13
Mаsаlа yеchish nаmunаsi To‘g‘ri cheksiz o‘tkаzgichdаn 250 mА tоk o‘tmоqdа. Undаn 4 sm uzоqlikdа joylashgan nuqtаdаgi mаgnit mаydоn induksiyasini tоping.
B e r i l g a n:
I = 250 mA = 250·10–3A
d = 4 sm = 0,04 m
μ0 = 4π · 10–7
F o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
·
=12,5·10-6Т.
Javobi: B = 12,5·10–6 T.
Topish kerak:
B = ?
4-mavzu. TOKLI O‘TKAZGICHNI MAGNIT MAYDONDA KO‘CHIRISHDA BAJARILGAN ISH I kki parallel a va b silliq metall simlar bir-biridan l uzoqlikda joylashtirilgan bo‘lib, ularning ustiga yengil c metall o‘tkazgich qo‘yilgan holni qaraylik (1.12-rasm). O‘tkazgichlar tizimi magnit induksiyasi bo‘lgan bir jinsli maydonga joylashgan. 1.12-rasmdagi ( ) belgisi magnit maydon induksiya vektori bizdan rasm tekisligi tomon tik yo‘nalganligini anglatadi. a va b o‘tkazgichlar tok manbayiga ulanganda c o‘tkazgich orqali tok o‘ta boshlaydi. Bunda l uzunlikdagi tokli o‘tkazgichga magnit maydoni tоmonidan F = I ·B · l Amper kuchi ta’sir qiladi. Tok yo‘nalishi bilan magnit maydon induksiyasi yo‘nalishi orasidagi burchak 90° ekanligini bilgan holda kuchning yo‘nalishi chap qo‘l qoidasiga binoan aniqlanadi. Bu kuch c o‘tkazgichni d masofaga siljitib,
A = I · B · l · d (1.4–1)
i sh bajaradi. Bu ifodadagi l·d ko‘paytma o‘tkazgichning harakati davomida chizgan yuzadan iborat, ya’ni S = l·d. Harakat davomida o‘tkazgichni kesib o‘tgan magnit oqimi ΔФ =B · ΔS ga tengligidan:
14
A = I· ΔФ (1.4–2)
ko‘rinishdagi ifodaga ega bo‘lamiz. Shuni ta’kidlash joizki, bu ish magnit maydon tomonidan emas, balki zanjirni tok bilan ta’minlab turuvchi manba hisobidan bajariladi.
Demak, tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda Amper kuchining bajargan ishi o‘tkazgichdan o‘tayotgan tok kuchi va magnit oqimi o‘zgarishining ko‘paytmasiga teng ekan.
Magnit maydonda tokli o‘tkazgichni ko‘chirishda bajariladigan ishdan amaliyotda keng foydalaniladi. U transport, maishiy texnika va elektronika sohalarida qo‘llanilishi bilan muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda juda keng ishlatilayotgan elektron qulflar bunga misol bo‘la oladi.
1. Magnit maydonda tokli o‘tkazgichni ko‘chirishda bajarilgan ish qanday hisoblanadi? 2. Tok yo‘nalishi bilan magnit maydon induksiyasi bir yo‘nalishda bo‘lsa, bajarilgan ish nimaga teng bo‘ladi? 3. Tokli o‘tkazgichni magnit maydonda ko‘chirishda ish nimaning hisobiga bajariladi?