4-Mavzu: Vizuallashtirish va maxsus effektlar o’rnatish. Tajriba mashg’ulot-4. Ishdan maqsad: 3DS MAX dasturida vizuallashtirish va maxsus effektlar yaratishni o’rganish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Bilim va ko'nikmalarga talablar: Talabalar 3DS MAX dasturida vizuallashtirish va maxsus effektlarni qo‘llash qonun-qoidalarini, yaratilgan tasvirlarga o’zgartirishlar kiritishni bilishlari lozim.
Tajriba mashgulotni o’tkazish uchun kеrakli jixozlar: kompyutеr, printеr, 3DS MAX dasturi.
ISH REJASI: 3DS MAX dasturida ishlash.
tasvirni turli xil yo’llar bilan filtrlarni qo’llab namoyish etish;
tasvirda maxsus effektlarni yaratish;
tasvirlarni xotirada saqlash.
Keltirilgan reja asosida mustaqil hisobot yozing.
Volume light effekti. Deyarli har qanday interyerni modellashtirayotganda oyna orqali o’tuvchi yorug’likdan foydalaniladi. Agar oyna shaffof bo’lsa qiyinchilik bo’lmaydi. Bordiyu oyna rangli bo’lsa ish o’ziga yarasha qiyin bo’ladi. Quyida keltirilayotgan misolda o’rta asrlarni eslatuvchi qasr oynasi misolida keltiriladi.
Ishga kiritishdan avval biror bir rastr grafikali dasturda (misol uchun Adobe PhotoShop dasturida) bo’lajak vitraj oynamizning asosini tayyorlab olishimiz kerak bo’ladi.
2.Eni va bo’yi bir xil o’lchamda bo’lgan fayl yaratamiz. Gradient instrumenti tanlanadi. Gradient trui Blue, Red, Yellow tanlanadi. Gradient qo’llaniladi. Rasmda Twirl effekti beriladi. Stained Glass effekti qo’llaniladi va uni saqlab 3Ds Max dasturini yuklaymiz.
3.Saxnada Plane obyektini yaratishdan boshlaymiz. Bu obyekt vitraj oynadan nur o’tib o’z aksini namoish etuvchi pol vazifasini o’taydi. Plane uchun quyidagi o’zgarishlar qilamiz:
Light, Widht: -200
Length Segs va Width Segs-4
4.Geometry –Create-Window-Fixed tanlanadi. Obyekt yaratmasdan avval quyidagi o’zgarishlar qilamiz:
Widht/Height/Depth tanlanadi.
5.Proyeksiya oynasida yorug’lik manbai mr Area Spot ni rasmda ko’rsatilganidek joylashtirish kerak. Saxnamiz 3Ds Max vizualizatori mental ray yordamida render qilinadi.
6.Oyna 2 qismdan iborat : oyna va uning ramkasi. Ushbu ikki obyektga alohidadan material turi beriladi. Buning uchun Fixed Window obyektini tanlang va unga Edit Mesh modifikatorini joriy qiling.
7.Modifikator bo’limidan Edit Mesh ning yonidagi + yoyiladi va Element tanlanadi. Ramkadagi oyna belgilanadi.
8.Edit Geometry bo’limiga o’tamiz va Detach tugmasini bosamiz. Paydo bo’lgan oynada yangi obyekt nomi kiritiladi.
9.Endi ikki obyekt bilan ishlash imkoniyati paydo bo’ldi:ramka va oyna.
Oyna uchun material tanlaymiz:
Material Editor ni ochamiz.
10.Bo’sh yacheykada Standart asosida yangi material yaratamiz va uni Steklo obyektiga joriy qilamiz. Shader Basic Parameters-Phong tanlanadi. 2-sided tanlanadi. Opacity -60. Specular Level -99. Glossiness-86.
11.Maps bo’limiga o’tamiz. Diffuse Color uchun Bitmap Image File tanlanib, avval yaratib olingan tekstura fayl ko’rsatiladi. Map ning ro’yxatidan esa Planar from Object XYZ tanlanadi:
12.Yaratilgan materialni saxnada ko’rish uchun Show Map in Viewport yoziladi.
13.Asosiy materialning sozlanmalariga qaytamiz: Diffuse Color tugmasining ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, Copy menyusi yordamida nusxa olamiz. Filter Color ro’parasidagi None knopkasi ustida o’ng tugmani bosib, Paste menyusi tanlanadi va nusxasi joriy etiladi.
14.Endi yorug’likni sozlab olamiz. Mr Area Spot ni tanlang va Modify bo’limiga o’ting. Saxnada mental ray Shadow Map dan foydalanamiz.
15.Mental ray Shadow Map va Transparent Shadow bo’limlarida Enable yoqiladi. Shuningdek Color ham yoqilganiga e’tibor bering. Mr Area Spot nurlari ko’rinarli bo’lish uchun saxnada Volume Light effekti bo’lishi kerak. Uni Environment and Effects (8 tugmasi yoki Rendering- Environment) oynasi orqali qilish mumkin. Atmosphera bo’limida Add Atmospheric Effect –Volume Light ketma-ketligi bajariladi.
16.Volume bo’limida Exponential ni yoqib qo’yamiz.
17.Natija chiroyli ko’rinishi uchun mr Area Spot ning sozlanmalaridan Spotlight Parameters-Hotspot/Beam va Falloff/Filed lar to’g’ri sozlangan bo’lishi kerak. Natijani ko’ramiz: Rendering-Render(F10 tugmasi)ni bajring. Saxna vizualizatori sifatida mental ray ni tanlang. Buning uchun Assign Renderer bo’limidan Production oldida turgan ko’p nuqtali tugma bosiladi va ro’yxatdan mental ray tanlanadi.
Natija uchun Render tugmasini bosing