tarkatib yuboradi. Birok mashhur bo'lib ketgan kompozitor uning kapelmeysteri sifatida xizmat qilishi unga yokardi. Shu narsa Estergazini "uning xizmatkori" bo'lgan Gaydn boshqa ishga o'tib ketmasligi uchun yetarli bo'lgan nafaka belgilashga majbur qildi. Gaydn baxtli edi! Nihoyat u erkin va mustaqil! Angliyaga konsertlar bilan borish taklifiga u rozilik berdi. O'zining mustaqilligiga qaramasdan Gaydn xizmatni tashlab ketolmasdi. O'sha vaqtlar musiqachi faqat saroy kapellalarida ishlashi yoki cherkov xoriga rahbarlik qilishi mumkin edi. Gaydngacha birorta ham kompozitor mustaqil hayot kechirishga botina olmagandi. Gaydn ham doimiy ishini tashlab ketmaslikka qaror qildi.
Angliyadagi hayot Gaydn uchun g'ayrioddiy tarzda kechdi. O'z asarlariga dirijyorlik qilib o'tkazgan konsertlari misli ko'rilmagan muvaffakiyat kozondi. Bu uning musiqasini ommaviy tarzda ochik tan olinishi edi. Oksford shahri universiteti uni o'zining faxriy a'zoligiga kabul qildi, shu munosabat bilan Gaydn o'zining oldin yaratgan sol major - "Oksford" (1788) simfoniyasini ijro etdi. Angliya poytaxtida u o'zining oltita yangi simfoniyalari("London simfoniya-lari"ning birinchi turkumi)ga dirijyorlik qildi va "Orfey va Evridika" nomli operasini yozdi. Londonda Gaydn kirk-ellik nafar musiqachilardan tashqil topgan katta orkestrni boshqardi. Bularning hammasi kompozitorning o'z asarlari Ko'lamini yanada kengaytirish va ularning mazmunini chuqurlashtirishga bo'lgan intilishlariga mos kelardi.
Londondan kaytishda Gaydn Bonn shahriga tushdi, bu yerda u birinchi marta yosh Betxoven bilan uchrashdi. Bu uchrashuvdan key in Bejtxoven Gaydndan dars olish maksadida Venaga ko'chib o'tishga qaror qiladi. Ammo Gaydn mashg'u-lotlari yosh Betxovenni koniktirmaydi. Gaydn ikkinchi marta Londonga borishga tayyorgarlik ko'rardi va o'z o’quvchisiga yetarli darajada e'tibor qila olmadi.
1894 yilda Gaydn ikkinchi marta Londonga keldi. Bu yillarda kompozitor у ana oltita simfoniya yozdi. O'n ikkita simfoniyadan tashqil topgan turkum "London simfoniyalari" deb nomlandi. "London simfoniyalari" Gaydn simfonizmi rivojlanishini yakunlaydi. Uning iktidori eng yukori cho'kkiga erishdi. musiqa asarlarini tinglashga ulgurardi. Yosh jihatdan kattarok bo'lgan zamondoshi Gendeining oratoriyalari Gaydnda chuqur taassurot qoldirdi. Gendel musiqasining ta'siri shunchalik kuchli bo'ldiki, Venaga kaytgan Gaydn ikkita ~ "Dunyoning yaratilishi" va "Yil fasllan" nomli oratoriyalarni yozdi. Gaydn Gendelga taklid qilish yo'lidan bormadi. Uning oratoriyalari o'zgacha muammolarni kamrab oladi: Gendeining Injil kahramonlari o'rniga bu asarlarda inson baxti va hayot go'zaliigi tabiatning yorqin manzaralarida ifodalanadi. Gaydn oratoriyalarining musiqasi kelajakka ishonch va xushchakchaklik bilan yo'g'rilgan, "London simfoniyalari" ruhi va musiqiy tili bo'yicha xaik musiqasiga juda yaqin.
"Dunyoning yaratilishi"ning syujeti juda oddiy va sodda. Oratoriyaning dastlabki ikki qismida dunyoning yaratilishi tangri huzurida hikoya qilinadi. Uchinchi va oxirgi qismlarida Odam Ato va Momo Havoning gunoh qilgunlariga kadar bo'lgan jannatdagi hayoti bayon etilgan.

Download 22,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish