Fayl, katalog va panellarni boshqarish buyruqlari va unda ishlash qoidalari
NC panellarini boshqarish uchun (klavishalarning) tugmachalarning quyidagi majmuidan foydalanish mumkin:
[Tab]- joriy panelni o’zgartiradi,
[Ctrl]Q[O]- ekrandagi panellarni ekrandan oladi va chiqaradi,
[Ctrl]Q[P]- joriy bulmagan panelni uchiradi va chiqaradi,
[Ctrl]Q[U]- panellarning urnini almashtiradi,
[Ctrl]Q[F1]- ( [F2])- chap (ung) panelni ekrandan uchiradi va chiqaradi,
[Alt]Q [F1]- chap panelda disklar ro’yxatini chiqaradi,
[Alt]Q [F2]- ung panelda disklar ro’yxatini chiqaradi.
Agarda NC panelida kataloglar va fayllar ro’yxati keltirilsa, panelning yuqori qismida katalog nomi keltiriladi. NC panellarida fayllar nomi kichik harflarda, kataloglar nomlari bosh harflar bilan ekranda kurinib turadi. Panelning ichida to’g’ri turburchak shaqlida kursor joylashgan bo’ladi. Kursor joylashgan panel joriy panel bo’ladi.
Paneldagi biror katalogga kirish uchun kursor shu katalogga keltirilib [Enter] bosiladi. Har bir katalogga kirilganda katalogdagi ichki kataloglar va faylar ro’yxati panelda chikadi. Ro’yxatning boshida ‘..’ belgisi turadi, bu belgi katalogning eshigi vazifasini bajaradi. Ya’ni kursorni shu belgiga keltirib [Enter]ni bosak katalogdan chikamiz, yana [Enter]ni bossak katalogga kiramiz.
NC fayllar haqidagi ma’lumotni kiska va tula tarzda berishi mumkin. Kiskacha ma’lumot fakatgina fayllar nomini keltiradi. Tula ma’lumot fayllar xajmini (baytlarda), yozilgan kuni va vaqtini ham keltiradi.
NC ning 5-versiyasida dastur rus tilida urnatilgan, shu NC da qiska va tula ma’lumotlarni olish uchun quyidagilardan foydalansa bo’ladi:
[F9]Q[L]Q[K]-CHap panelda kiskacha ma’lumotni chiqaradi,
[F9]Q[P]Q[K]-ung panelda kiskacha ma’lumotni chiqaradi,
[F9]Q[L]Q[P]-chap panelda tula ma’lumotni chiqaradi,
[F9]Q[P]Q[P]-ung panelda tula ma’lumotni chiqaradi.
Panelning pastki qismida ajratilgan fayllar haqida ma’lumot keltiriladi.
Faylar guruhini nomini o’zgartirish, nusxa olish, uchirish uchun ularni tanlashga to’g’ri keladi. Bu ishlar NSda quyidagicha bajariladi, tanlanayotgan fayllar turgan katalogga kiriladi. Sungra klaviaturaning ung tomonidagi «*» klavishi bosiladi yoki birma-bir tanlab olish uchun kursor faylga keltirilib [Insert] klavishi bosiladi. Natijada ajratilgan fayllar ekranda boshqa rangda kurinadi. Ajratishni bekor qilish uchun esa klaviaturaning ung tamonidagi alohida kalavishlardan “-“ klavishi bosiladi.
NC fayllar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi tartibda chiqarishi mumkin: nomlar, kengaytgichlar bo’yicha, alfavit tartibida, yozilgan kuni, vaqti va xajmi kamayishi tartibida.
Ma’lumot chiqish tartibini o’zgartirish quyidagicha amalga oshiriladi:
[Ctrl]Q[F3] - nom bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]Q[F4] - kengaytgich bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]Q[F5] - vaqt bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]Q[F6] - xajm bo’yicha tartiblaydi,
[Ctrl]Q[F7] - kataloglarning tartiblanmagan ro’yxatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |