sohillarida o’z faktoriyalarini qurgan bo’lib, Fransiya XVIII asr boshida Eron bilan
davlatlarining mustamlakachilik siyosatida muhim rol o’ynamadi. Lekin Eron XIX
asrning dastlabki yillaridanoq Angliya va Fransiyaning agressiv siyosati doirasiga
tortildi. Angliya va Fransiya Yevropa va Osiyoda iqtisodiy va siyosiy ustunlikga
erishishda Eronga qulay strategik platsdarm sifatida qarardilar. Bundan tashqari
1800 yilda ingliz-eron siyosiy va savdo shartnomasi tuzildi. Eron shohi
ingliz-afg’on to’qnashuvi yuz bersa, Angliyaga harbiy yordam berish va Eronga
7
fransuzlarni kiritmaslik majburiyatini oldi. Inglizlar esa o’z navbatida Eronning
Fransiya yoki Afg’oniston bilan to’qnashuvi yuz bersa, unga qurol-yarog’ bilan
yordamlashish majburiyatini oldilar. Shartnoma inglizlarga qulay savdo
imtiyozlarini yaratib berdi.
XIX asr boshida Rossiya bilan Eron o’rtasidagi munosabatlar keskinlashdi.
1801 yilda Gruziya Rossiyaga qo’shildi. Dog’iston va Ozarbayjonning bir qator
xonliklari ham Rossiya fuqaroligiga o’tdi.
Rus chorizmi Kavkazortida o’rnashib olib, Eronga o’z siyosiy ta’sirini
o’tkazishga harakat qildi. Eron feodallari esa Gruziya va Ozarbayjon xonliklarini
o’z qo’llaridan chiqib ketishlariga chidab tura olmadilar.
1804 yilda rus-eron urushi boshlanib ketdi. Rus qo’shinlari Ganja xonligida
mahalliy aholi yordamiga tayanib ancha ilgarilab ketdi. Shoh inglizlardan va’da
qilingan yordamni talab qildi. Lekin Rossiya 1805 yilda Napoleonga qarshi urush
boshlab, Angliya bilan ittifoq tuzgan edi. Shuning uchun ham Angliya Rossiyaga
qarshi chiqa olmadi. Yuzaga kelgan bunday vaziyatdan fransuz diplomatiyasi
samarali foydalandi. 1807 yil may oyida eron-fransuz shartnomasi tuzilib, shoh
Angliya bilan bo’ladigan siyosiy va savdo munosabatlarini uzishga, fransuz
armiyasi Eron orqali Hindistonga yuradigan bo’lsa, Fors qo’ltig’idagi barcha
portlarni ochib qo’yish majburiyatini oldi. Napoleon o’z navbatida Gruziyani
Eronga qaytarib berish va Eron armiyasini qayta tuzish uchun fransuz
instruktorlarini yuborishga va’da berdi.
Tez orada Eronda fransuz harbiylari ishtirokida armiyani qayta tashkil etish
boshlandi. Fransuz savdogarlari bir qator imtiyozlarga ega bo’ldilar.
8
Lekin fransuzlar o’z ustunliklarini amalga oshira olmadilar. 1807 yilda
Rossiya bilan Fransiya o’rtasida Tilzit sulhi tuzilgach, Fransiya Rossiyaning
dushmani bo’lgan Eronga harbiy yordam ko’rsatishni davom qildira olmas edi.
Bundan esa inglizlar foydalanib qoldilar. 1808 yilda Eronga 2 ta ingliz
missiyasi keldi. 1809 yilda dastlabki ingliz-eron shartnomasi tuzilib, unda Eron
shohi Fransiya bilan bo’ladigan barcha munosabatlarni to’xtatish, Angliya esa
Eronning Rossiyaga qarshi urush olib borayotgan butun davr mobaynida yirik pul
subsidiyasi bilan ta’minlash majburiyatini oldi.
1813 yilga kelib rus-eron urushi Eronning mag’lubiyati bilan tugadi. 1813
yil oktabrda Guliston qishlog’ida sulh shartnomasi tuzildi. Eron Gruziya,
Dog’iston va Shimoliy Ozarbayjonni Rossiya tarkibiga qo’shilganligini tan oldi.
Rossiya Kaspiy dengizida harbiy flot saqlash huquqiga ega bo’ldi. Rus
savdogarlari Eronda, eronlik savdogarlar Rossiyada erkin savdo qilish huquqiga
ega bo’ldilar.
Tez orada Eron hukumati Guliston sulhini qayta ko’rishni va Ozarbayjon
xonliklarini Eronga qaytarilishini talab qilib chiqdi. Inglizlar tomonidan
rag’batlantirilgan Eron shohi 1826 yilda Rossiyaga qarshi urush harakatlarini
boshlab yubordi. Armanlar va Ozarbayjonlar ko’ngillilar guruhlarini tuzib, rus
armiyasiga yordam berdilar. Rus qo’shinlari g’alaba qozonib Tabrizni egallagach,
1828 yil 10 fevralda Turkmanchoy sulh shartnomasi tuzildi.
Bu shartnomaga ko’ra yangi chegara Araks daryosi bo’ylab o’tkazilib,
Sharqiy Armaniston ham Eron feodallari zulmidan ozod bo’ldi. Eron Rossiyaga 20
mln. kumush so’m tovon to’lashga majbur bo’ldi. Kaspiy dengizida rus harbiy floti
saqlanib qoldi. Rus savdogarlari Eronda imtiyozlarga, eksterritorial huquqga ega
bo’ldilar.
Turkmanchoy shartnomasi rus-eron urushlariga yakun yasadi. U Gruziya,
Shimoliy Ozarbayjon va Sharqiy Armaniston aholisini Eron feodallari zulmidan
xalos bo’lganliklarini mustahkamlab qo’ydi.
XIX
asrning
30-40-yillarida
Angliyaning
Eronga
nisbatan
mustamlakachilik siyosati kuchaydi. 1837 yilda Eron shohi Muhammad afg’on
knyazligi bo’lgan Hirotni qamal qilganda Angliya Erondan urush harakatlarini
to’xtatishni va qamalni bekor qilishni talab qilib, u bilan diplomatik aloqalarni
uzdi.
Eron qo’shinlari Hirotdan ketishgach, Angliya 1841 yilda Eron bilan
diplomatik aloqalarni qayta tikladi va unga teng huquqli bo’lmagan shartnomalarni
qabul qildirdi. Eron shunday shartnomani 1845 yilda Fransiya bilan, keyinroq
boshqa Yevropa davlatlari bilan ham imzoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: