4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/30
Sana27.01.2023
Hajmi0,81 Mb.
#903517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

lokallashtirish
– ya’ni, 
tadqiqot o‘tkazishning mavjud sharoitlaridan kelib chiqib izlanish ob’ektini xaqiqiy 
qamrab olinadigan va tadqiqotchining yoki tadqiqotchilar guruxining kuchi 
yetadigan chegaralar bilan cheklash lozim.
Tadqiqotchi, aslida o‘ta qiziqarli bo‘lgan, lekin javobi qidirilayotgan 
muammoli savolga javob olinishini qiyinlashtiradigan narsalardan voz kecha olishi 
nixoyatda muhimdir.
Muammoni chegaralash, lokallashtirishdan so‘ng muammoning barcha 
savollari (savolchalari) turkumini 
tadqiqotning mantiqiga 
mos holda tartiblashtirish 
lozim, ya’ni, savolchalarni yechishning o‘ziga xos “tarmoqli grafigi” tuzib chiqish 
lozim.
Muammoning qo‘yilishi doimo ma’lum bir 
ilmiy til
vositalarini qo‘llagan 
holda amalga oshiriladi. Muammoni ifodalash uchun tanlangan tushunchalar va 
tilning tuzilmalari doimo ham uning ma’nosiga indifferent (lot. “
indifferens

befarq”) 
bo‘lavermaydi. 
Amaliyotda 
olimlar 
bir-birini 
tushunmasligi 
muammolarning murakkabligiga emas, balki iboralarning bir xil ma’noda 
qo‘llanmasligiga bog‘liq bo‘lgan holatlar ham ko‘p uchragan.
Ayniqsa tadqiqotning dastlabki bosqichida iboraviy anglashmovchilikka yo‘l 
qo‘ymaslik o‘ta muhimdir: muammoning qo‘yilishi va uni keyinchalik yoyish 



jarayonida muammoga aloqasi bor barcha tushunchalarni aniq belgilab olish lozim. 
Undan tashqari, agar muammoni maxsus iboralarsiz bayon etishning iloji bo‘lsa, 
muammoni qo‘yayotganlarda noaniqliklar, bir xil ma’noda tushunmaslik holatlari 
ko‘pincha muvaffaqiyat bilan bartaraf etiladi. Oddiy tilga tarjima qilishning 
foydasini “21-asr dialoglari” nomli parodiyadagi quyidagi misol bilan yorqin 
ifodalash mumkin, bunda mutaxassis-olimning muloxazalarini keng ommaga 
tushunarli bo‘lgan tilga shunga ixtisoslashgan robot tarjima qiladi: “Ma’ruzachi: 
ekvidistant traektoriyalar bo‘yicha xarakatlanuvchi to‘rtta monosiklik agregatni 
tasavvur qiling... Robot-tarjimon: tasavvur qiling - ... E ... - to‘rtta g‘ildirak.”
Shunday qilib, biz tadqiqot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ilmiy 
bilimlarni tashkil qilishning o‘ziga xos shakllaridan biri – muammoni, hamda 
bilishning metodi sifatidagi muammoni qo‘yilish jarayonini ko‘rib chiqdik. 
O‘z tadqiqotining muammosini ifodalagach, tadqiqotchi uning ob’ekti va 
predmetini aniqlab oladi. 
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. Gnoseologiyada – bilish nazariyasida - 
tadqiqot ob’ekti
bo‘lib bilishga ishtiyoqmand sub’ektga uning bilish faoliyatida 
ro‘baro‘ bo‘ladigan narsa hisoblanadi. Ya’ni, bu - tadqiqotchi ish olib boradigan, 
atrofdagi voqe’likdir.
Tadqiqot predmeti
bu - tadqiqotchi butun bir ob’ektni o‘rganadigan tomon, 
jixat, nuqtai nazar, “proeksiya”, bunda (tadqiqotchining fikri bo‘yicha) ob’ektning 
eng ahamiyatli belgilari ajratib olinadi. Bir ob’ekt turli tadqiqotlar yoki xatto turli 
butun bir ilmiy yo‘nalishlarning izlanish predmeti bo‘lishi mumkin. Xususan, 
“o‘quv jarayoni” ob’ekti didaktiklar, metodistlar, psixologlar, fiziologlar, 
gigienachilar va boshqalar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Bunda ularda barchasida 
tadqiqot predmeti turlicha bo‘ladi. Shuningdek, bir tadqiqotning predmeti boshqa 
bir (torroq) tadqiqotning ob’ekti bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, “xayot 
sifati” deb nomlangan ob’ekt tibbiyotda, iqtisodiyotda, sotsiologiyada va 
boshqalarda o‘rganiladi. Bu ob’ektning “axolining sixat-salomatligi” deb 
nomlangan jixati bir tomondan tibbiyot uchun tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi, 
ikkinchi tomondan esa “sog‘liqni saqlashni tashkil etish” singari tibbiyot fanlari 
tarmog‘ida tadqiqot ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Keling, tadqiqot (bilish) ob’ekti va predmetining o‘zaro nisbatlarini 
sinchiklab ko‘rib chiqamiz. 
Bilish predmeti bilish ob’ekti bilan o‘tkaziladigan ma’lum bilish 
operatsiyalari natijasida shakllanadi. Bilish predmeti bu mazkur fan tomonidan 
o‘rganiladigan va ma’lum mantiqiy hamda belgili shakllarda ifodalangan xossalar – 
aloqalar va qonunlar majuasidir. Bu bilan bilish predmeti bilish ob’ektidan farq 
qiladi, oxirgisi bilishga ishtiyoqmand sub’ektga bog‘liq bo‘lmagan holda tabiatda, 
kishilarda yoki jamiyatda mavjud bo‘ladi. 


10 
Shuningdek, bilish predmeti bilish ob’ektidan shunisi bilan farq qiladi-ki, bitta 
ob’ekt ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin, ulardan har biri albatta 
o‘zining o‘ziga xos bilish predmetiga ega bo‘ladi. Masalan, kosmik ob’ektlar 
astronomiya, astrofizika, astrobotanika va boshqa fanlar tomonidan o‘rganiladi. 
Bilish ob’ekti sifatida jamiyat tarix, siyosiy iqtisod, falsafa, demografiya va boshqa 
fanlar tomonidan o‘rganiladi. Bu barcha fanlar o‘zining o‘ziga xos bilish predmetiga 
ega. 
Bilish predmeti va ob’ekti bir-biridan, shuningdek, o‘zining strukturasi 
bo‘yicha ham farq qiladi. Bilish ob’ektining strukturasi bo‘lib mazkur ob’ekt asosiy 
tarkibiy elementlarining o‘zaro munosabati hisoblanadi. Asosiy tarkibiy 
elementlarning bunday o‘zaro munosabati natijasida ob’ektning turli xususiyatlari, 
aloqalari va uning rivojlanish qonuniyatlari paydo bo‘ladi. Garchand bilish 
predmetining strukturasi ma’lum darajada ob’ektning strukturasi bilan 
determinatsiya (lot. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish