Quyma detal olish uchun quyma formasini tayyorlash kerak bo‘ladi. Quyma formasini tayyorlashda model komplektig‘a kiruvchi modeldan, cterjen yashigidan, model plitasidan va boshqa moslamalardan foydalaniladi.
Modelni tashqi yuzasi silliq, toza bo‘lib, uni forma aralashmasidan onsonlik bilan chiqazib olish kerak bo‘ladi. Bulardan tashqari model mustahkam bo‘lishi kerak, forma aralashmasida yyotgan vaqt o‘ziga namlikni tortib olib o‘z o‘lchamini yo‘l quymasligi kerak.
Model va sterjenni yashiklarni tayyorlash davrida forma olish texnologiyasini, sterjen tayyorlashni, qo‘yiladigan metall xususiyatini va uni keyinchalik mexanik ishlov berilishini hisobga olinadi.
Detal chizmasi yordamida model va sterjen yashik tayyorlab olinadi.
Quyilayotgan metallni qanchaga qisqarishini hisobga olgan holda model chizmasini o‘lchamlari shunchaga oshiriladi.
Agarda quymaga mexanik ishlov beriladigan bo‘lsa modelni chizmasini chizish davrida pripuskni (mexanik ishlov yordamida olib tashlanadigan qatlam) hisobga olinadi.
Modellarni osonlik bilan chiqazib olish uchun va sterjenni o‘z yashigidan chiqazib olish uchun model va sterjen yashigini bo‘laklarga ajraladigan qilib tayyorlanadi.
Modelni vertikal devoriga uni forma aralashmasidan chiqazib olishni hisobga olgan holda qiyaliklar qilinadi. Kichik detallar uchun qiyalik burchagi 2-4o katta modellar uchun esa 0o30’ - 0o45’ .
Model burchagiga esa bog‘lovchi radiuslar belgilanadi. Bog‘lovchi radiuslar model (quyma)ning bir yuzalari bilan ikkinchi yuzalari orasidagi bog‘lanish joylarida hosil bo‘ladigan ikki zo‘riqishlar sababli darz ketadi, tob tashlash kabi nuqsonlarni oldini olish uchun bu yuzalar devorining qalinligiga qarab belgilanadi
Quymada bo‘shliqlar hosil qilish uchun strjendan foydalaniladi. Sterjenlar qolipga o‘rnatilgandan so‘ng suyuq metall quyish jarayonida o‘z shaklini saqlashi sifatli quyma olishga sabab bo‘ladi. Sterjenlarni qolipga o‘rnatish uchun, modelda sterjen uchun tayanch yuzalar hosil qilinishi kerak. Buning uchun modelda sterjen’ belgisi hosil qilinadi.
Bir necha marta yoki kam seriyali sanoatda model va sterjen yashiklarini tayyorlash uchun yogochdan, ayrim paytlarda gips va sementdan foydalaniladi. Ko‘p seryali sanoatda esa aluminiy qotishmalari va plastmassalardan foydalaniladi. Yog‘ochlarni tayyorlanadigan model va sterjen yashiklar bo‘lak-bo‘lak qilib olinib, so‘ng o‘zaro siroch yordamida yopishtiriladi. Ularni yopishtirishda yog‘och tolalari har tomonga joylashishi kerak. U vaqtda bunday model va sterjen yashigi bo‘zilib, yuqori mustajkamlikka ega bo‘lgan holda razmeri o‘zgarmaydi.