4-Mavzu: Tishli tirmalarni ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish



Download 0,52 Mb.
Sana17.08.2022
Hajmi0,52 Mb.
#847190
Bog'liq
4-Mavzu Tishli tirmalarni ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish


4-Mavzu: Tishli tirmalarni ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish.
Tirmalar tishli va disksimon turlarga bo‘linadi.Tishli tirmalar bitta tishga tushadigan og‘irlikka qarab og‘ir (16-20 N), o‘rta (12-15 N) va yengil (6-10 N) turlarga bo‘linadi. Tishli tirma shudgorlanib qo‘yilgan yerdagi kesaklarni maydalab, dala yuzasini ekin ekishdan oldin tekislash, qatqaloqni buzish, sepilgan urug‘ va sochilgan o‘g‘itni tuproq bilan aralashtirib ko‘mish, begona o‘tlarni yo‘qotish, o‘tloq yerlarni qisman yumshatish uchun ishlatiladi.123Tirma tishi ikki yonli pona kabi ishlaydi, agregatning harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilganligiga ko‘ra, tuproqni yon tomon- ga surishi, qisman zichlashi, tuproqni maydalab yumshatishi, ara- lashtirishi mumkin. Dala yuzasining mikrorelyefiga moslanib, yerga bir tekis ta’sir qilishi uchun, tirma qamrov kengligi birmun- cha ensiz (1,0 m atrofida) yasalib, dala yuzasining notekisligiga moslanadigan qilib ular bir-biriga yon tomonlari bilan erkin ulan- gandan keyin, katta qamrov kengligiga ega bo‘lgan agregat tuziladi.Tishlar konstruksiyasi bo‘yicha tik, o‘q yoysimon (D), bukil- gan prujinasimon (J) kabilarga bo‘linadi. Tishlarining ko‘ndalang kesimi kvadrat (A), dumaloq (Bi), ovalsimon (B), to‘rtburchak- simon (E, J), uchburchaksimon bo‘lishi mumkin (67- rasm)
66- rasm. Tirmalar: a -tishli va b-shleyf tirmalar; 1- tish; 2 -planka; 3-botishchuqurligini sozlagich.

67- rasm. Tirmaning ishchi qismlari:A, Bi, B - ko‘ndalang kesimi kvadrat, dumaloq va ovalsimon bo‘lgan tishlar; Di - o‘q-yoysimon tish; D - to‘rsimon tirmaning tishi; E - pichoqsimon tish; J - prujinasimon tish; Z - rotatsionyumshatkich.
Kesimi kvadrat shaklidagi tishning uchi bir tomonidan qiyiq kesilgan bo‘ladi (67- a rasm). Agar tirma tishi qiyiq kesilgan C tomonga harakatlansa, tuproqning reaksiya kuchi ta’sirida tish yuqoriga ko‘tarilib yerni sayozroq yumshatadi va aksincha, tirma T tomonga harakatlansa, yerga chuqurroq botadi.Tishli tirma bilan tuproqqa 3-10 sm chuqurlikda ishlov beriladi. Tirma bilan yumshatilgan yerdagi kesaklar o‘lchami 5 sm dan, tish qoldirgan izning chuqurligi 3-4 sm dan oshmasligi kerak.Tirma ishiga qo‘yiladigan ATT. Tishli va to‘rsimon tirmalar bilan qatqaloqqa qarshi erta bahorda kuzgi ekinlar ustidan bostirib ishlov berilib, tuproq yumshatiladi, so‘lib qolgan ekin tuplari esa sidirib olinadi. Bu ishni bajarishda ekinning 3% dan kamroq qismi shikastlanishiga yo‘l qo‘yiladi.Tirmaning tuproqqa ta’siri sifatli bo‘lishi uchun tishning ko‘ndalang kesimi kvadrat bo‘lganda uning qirrasi, ovalsimon bo‘lsa ensiz tomoni harakat yo‘nalishiga qaratib o‘rnatiladi.Tirmaning yerga botishi uning og‘irligi va tishning qiyiq kesimini harakat yo‘nalishiga nisbatan tegishli tartibda o‘rnati- lishiga bog‘liqdir.Tishli og‘ir tirma shudgorlangan yerdagi yirik kesaklarni maydalashda, qo‘shimcha yumshatishda, begona o‘tlarni sidirib yig‘ishtirishda, o‘tloq joylarni yumshatishda ishlatiladi.O‘rta og‘irlikdagi tishli tirma dala yuzasini yumshatib tekislash, kesaklarni maydalash, begona o‘tlarni yo‘qotish, sochilgan o‘g‘itni tuproqqa aralashtirib ko‘mish, ekinlarni tirmalash uchun ishlatiladi.Tishli yengil tirma bilan nihollarni tirmalash, tuproq qatqalog‘ini buzish, sepilgan o‘g‘itni tuproqqa aralashtirib ko‘mish kabi ishlar bajariladi.To‘rsimon tirmadan yer yuzasini yumshatish, begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida foydalaniladi. To‘rsimon tirma mikrorelyefga yaxshi moslanib, yer yuzasiga bir tekis ishlov beradi.Tishiprujinasimon tirma.Kuzgi ekin ekilgan yerlarni erta bahorda yumshatish, qatqalog‘ni buzish, begona o‘tlarni yo‘qotishda ishlatiladi. Rotatsion yumshatkichning ishchi qismi- uzun bukilgan o‘tkir tishli diskdan iborat. Bir nechta disklarni yagona o‘qqa kiydirib, batareya tashkil qilinadi. Bunday batareya 1 kv. m maydonda 150 ta joyni teshib, qatqaloqni sifatli buzadi. Disklar rasmda ko‘rsatilgandek M yo‘nalishda sudralsa, tishlar tuproqqa yaxshiroq botib, tuproqni chuqurroq yumshatadi, begona o‘tlarni to‘liqroq yo‘qotadi. Disklar K yo‘nalishida sudralsa, tishlar yuzaroq botib, ekin nihollarini kamroq shikastlantiradi.Tirma tishlarini joylashtirish. Tirmaning qamrov kengligi tuproqqa bir tekisda ishlov berishi uchun har bir tish alohida iz qoldirishi va izlar oralig‘i bir xil bo‘lishi lozim. Plankada yonma- yon joylashgan tishlar orasiga o‘simlik qoldiqlari va kesaklar tiqilib qolmasligi uchun ularning oralig‘i 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Tirmaning ravon harakatini ta’minlash uchun har bir tishning o‘ng va chap tomonlaridagi tuproq bir xil holatda bo‘lishi kerak.Bu talabni qoniqarli amalga oshirish uchun tirma tishlarini ko‘p kirimli vint yoyilmasi bo‘yicha joylashtirish kerak. Agar plankalar oralig‘i m1, vint kirimlari soni k = 1 bo‘lsa (68- a rasm), vint qadami:t=Zpbo=b (31)bu yerda, Zp - ko ‘ndalang plankalar soni; bo - tirma tishlari qoldiradigan izlarning oralig‘i, mm; b - bir plankada yonma-yon joylashgan tishlar oraligi, mm.Yengil tirmalar uchun bo =30 - 40 mm, b =150 - 200 mm, m1 = 200 - 250 mm; o‘rta og‘irlikdagi tirmada b0 = 45 - 50 mm, b = 200 - 250, m1 = 250 - 300 mm; og‘ir tirmada b0 = 50 - 80 mm, b = 250 - 400 mm, m1 = 250 - 350 mm qabul qilinadi.Izlar oralig‘i b0 o‘zgarmas bo‘lsa, plankalar soni Zp ni ko‘paytirib plankadagi yonma-yon tishlar oralig‘i b ni kesak va o‘simlik qoldiqlari tiqilib qolmaydigan kenglikgacha yetkazish mumkin. Ammo tirma uzunligini cheklash maqsadida zp < 6 qabul qilinadi. b0 = 40-60 mm qabul qilinsa, b = 200 - 300 mm bo‘lishi mumkin.Tishlarni kirim soni k=1 bo‘lgan vint chizig‘i bo‘ylab joylashtirilsa (68- a rasm), birinchi tish ta’sirida maydalanmasdan chap tomonga surilib, qolgan kesakka orqadagi tish tegmasdan o‘tib ketishi mumkin, natijada, tuproq yetarli darajada maydalanmay qolishi mumkin. Agar k = 2 qabul qilinsa (68-b rasm), bunday kamchilikning oldi olinadi.Plankalar soni Zp ni kirimlar soni k ga qoldigsiz bo‘linmaydigan qilib qabul qilgan ma’qul. Plankalar soni Zp toq bo‘lishi kerak, aks holda, oldingi plankadagi tish qoldirgan izga nisbatan, orqa plankadagi tishlarni simmetrik joylashtirishning iloji qolmaydi hamda bir izdan bir nechta tish o‘tadigan bo‘lib ,natijada ishlov berish bir tekis bo‘lmaydi.Yuqoridagiga o‘xshash cheklovlar ko‘p bo‘lganligi sababli, tirmalarning faqat ikki-uch xil turlari ishlatiladi: 20 ta tishli (zp = 5); 30 ta tishli (zp= 5).Tirmani loyihalashda, birinchi navbatda, izlar oralig‘ini (qadami) b0, tirmaning umumiy qamrov kengligi B va bir plankadagi tishlar oralig‘i b mahalliy tuproq xossalariga moslab qabul qilinadi. Ikkinchi navbatda, tishlar soni zt = B/b0 aniqlanadi, chunki hamma plankalarga bir xil sondagi tishlar o‘rnatilishi sababli, ztzp ga qoldiqsiz bo‘linadigan bo‘lishi kerak. Uchinchi navbatda, vint qadami va vint kirimlari soni topiladi. Tirmaning shaklini agregat tuzishga qulay bo‘lgan to‘g‘ri turtburchakka yaqinlashtirish maqsadida, unga egri-bugri ko‘rinishi beriladi.
68-rasm. Tirma tishlarini joylashtirish sxemasi:k = 1(a), k = 2 (b)bo‘lgan vint maydoni; d -tishlarning „zig-zag”joylashuvi.
68- d rasmda tirmaning tishlarini ikki kirimli o‘ng tomonli vint yoyilmasi bo‘yicha joylashtirish ko‘rsatilgan. Ikkinchi planka bilan uchinchi, uchinchi bilan to‘rtinchi plankalarning oralig‘i m1 ga kesaklar tiqilib qolmasligi uchun uni chetki plankalar oraligi m dan kattaroq qilinadi. Bu shartni bajarish uchun tirmaning yoyilmasini chizishda avvaliga, hamma plankalar oralig‘i m1 ga teng qilib olinadi, keyin esa, chetki plankalar qadami m gacha rasmdagidek, birmuncha ichkariga suriladi.Tirma tishi ta’sirida tuproqning deformatsiyalanishi. Har qanday tish yerga botirib harakatlantirilsa, uning ta’sirida tuproq deformatsiyalanib yumshashi 69- rasmdagidek, tishning old va yon tomonlariga pastdan yuqoriga qarab в = 40 - 50° burchak ostida kengayadigan trapetsiya ko‘rinishida tarqalishi izlanishlar natijasida aniqlangan. Trapetsiya asosining kengligi tishni eniga128teng bo‘ladi. Agar tish ingichka bo‘lsa, deformatsiyalangan joyning ko‘ndalang kesimi uchburchakka o‘xshaydi.Tish ta’sirida tuproq deformatsiyalanib yumshashining shakli tirma tishlarini joylashtirishda e’tiborga olinishi zarur. Uchburchakning asosi bi tishning qamrov kengligi hisoblanadi. Tirma tishlari dala yuzasiga uzluksiz ishlov berishi uchun tishlar qoldirayotgan yonma-yon izlarning oralig‘i (qadami) S
69-rasm. Tish ta’sirida tuproqning deformatsiyalanishi.

F70-rasm. Chuqur botirilgan tishning tuproqqa ta’siri.
Tuproqda deformatsiyaning tarqalishi tishning chuqurlashish darajasiga bog‘liq (70-rasm). O‘ta chuqur botirilgan tishning tuproqqa ta’siri 2 xil bo‘ladi. Kritik ai chuqurlikgacha deformatsiya uchburchak ko‘rinishida tarqalsa, uning pastki a2 qismida tuproq tilingan tirqishning devorlariga zichlanib, suriladi, lekin yumsha- tilmaydi. Kritik ai chuqurlikning miqdori mahalliy tuproq sharoi- tiga bog‘liqdir. Demak, tishlarning yerga ishlov berish chuqurligini belgilashda ushbu jarayonga e’tibor berish kerak bo‘ladi.Shunday qilib, tirma tishini yerga botishining maksimal miq- dorini tayinlashda mahalliy tuproq sharoitida deformatsiyaning tarqalish jarayonini e’tiborga olish kerak. Tuproqda deformatsiyaning tarqalishini chizel, kultivator va chuqur yumshatkich ishchi qismlarini tanlashda, ular bilan tuproqqa ishlov berishda va ishlov berish chuqurligini tayinlashda ham e’tiborga olish lozim.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish