4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/30
Sana27.01.2023
Hajmi0,81 Mb.
#903517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

2. Muammoni baholash.
Muammoni baholashga uning yechimi uchun kerak 
bo‘ladigan barcha shartlarni aniqlash kiradi, ularning qatoriga muammoning turi va 
fanning imkoniyatlaridan kelib chiqib quyidagilar kiradi: izlanish metodlarini, 
axborot manbalarini, ilmiy xodimlar tarkibini, muammoning yechimi uchun zarur 
bo‘lgan tashkiliy shakllarni, moliyalashtirish shakllarini aniqlash, dastur va izlanish 
uslubiyotini, hamda oraliq va yakuniy natijalarni ilmiy muxokama qilish turlarini 
aniqlash, zaruriy ilmiy uskunalar ro‘yxatini, zaruriy maydonlarni, muammo 
bo‘yicha extimoliy kooperatsiya sheriklarini va boshqalarni aniqlash.
3. Muammoni asoslash.
Muammoni asoslash - bu, birinchidan, mazkur 
muammoning boshqa – avval yechilgan va xozirda, bir vaqtning o‘zida birga 
yechilayotgan muammolar bilan mazmunli, aksiologik (qadriyatli) va genetik 
aloqalarini aniqlash, shuningdek, mazkur muammoning boshqa, yechimi ushbu 
muammoning yechimiga bog‘liq holda xal bo‘ladigan muammolar bilan aloqalarini 
aniqlashdir.



Ikkinchidan, muammoni asoslash - bu uning yechimi zarurligini asoslaydigan 
argumentlarni izlash, kutilayotgan natijalarning ilmiy yoki amaliy qadri borligini 
izlashdir. Bu mazkur muammoni (yoki muammoning bunday qo‘yilishini) boshqa 
muammolar bilan, har bir muammoning amaliyot va fanning ichki mantiqi 
extiyojlari uchun muhimligini hisobga olib ularni yechish uchun muammolarni 
ajratib olish jixatidan solishtirish kerakligi zaruratidir.
Bunda, zamonaviy fanda ko‘pincha bir necha yechim variantlariga yo‘l 
qo‘yiladigan muammolar uchramoqda. Xususan, zamonaviy Rossiya iqtisodiyotida 
turlicha firmalar modellari, biznesni tashkil qilishga bo‘lgan yondashuvlar va 
boshqalar xilma-xilligi paydo bo‘ldi. Bunday holatlarda aynan qaysi yechim, aynan 
qaysi model eng katta ustunliklarga ega va shuning uchun u mazkur sharoitlarda eng 
maqsadga muvofiq ekanligini maydalab asoslashga to‘g‘ri keladi. Muammo 
qanchalik murakkabroq bo‘lsa, uni yechish mumkinligini asoslashda va uning 
yechimini rejalashda shunchalik ko‘proq turli-tuman omillar hisobga olinishi lozim. 
Olimning muammo yechimga ega ekanligini yoki muammoning taklif etilayotgan 
yechimini qabul qilishni asoslash uchun dalillarni shakllantirish va tanqidiy taxlil 
qilish maxorati bunday sharoitlarda fanning taraqqiyoti uchun muhim asos bo‘ladi.
Muammoning dolzarbligini baholashda ko‘pincha uning xaqiqatda 
dolzarbligini bo‘rttirib baholash holatiga duch kelish mumkin. Shu munosabat bilan 
olimlarda himoyalanish reaksiyasi paydo bo‘ladi: ular har qanday muammoning 
xaqiqatdagi dolzarbligini bu muammolar yoritiladigan ilmiy ishlar mualliflaridan 
ko‘ra ancha kichikroq ko‘lamlarda ko‘rib chiqishga moyildirlar. Bu - fan uchun 
tabiiy bo‘lgan xodisa, odatiy hol. Fan o‘z me’yorida konservativ bo‘lishi kerak va 
har bir yangi ilmiy ish yuzasidan u chekkadan bu chekkaga qarab chopmasligi kerak. 
Lekin shu bilan birga, ba’zan bu hol muhim muammolarga yetarlicha baho 
bermaslikka hamda fandagi yangi yo‘nalishlarning rivojlanishi asossiz to‘xtab 
qolishiga olib keladi. Masalan, sobiq ittifoqda XX asrning 50-yillarida genetika va 
kibernetika fanlari nazarga ilinmaganligi natijasida bu yo‘nalishlar bo‘yicha sobiq
ittifoq fanlari bir necha o‘n yilliklarga ortga chekingan.
Muammoni baholashdagi sub’ektivlikni pasaytirish uchun muammoga qarshi 
ham tadqiqotchining o‘zi, ham uning hamkasblari tomonidan turli-tuman e’tirozlar 
surilishi muhim ahamiyatga ega. Bunda muammoning moxiyati, uning ifodalanishi, 
qo‘yilishi shartlari hamda uning yechimi oqibatlariga tegishli barcha narsalar shubxa 
ostiga olinadi: muammo o‘zi bormi? Muammo yechimiga amaliy yoki ilmiy 
zaruriyat bormi? Ilm-fan rivojining xozirgi holatida muammoning yechimi 
mavjudmi? Mazkur muammoni xal qilishga ushbu tadqiqotchining yoki ushbu ilmiy 
jamoaning kuchi yetadimi? Rejalashtirilayotgan natijalarning extimoliy qadr-
qimmati qanday?
Muammoning to‘g‘ri qo‘yilishi “yoqlab” va “qarshi” argumentlarining 



musobaqalashuvini nazarda tutadi. Aynan qarama-qarshi fikrlar fokusida 
muammoning moxiyati, uni yechish zaruriyati va qadr-qimmati, uning nazariy va 
amaliy ahamiyati xaqidagi to‘g‘ri tasavvur tug‘iladi. 
1.
Muammoni strukturalash.
Muammoni strukturalashning boshlang‘ich 
nuqtasi bo‘lib uni parchalash yoki 
muammoni “stratifikatsiyalash”
(lot. “
stratum
” - 
qatlam) hisoblanadi. Parchalash (dekompozitsiya – pastroqqa qarang) – bu ularsiz 
markaziy – muammoli – savolga javob topish mumkin bo‘lmagan qo‘shimcha 
savollarni (savolchalarni) izlash. Dastlabki holatda muammoning barcha 
“savolchalarini” kamdan-kam shakllantirib ifodalash mumkin. Bu hol asosan 
izlanish davomida ro‘y beradi. Dastavval muammoning yechimi uchun talab 
etiladigan barcha narsalarni oldindan bashorat qilish ko‘pincha nixoyatda qiyin 
bo‘ladi. Shuning uchun stratifikatsiyalash (parchalash, dekompozitsiya) muammoni 
yechishning butun jarayoniga tegishlidir. Muammo qo‘yilishining boshlang‘ich 
nuqtasida esa gap barcha extimoliy va zaruriy savolchalarni qidirib topish va 
ifodalash to‘g‘risida ketadi, ularsiz izlanishni boshlash va kutilayotgan natijani 
olishni mo‘ljallash mumkin emas.
V.I. Vernadskiy yozishicha, “Ilm (fan) doimo bir xil usulda yo‘lni qidiradi, - 
u dastavval murakkab masalani soddaroq masalalarga bo‘lib tashlaydi, keyin, 
murakkab masalalarni chetga surib, soddaroqlarining yechimini topadi va undan 
keyingina qoldirilgan murakkab masalaga qaytadi”. 
Keyinchalik, muammoni parchalash jarayonida uni 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish