2. Uch komponentli sistemalar politermasi
Suv (A) va bir xil ionli ikkita V,S tuzlardan tashkil topgan sistemani tarkibini AVS uchburchakdagi nuqtalar oralig`ida ifodalash mumkin.
Demak uch kopmonentli sistemalarda bir-biriga bog`liq bo`lmagan to`rtta omildan (ikkita tuz kontsentratsiyasi, harorat, bug` bosimi) AVS uchburchakda ikki tuz kontsentratsiyasi o`z ifodasini topadi, uchinchi o`qda haroratni uchburchak sistemasiga perpendikulyar o`qida joylashtirish mumkin. Sistema turli tarkibiga to`g`ri keluvchi, AVS burchakda yotgan har bir figurativ nuqtadan, ushbu tarkibni to`yingan eritmasiga bir biriga mos kesimlar o`tkazamiz. Bu kesimlarni yuqoridagi nuqtalari tutashtirilsa, uchburchakli prizmada, sistema tuyinish yuzasini ko`rsatuvchi, fazoviy shakl hosil bo`ladi. Bunday sistema holati, tarkibi va to`yingan eritma tarkibini haroratga bog`likligini ifodalovchi fazoviy diagramma- politerma deyiladi.
Bu diagrammada bug` bosimi ko`rsatilgan. 3.11 a rasmda diagrammani politermasi va ortogonal proektsiyasi ko`rsatilgan 3.11 b rasm. Ortogonal proektsiya va prizma yoqlaridan biri (SS1V1V) da markaziy proektsiya berilgan.Prizma ichida yotgan nuqtalarni prizma yoqlaridan biriga tushirilgan markaziy proektsiyasi asosiga o`tkazilgan parallel tekislikdagi nuqtadan yon qarshisidagi (odatda suvni AA1 qirrasi) qirradan to`g`ri chiziq o`tkazish yo`li bilan topiladi.
11 va 11a rasimlardan ko`rinib turibdiki, prizmaning yon tomonlarida ikki komponentli sistemalar digrammasi ifodalangan AV qirra ustidagi yonda V tuzni suvda eruvchanlik diagrammasi AS qirra chetidagi yonda S tuzni suvdagi eruvchanlik diagrammasi, SV qirra ustidagi yonda suvsiz V va S tuzlarning suyuqlanish diagrammasi berilgan. E1, E2 va E3 nuqtalar ikkilik sistemalar evtektik nuqtalari.
Bu ikkilik evtektik nuqtaga mos tarkibli eritmaga uchinchi komponentni qo`shsak eruvchanlikni kamayishiga olib keladi va mos holda evtektik xarorat pasayadi.
Prizma ichidagi O1 nuqta – butun sistemaning evtektik nuqtasi (11a-rasm). Bu nuqtada eritma, muz va ikkita suvsiz V va S tuzlari bilan muvozanatda bo`ladi. Bu nuqtadan pastda suyuq faza mavjud bo`la olmaydi. RE , O1, E3, QE O1E va RE1O1E1 to`yinish yuzalari, bular ustida turgan tuyinmagan eritma sohasini tagidagi qattiq faza sohasidan ajratib turibdi. RE1O1E3 yuzada eritma S tuzi bilan to`yingan va yuza tagida to`yingan eritma qattiq fazadagi S bilan muvozanatda bo`ladi; QE1O1E1yuza tagida V tuzi kristallanadi, RE1O1E1 tagida esa muz. Bu yuzalarni kesishish chiziqlari E1O1 ,E1O1 va E1O1 eritmani ikki qattiq faza bilan to`yinish egri chizig`i – muz va S tuz (E1 O1) muz va V tuz (E1O1) va ikki tuz bilan (E1,O1). O1 nuqtada hamma uchala komponent bir vaqtda kristallanadi.
Rasm 11. Uchlik sistema politermasi va uni aksi.
a) politerma va uni ortogonal aksi, b) ortogonal va markaziy aksi.
Tarkibida V va S tuz bo`lgan tuyinmagan M1-tarkibli eritma berilgan bo`lsin. ( 11 rasmga qarang). Sistemani M1, figurativ nuqtasini vertikal yoqdagi proektsiyasi (aksi) M1 nuqtada va prizma asosida - M
nuqtada (11(b) rasmga qarang) belgilangan.
Sistema sovitilganda uni figurativ nuqtasi M 1M politerma chizig`i bo`yicha pastga harakatlanadi, vertikal aksi esa M111; M115 bo`yicha, gorizontal aksda sistema tarkibi o`zgarmaydi. Sistema xolati M2 nuqtaga kelganda (M211) (11(a) rasm) eritma S tuzga to`yinadi, chunki M2 bu tuzni to`yinish yuzasida (RE1,O1E1) yotadi (11, a rasmga qarang), politermani aksidagi mos keluvchi M211 va M nuqtalar S tuzni kristallanish sohasida yotadi (RE111, O11, E311 va SE1, OE3- 11 b rasmga qarang.) Sovitishni yana davom ettirilsa qattiq fazaga S tuz ajralib chiqadi va eritma bu tuzga nisbatan kambag`allashib boradi, ammo bu tuzga nisbatan to`yinganligicha qoladi. Shuning uchun eritma figurativ nuqtasi RE1,O1 E31yuza bo`yicha harakatlanadi. Bu kristallga tushmaydigan ikki tuz (V va muz) nisbatlari doimiy bo`lgan chiziq bo`ylab bo`ladi. Bunday sharoitga vertikal yuzada yotuvchi SS1 qirra orqali M2 nuqtadan o`tuvchi RL1(R11) chiziq mos keladi. Bu yuzani gorizontal aksi SL – kristallanish nuri deb aytiladi.
Shunday qilib to`yingan eritma sovitilganda uni figurativ nuqtasi M2(M211)dan L1 (L11) ga PL1 (PL11) chiziq bo`ylab, siljiydi. Gorizontal aksda bu harakat kristallanish nuri bo`yicha bo`ladi.
Bir vaqtda qattiq faza figurativ nuqtasi S1S qirra bo`ylab pastga harakatlanadi S12 dan S112 S113 ga, gorizantal aksda esa S nuqtasi harakatsiz qoladi. tL- harakatga etishi bilan eritma nuqtasi L11(L) ga to`g`ri keladi ya`ni S va V tuzlarning birgalikdagi tuyinish chizig`iga to`g`ri keladi, shu paytdan boshlab V tuzi xam kristallana boshlaydi. Shuning uchun sistemani tL dan to gacha sovitish davomida va sistema tarkibi M113 dan M114 xarakatlanganida qattiq faza tarkibi S1S qirra bo`ylab emas, S1SVV1 yoqda yotgan S113 S114 chiziq bo`ylab sodir bo`ladi. Bu chiziqning gorizontal proektsiyasi – SS4, chukmada V tuzni miqdori ortishi bilan uni tarkibini ko`rsatuvchi nuqta V tarafga S dan S4 gacha siljiydi. Bu bilan bir vaqtda ikki tuz (A,V) bilan tuyingan eritmaning tarkibi L11O11(LO) bo`yicha siljiydi. Sistemani holati evtektik haroratga etishi bilan M114 nuqtada qattiq fazaga muz xam ajrala boshlaydi.
Sistema muzlamaguncha uni M114 nuqtasi o`zgarmasdan qoladi, chunki to xaroratdan pastda suyuq faza bo`lmaydi, va muzlash doimiy xarorat to da sodir bo`ladi.
Shuning uchun suyuq fazaning figurativ nuqtasi evtektik O11 nuqtada o`zgarmasdan qoladi. Chukmaning tarkibi uchunchi komponent-muz bilan boyiy boshlaydi, ya`ni S4 dan S4M (S M ) chiziq bo`ylab prizmaning ichiga siljiydi, Qachonki sistema to`liq qotgandan so`ng sistema va cho`kmani figurativ nuqtalari M(M ) nuqtada muvofiqlashasa, keyingi sovitishda qotgan sistema nuqtasini M dan M ga siljishiga mos keladi.
Shunday qilib, sistemani sovitishda va uni M111dan M115 ga siljitish bilan vertikal aksda eritmani figurativ nuqtasi M111M112L11O11 chiziq bo`ylab siljiydi, gorizontal proektsiyasida esa M L O chiziq bo`ylab cho`kma nuqtasi-mos xolda S211S311S411M411M511 va SS4M bo`ylab, siljiydi.
Birlashtiruvchi to`g`ri chiziq qoidasiga binoan, sistema, chukma va suyuq fazalar figurativ nuqtalari, sistema politermasda va uni akslarida (vertikal, gorizontal) ham har doim bitta to`g`ri chiziqda yotadi. Qachonki sistema tarkibi m nuqtada bo`lsa, suyuq faza l nuqtada, chukma esa 8s nuqtada bo`ladi (11 b rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |