interpretatsiya
), formal natijalarni mazmunli izohlash bilan ham to‘ldiriladi.
Ta’kidlash kerak-ki, formal yondashuv albatta to‘g‘ridan-to‘g‘ri miqdoriy
yondashuv bilan bog‘liq, deyishimiz noto‘g‘ri. Chunonchi, bir qator tadqiqotlarda
topologiya, graflar nazariyasi ko‘p ishlatiladi, ular matematikaning bo‘limlari
bo‘lgani bilan, kattaliklar, sonlar tushunchalari bilan doim ham shug‘ullanmaydi.
Mantiqiy va tarixiy yondashuvlar. Tarixiylikning dialektik prinsipi
rivojlanuvchi ob’ektlarni tadqiq qilish jarayonida bilishning mantiqiy va tarixiy
21
usullari birligini nazarda tutadi. Mantiqiy usul o‘rganilayotgan ob’ektni uning
nazariyasi shaklida qayta tiklaydi, tarixiy usul esa – uning tarixi shaklida qayta
tiklaydi. Tabiiy-ki, ular bir-birini to‘ldiradi.
Mantiqiy yondashuv
har bir xodisa, jarayonni xozirgi paytda u erishgan
rivojlanish nuqtasida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi, bu holda tadqiqotda abstrakt-
nazariy ishlanmalar ustun bo‘ladi.
Tarixiy yondashuv
ob’ektning muayyan-tarixiy genezisi (kelib chiqishi) va
rivojlanishini ko‘rib chiqishni, rivojlanayotgan ob’ektning asosan genetik
munosabatlarini tadqiq qilish va aks ettirishni ko‘zda tutadi, bu holda tadqiqotda
muayyan, aniq tarixiy faktlar ustun bo‘ladi.
Tarixiy va mantiqiy yondashuvlarning birligi, ularning o‘zaro bir-birini
to‘ldirishi va chatishib ketishi zarurligini esdan chiqarmasligimiz kerak.
Ko‘pincha, o‘rganilayotgan muammoning ochib tashlanishi bir vaqtning
o‘zida ham tarixiy yondashuvni (xodisalar, jarayonlar va ilmiy g‘oyalar,
nazariyalarning tarixiy rivojlanishi), ham mantiqiy yondashuvni (xodisalar,
jarayonlar, shuningdek, g‘oyalar va nazariyalarning zamonaviy holati, ularning
o‘zaro aloqalari) birlashtirganda - mantiqiy-tarixiy yondashuvning qo‘llanilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mantiqiy-tarixiy yondashuvda mantiqiy jixat ustun
hisoblanadi.
Yana boshqa variant –
tarixiy-mantiqiy yondashuv
dir, unda, mantiqiy-tarixiy
yondashuvdan farqli o‘laroq tarixiy jixat ustun hisoblanadi.
Sifatli va miqdoriy yondashuvlar.
Sifatli yondashuv
o‘rganilayotgan xodisa,
jarayonning uning o‘ziga xosligi va o‘ziga tegishli ekanligini, shuningdek, xodisalar,
jarayonlar u bilan bir xil sinfga tegishli ekanligini aniqlovchi belgilari, xossalari,
o‘ziga xos xususiyatlari majmuini aniqlashga qaratilgan.
Miqdoriy yondashuv
turli
xodisalar, jarayonlarning tavsifnomalarini ularga tegishli bo‘lgan, kattaliklar va
sonlarda ifodalanuvchi xossalarining rivojlanish darajalari yoki intensivligi bo‘yicha
aniqlashga qaratilgan.
Predmetlar, xodisalar, jarayonlarning miqdoriy tavsifnomalarini baholash
ham bir turdagi, ham tabiatan sifat jixatidan turlicha bo‘lgan xodisalar, jarayonlarga
tegishli bo‘lgan umumiy xossalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu umumiy xossalarni
aniqlash go‘yoki ularning sifatdagi farqlarini yo‘qotadi va
o‘lchash
mumkin bo‘lgan
muayyan birlikka olib keladi. Masalan, har bir kishi – takrorlanmas shaxs, va turli
kishilarning umuman shaxslarini baholovchi qandaydir miqdoriy tavsifnomalarni
kiritish, tabiiy-ki, mumkin emas. Lekin kishilarni qandaydir yagona ko‘rsatkichlar –
bo‘yi, og‘irligi va xokazolar bo‘yicha, ya’ni, ularning har biriga xos bo‘lgan umumiy
xossalar bo‘yicha solishtirish mumkin.
Tadqiqot yondashuvlarinining sinflanishini dialektika kategoriyalari
juftliklari bo‘yicha sanab o‘tishni davom ettirar ekanmiz, yana
fenomenologik
22
(
fenomen
- xodisa) va
moxiyatli
yondashuvlarni ajratish mumkin: birinchi
yondashuv u yoki bu o‘rganilayotgan xodisa, jarayonning tashqaridan kuzatiladigan,
odatda o‘zgaruvchan tavsifnomalarini bayon etishga qaratilgan; ikkinchi yondashuv
- u yoki bu o‘rganilayotgan xodisa, jarayonning ichki, chuqur, barqaror tomonlarini,
mexanizmlarini, xarakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga qaratilgan.
Fenomenologik yondashuv ilm-fan rivojining muayyan bosqichlarida juda
o‘rinli bo‘ladi. Chunonchi, faqatgina o‘sha paytda biologiya to‘plagan ulkan, faktik,
fenomenologik materiallar sharofati bilan K. Linney biologik turlarning
sinflanishini, Ch. Darvin esa - evolyusiya nazariyasini yarata oldi. Yana boshqa
misol – sayyoralarning xarakatlanishi qonunlari I. Keppler tomonidan ta’riflab
berilgan, vaxolanki, unga asos bo‘lib daniyalik astronom Tixo Brage tomonidan
bajarilgan ko‘p sonli kuzatishlar va o‘lchashlar xizmat qilgan.
Nixoyat, tadqiqot yondashuvlarining ketma-ketligida yagona yondashuv va
umumiy (umumlashtiruvchi) yondashuvlarning navbati keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |