4-mavzu: qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig’i qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar
Hisobvaraq-fakturalarni, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning alohida tartibi ko‘zda tutilgan yuridik shaxslar ham yozadilar. Bunda mazkur korxonalar hisobvaraq-fakturada qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini ko‘rsatishmaydi va "qo‘shilgan qiymat solig‘isiz" degan belgili muhr qo‘yadi (yoki yozuvni yozib qo‘yadi). Hisobvaraq-faktura O‘zbekiston Respublikasi pul birligi - so‘mda yoziladi. Tuzilgan shartnomalar shartlariga ko‘ra tovarlari, xizmatlari narxi (tariflar) xorijiy valyutaga ekvivalentlikda belgilanadigan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar hisobvaraq-fakturalarni xorijiy valyutaga ekvivalentlikda yozib, O‘zbekiston Respublikasi pul birligi - hisobvaraq-faktura yozilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha qayta hisoblangan so‘mlarda aks ettiradilar. Hisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo‘natilishi, ishlarning bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi sanasidan kechiktirilmasdan yoziladi. Bunda hisobvaraq-faktura tovarlarning yuklab jo‘natilishi, ishlarning bajarilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi uchun oldindan haq to‘lanishiga yozilmaydi. Hisobvaraq-faktura yetkazib beruvchi korxona (pudratchi, ijrochi) tomonidan xaridor korxona (buyurtmachi) nomiga kamida ikki nusxada yoziladi, ularning bir nusxasi tovarlarning yuklab jo‘natilishi (ishlarning bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishi) sanasidan kechiktirmasdan yetkazib beruvchi tomonidan xaridorga taqdim qilinadi va xaridorga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq qonunchiligida belgilangan tartibda hisobga olish (qoplash) uchun huquq beradi. Hisobvaraq-fakturaning ikkinchi nusxasi yetkazib beruvchida qoladi. Hisobvaraq-fakturalar hisobvaraqlarning kelib tushishi va taqdim etilishi ro‘yxatdan o‘tkaziladigan daftarda majburiy tartibda hisobga olinishi lozim. Import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD), shuningdek bojxona deklaratsiyasi qiymati (BDQ), bojxona qiymatining tuzatilishi (BKT) (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomalari) va qo‘shilgan qiymat solig‘ining amalda to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-faktura bo‘lib bojxona yuk deklaratsiyasi hisoblanadi. Bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni ko‘rsatadigan korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda kassa cheki yoki xizmatlar ko‘rsatilishi (ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i ajralib turishi lozim. O‘z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz yetkazib beradigan korxonalar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar iste'molchilarga hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam bo‘lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga oshiriladi. Banklar uchun, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan operatsiyalar bajarilganda, hisobvaraq-faktura bo‘lib mijoz shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma hisoblanadi. Lizing operatsiyalari bo‘yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-faktura bo‘lib lizing ob'ektini qabul qilish - topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to‘lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‘loviga qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yozilmaydi. Agar lizing shartnomasi lizing beruvchi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda, hisobvaraq-faktura o‘rniga birlamchi hujjat bo‘lib quyidagi hujjatlar:
Ishlar (qurilish, ta'mirlash-qurilish, loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar (transportga doir, mol-mulkni ijaraga berish, aloqa xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan korxonalar ham hisobvaraq-faktura yozishi kerak. Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risidagi ma'lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda QQS to‘lovchilari uchun QQS summasi ko‘rsatilgan yoki QQS to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun "QQSsiz" yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa, bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo‘shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi kerak. Download 95,37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |