chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning
barcha nomlarini, shuningdek kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash
lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan
bo‘lsa, kasb-hunar leksikasning ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q. …termin har
qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy
tushunchani ifodalovchi
vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi».
Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-
predmetlar, voqyea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani
ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda
to‘xtalamiz.
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab
ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertasiyalar
himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i
hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat
tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek
alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar
atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham
son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi
davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan davri
alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan
O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab
bo‘ldi. Falsafa, huquq. tarix,
filologiya, sosiologiya, ximiya, fizika, matematika, biologiya,
geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga
kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga
bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim
Usmon, R.Doniyorov, H.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday
tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum
bir tartibga keltirishga
ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.
Atamalarni dastlab ikki katta gurhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi:
1.
Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
2.
Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli
bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba,
birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol
qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya,
maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan,
yuqorida
keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani holda,
gravitasiya, diod, termoster, kondensasiya, kopillyar hodisalar singari atamalar yoki ximiyaga oid
gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo‘llaniladi.
Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalilari va sohalarida kuzatish mumkin.
O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor
va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan bironta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga
ham to‘g‘ri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan
tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan
foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi».
Terminlarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq,
Kultegin, Bilga
hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz.
Ular xalq tomonidan
yaratilgan afsonalarda
, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan.
Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha
yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
Terminlarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:
1.
Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar. 2. Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan
atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli
bo’lgan atamalar kiradi. Masalan,
sportdagi
Do'stlaringiz bilan baham: