4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja



Download 168,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.01.2022
Hajmi168,85 Kb.
#398482
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mavzu maruza manti

Chiziqli  diagrammalar

Bu  diagrammalar    eng  keng  tarqalgan  bо‘lib,  ular 

yordamida  dinamika  qatorlari,  hodisalar  orasidagi  bog‘lanishlar,  taqsimlanish 

qatorlari  va  shartnoma  (reja)ni  bajarish  kо‘rsatkichlari  tasvirlanadi.  Chiziqli 

diagrammalar  koordinat  maydoni  yoki  raqamli  setka  asosida  tuziladi.  Vertikal 

о‘qqa (ordinata о‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining kо‘rsatkichlari yoki 

natijaviy  belgining  qiymatlari  nuqtachalar  bilan  nishonlanib  joylashtiriladi. 

Gorizontal  о‘qqa  (absissa  о‘qi)  ma’lum  masshtabda  qatorning  davrlari  (vaqtlari) 

yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin о‘qlardagi 

har  qaysi  nuqtachalardan  qarama-qarshi  о‘qqa  nisbatan  parallel  ravishda 

perpendikulyar  chiziqlar  о‘tkaziladi.  Ularning  о‘zaro  uchrashgan  nuqtalari 

(ordinata  chо‘qqilari)  bir-biri  bilan  birlashtiriladi  va  natijada  siniq  chiziq  hosil 

bо‘ladi.  Bu  siniq  chiziq  dinamika  qatorini  yoki  о‘rganilayotgan  hodisalarning  

о‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi. 

Intervalli  (oraliqli)  variatsion  qatorlar  uchun  tuzilgan  diagramma  esa 

taqsimlanish  gistogrammasi  deb  yuritiladi.  4.4-grafikda  О‘zbekiston  fermer 

xо‘jaliklarida  paxta  terimchilarining  kundalik  terim  normasini  bajarish  darajasi 

bо‘yicha taqsimlanishi gistogramma shaklida tasvirlangan. 

Chiziqli  diagrammalar  kо‘pincha  siniq  chiziq  shaklida  tuziladi.  Ammo 

murakkab hodisa va jarayonlarni о‘rganishda bu shakl har doim qо‘l kelavermaydi. 

Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir. 



Spiral shaklli diagrammalar о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy о‘zgarishi 

bilan  bir  vaqtda  uning  tarkibiy  qismlarining  о‘zgarishini  ham  tasvirlash  yoki 

hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) о‘zgarishi bilan bir yо‘la har bir davr 

ichidagi  (masalan,  oyma-oy)  о‘zgarishini  ham  aks  ettirish  zarur  bо‘lganda 

qо‘llaniladi. 

Ustun  (yoki  tasma)  shaklli  diagrammlar.  Ustun  (yoki  tasma)  shaklli 

diagrammalar  statistik  ma’lumotlarni  kо‘rimli  qilib  tasvirlashning  eng  oddiy 

usulidir. Ular har xil kо‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi 

va ularning zamonda (vaqtda) о‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi.  

Sektorli  diagramma  bо‘laklarga  ajratilgan  doiradan  iborat  bо‘lib,  ularning 

kattaligi  tasvirlanuvchi  sonlarga  mos  keladi.  Bunday  diagrammalar  yordamida 

murakkab  hodisalarning  tarkibiy  qismlarga  taqsimlanishi,  ya’ni  ularning 

strukturasi  tasvirlanadi.  Ular  quyidagi  tartibda  tuziladi.  Doira  chizilib,  uni 

о‘rganilayotgan  tо‘plamning  umumiy  yig‘indi  soni  (100%)  deb  qabul  qilinadi. 

Keyin  esa  tarkibiy  qism  sonlariga  proporsional  holda  doira  sektorlarga  bо‘linadi. 

Buning  uchun  sektorlarning  markaziy  burchaklari  topilib,  transportir  yordamida 

ular  doirada  belgilanadi.  Agar  butun  va  bо‘lak  sonlar  absolyut  miqdorda 

ifodalangan  bо‘lsa,  markaziy  burchaklarni  aniqlash  uchun  360

0

  ni  umumiy  butun 



songa bо‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bо‘lak sonlarga kо‘paytiriladi. 

Agarda  hodisaning  tuzilishi  tuzilmaviy  nisbiy  miqdorlar  bilan  ifodalangan  bо‘lsa 

(umumiy  tо‘plam  100%  deb  olinib,  uning  ayrim  qismlari  jamiga  nisbatan 

protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,6

0

 ga teng (360



0

: 100%) bо‘lib, ayrim 

qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga kо‘paytiriladi.  

 

Grafiklarning 



ta’sirchanligini 

kuchaytirish 

uchun 

diagrammlar 



о‘rganilayotgan  hodisalarning  tasvirlari  (suratlari)  ni  chizish  yо‘li  bilan  tuziladi. 

О‘lchov  birligi  qilib  shartli  ravishda  tasvirlanayotgan  hodisa  surati  (figurasi) 

olinadi.  Masalan,  temir  yо‘lda  yuk  aylanmasining  о‘sishini  tasvirlash  uchun  yuk 

vagonlari chiziladi.  



 

Jо‘g‘rofiy  tuzilishga  ega  bо‘lgan  statistik  qarorlar  statistik  xarita  shaklida 

tasvirlanadi.  Bu  xaritalar  о‘rganilayotgan  hodisalarning  hududiy  taqsimlanishida 

qanday  xususiyat  va  qonuniyatlar  mavjudligini  oydinlashtiradi.  Ular  ishlab 

chiqaruvchi  kuchlarni  iqtisodiy  mintaqalar  bо‘yicha  joylashtirish  va  rivojlantirish 

masalalarini  о‘rganishda,  iqtisodiy  resurslardan  foydalanishni  hududiy  kesimda 

qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qо‘l keladi. 

 

Statistik  xaritalar  iqtisodiy  jо‘g‘rofiy  xaritalardan  farq  qiladi.  Iqtisodiy-



jо‘g‘rofiy  xaritalar  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  sifat  jihatdan  tavsiflab  va 

chamalab  (baholab),  ularning  jо‘g‘rofiy  joylanishini  katta  aniqlik  bilan  mufassal 




tavsiflaydi.  Statistik  xaritalar  esa  shu  masalalarga  oid  statistik  ma’lumotlarni 

umuman  hududiy  kesimda  fazoviy  miqdoriy  nisbatlarni  yaqqolroq  tasavvur 

qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning 

joylanishini  sifat  tomondan  ta’riflab  bersa,  statistik  xaritalar  esa  uni  miqdor 

jihatidan  ifodalaydi.  Bu  о‘rinda  statistik  xaritalarni,  umuman  jо‘g‘rofiy  kesimda 

tuzilgan  statistik  jadvallar  mazmunini  tasviriy  ifodalash  deb  ta’riflash  mumkin 

bо‘lar  edi.  Ammo  ular  bunday  jadvallarga  nisbatan  bir  muncha  sermazmundir, 

chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jо‘g‘rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor 

va  nisbatlarni  fazoda  belgilab  olish  uchun  yaxshiroq  moslashgandir.  Demak, 

statistik xaritalar jо‘g‘rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zо‘raytirib beradi.  

 

Statistik  xarita  shunday  konturli  jо‘g‘rofiy  xaritaki,  unda  faqat  ma’muriy 



bо‘linmalarning  konturlari  (ayrim  hollarda  yana  suv  arteriyalari)  mavjud  bо‘lib, 

ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. 

 

Statistik  xaritalar  kо‘zlangan  maqsad  va  vazifalarga  qarab  uch  turga  - 



xaritogramma  va  xaritodiagrammalarga  va  markazgrammalarga  bо‘linadi.  Agarda 

biror hodisaning hududlar bо‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bо‘lsa, u holda 

xaritogramma  qо‘llaniladi.  Ammo  maqsad  ayrim  mintaqalarni  berilgan  belgilar 

asosida  tо‘laroq  ta’riflashdan  yoki  mintaqalararo  aloqalarni  tasvirlashdan  iborat 

bо‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.  


Download 168,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish