4-mavzu. Ta’lim jarayonini loyihalashtirish
Reja
1. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi
2. Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.
3.Loyiha
texnologiyasi, ta’lim jarayonini loyihalashtirish
1.Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi.
Turli ilmiy
adabiyotlarni o‘rgani natijasida shuni aytishimiz mumkinki,
ta’limiy loyiha
–aniq
reja, maqsad asosida pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish, uning natijasini
kafolatlashga qaratilgan harakat mahsulidir,
loyihalashtirish
esa boshlang‘ich
ma’lumotlarga
asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash,
rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini
ishlab chiqishga qaratilgan
amaliy harakatlardir [66].
Informatika o‘qituvchisining faoliyatida loyihalashtirish asosan ikki
ko‘rinishda bo‘ladi.
Birinchisi
o‘qituvchining o‘z faoliyatini loyihalashtirishi
bo‘lsa,
ikkinchisi
esa dars jarayonida loyihaviy ta’lim
texnologiyalaridan
foydalanish.
Ta’limiy loyihalash nima uchun dolzarb?
Bu informatika o‘qituvchisini
har bir darsda maqsadga mos mazmunni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishi, ta’lim
jarayonida kafolatli natijaga erishishi uchun harakat qilishga undaydi.
Ta’lim jarayonida loyihalashtirish ta’lim uslubini qo‘llash juda murakkab,
ya’ni ko‘p qirrali va ko‘p variantli, ko‘p
tanlovli
dinamik tizim deb
qarash
mumkin. Shu sababli o‘quv faoliyatini loyihalashtirish o‘ziga xos innovatsion
yondashuvni talab etadi. Ba’zi adabiyotlarda ta’limni
loyihalashtirish jarayoniga
xuddi texnologik jarayonni loyihalash kabi bosqichlarda qaralgan. Masalan, J.B
Orishevning “Loyihali ta’lim asosiy bosqichlari” maqolasida loyihali ta’lim
bosqichlarini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi [76].
izlanish-tanlish
bosqichi;
konstruktorlik bosqichi;
ta’limiy konstruktorlik bosqichi;
texnologik bosqich;
didaktik texnologik bosqichi;
loyihani joriy etish bosqichi;
yakunlovchi bosqich, xulosalar va tavsiyalar bosqichlari.
Bir nechta adabiyotlarda ta’limiy loyihalash bosqichlari
modellashtirish,
loyihalashtirish va konstruksiyalash
bosqichlaridan iboratligi ko‘rsatiladi [47].
I. A Kolesnikova o‘quv jarayonida loyihalashtirish bosqichlarini quyidagi:
loyiha oldi bosqichi;
loyihani amalga oshirish bosqichi;
refleksiv bosqich;
loyihadan keyingi bosqichlarga ajratib ko‘rsatib beradi [68].
Bizning ushbu sohadagi olib borilgan izlanishlarimiz natijasida o‘quv
jarayonini loyihalashtirish bosqichlarini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda
ifodalash mumkin deb hisobladik.
1.
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi;
2.
Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi;
3.
Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi;
4.
Yakunlovchi bosqich;
5.
Xulosa va tavsiyalar
berish bosqichi;